Magistratura bo`limi
«Magistratura bo‘limi» boshlig‘i
Yangiyev Asror Abdihamidovich
Texnika fanlari doktori, professor
tel: (71) 237-22-09.
Email: magistr@tiiame.uz
Magistratura bo‘limi haqida
Universitetda bugungi kunga kelib “Magistratura bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi PF–5789-son «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoniga, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori asosidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 2-apreldagi 116-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq faoliyat olib borilmoqda.
Universitetda magistratura mutaxassisliklariga mas’ul bo‘lgan kafedralarda magistrantlarning o‘quv jarayoniga eng yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, ya’ni fan doktorlari va professorlar, fan nomzodlari va dotsentlar shuningdek, ishlab chiqarishda yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali amaliyotchilar ham jalb etilgan. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kafedralar tasarrufida bugungi kunga kelib jami 120 nafar malakali pedagog xodimlar, mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarga malakaviy ko‘nikma hosil qilishda ma’ruzalar o‘qish, tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni, malakaviy amaliyotlar va stajirovkalarni o‘tishda ilmiy pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. 2023-2024 o’quv yilida 39 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 1-2 kurs magistrantlari ta’lim olishmoqda, shundan 8-ta mutaxassisliklar yangi ochilgan: 7030102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 70411302-Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA), 70710201-Biotexnologiya (mahsulot turi bo’yicha), 70310109-Bioiqtisodiyot, 70420128-Transchegaraviy suv va yer munosabatlari huquqi, 70722702-Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha), 70710704-Elektrotexnologik jarayonlar va qurulmalar (tarmoqlar bo’yicha), 71010401-Turizm (faoliyat turlari boʻyicha).
Magistratura mutaxassisliklari:
7030102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
70411302-Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA)
70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70710201-Biotexnologiya (mahsulot turi bo’yicha)
70310109-Bioiqtisodiyot
70411201-Menejment (suv xoʼjaligida)
70412501-Marketing (suv xoʼjaligida)
70412301-Suv xoʼjaligini tashkil etish va boshqarish
70710601-Elektr taʼminoti (suv xoʼjaligida)
70711401-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (suv xoʼjaligida)
70710901-Energiya tejamkorligi va energoaudit (suv xo‘jaligida)
70711001-Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha)
70722601-Geodeziya va geoinformatika
70730901-Gidrotexnika inshootlari (suv xoʼjaligida)
70810601-Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish
70810101-Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʼyicha)
70810501-Qishloq va suv xoʼjaligida energiya taʼminoti
70810502-Suv xoʼjaligida Smart (intellektual) oʼlchash tizimlari va asboblari
70812801- GES qurilishi va ulardan foydalanish
70812302- Melioratsiya va sugʼorma dehqonchilik
70812306-Suv tejamkor sugʼorish texnologiyalari
70812307- Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish
70530804-Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi
70812401-Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
71020201-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi (qishloq va suv xo‘jaligida)
70812501-Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi
70730904-Gidrotexnika inshootlari qurilishini tashkil yetish va texnologiyasi
70812502-Nasos stansiyalaridan foydalanish va qurilmalaridan foydalanish va tashxisi
70710505-Mini va mikro gidroelektrostansiyalar
70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70710401-Atrof-muhit muhofazasi (qishloq va suv xoʼjaligida)
70710406-Chiqindilarni boshqarish
70710401-Atrof-muhit muhofazasi (Geoaxborot tizimlari)
70710401-Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslarini boshqarish)
70722702-Aerokosmik texnologiyalar va barqaror rivojlanish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
70420128-Transchegaraviy suv va yer munosabatlari huquqi
70710704-Elektrotexnologik jarayonlar va qurulmalar (tarmoqlar bo’yicha)
70111202-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
71010401-Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)
Ta’lim jarayoni va ilmiy faoliyat
Magistrlar tayyorlashda ta’lim jarayoni bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiya jarayonini rivojlantirish maqsadida turli ilmiy seminarlar tashkil etilib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Magistrantlar o‘zlari bajaradigan magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha fan-taraqqiyotining oxirgi yangiliklaridan xabardor bo‘lishlaridan kelib chiqib, Respublika va xalqaro ko‘rgazmalarida ham faol ishtirok etish bilan birgalikda har yili tashkillashtirilib kelinayotgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi”da magistrantlar qatnashib mamlakatimiz olimlari tomonidan ilgari surilayotgan ilmiy g‘oyalar, ishlanmalardan xabardor bo‘lishmoqdalar.
Oʼquv jarayonining tashkil etilishida universitet bilan sohaga oid tashkilotlar orasidagi integratsiyani taʼminlash maqsadida amaliy va laboratoriya mashgʼulotlari, malakaviy amaliyotlar turli tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bazasida olib borilishi amalga oshirib kelinmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlari;
Suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi loyihalashtirish institutlari;
Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga qarashli tashkilotlar va ilmiy tadqiqot institutlari;
“O‘zgidromet” markazi;
“Uzbekgidroenergo” AJ;
“Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi;
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
“Texnolog” AJ;
Har yili bitiruvchilarning 20-25% pedagogik va ilmiy faoliyatga yo’naltiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 26 noyabrdagi 2734-sonli “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”ga buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining Ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari hamda soha tashkilotlari bilan tuzilgan DASTUR asosida magistirlik dissertatsiya mavzulari bo‘yicha stajirovka o‘tash tashkil qilingan.
Magistrantlar Respublika va xalqaro ko‘rgazmalarda doimiy ravishda qatnashib keladilar. Ular tomonidan yaratilgan quyidagi ixtiro, startap loyihalar, mobil ilova hamda EXM dasturlari yuqori baholangan: Agroqanot Zamindar loyihasi bo’yicha dron konustruktsiyasi:
Telefon orqali nasos stansiyasini boshqarish va sizot suv sathini kuzatish qurilmasi;
Fermer xo‘jaligi cho‘kma nasos boshqaruvida GSM-texnologiyalari;
Smart Farmer (mobil ilova uchun);
“Defuse-it” loyihasi.
Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro “Yozgi maktab” kurslarida magistrantlar muntazam qatnashib kelishadi.
O‘quv jarayonining tashkil qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10-sentyabrdagi 190-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 2-apreldagi 116-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi” Nizom asosida magistraturada o‘quv jarayoni olib borilmoqda. Universitetda barcha magistratura mutaxassisliklariga mas’ul bo‘lgan kafedralarda mazkur Nizomga asosan “Magistrantning shaxsiy ish rejasi” da belgilangan “Magistrantning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bo‘yicha kalendari” va “Magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi kalendari” yuritilib magistrantlar o‘z faoliyati davrida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarini belgilangan reja asosida olib boradilar.
Shuningdek, mutaxassisliklarning o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilishi dars jadvaliga muvofiq haftaning to‘rt kunida belgilangan va haftaning juma va shanba kunlari magistrantlar mutaxassisliklarga mas’ul bo‘lgan kafedralarda hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot va taqdimotlar qilib borishlari amalga oshirib kelinmoqda. 2023-2024 o’quv yilidan boshlab 1-2 kurs magistrantlariga 80% ortiq fanlar ingliz tilida o’tilmoqda, 1-kurs magistrantlarga “Zamonaviy ilmiy tadqiqot ishi, nufuzli jurnallarda maqola yozish tartibi, chet el universitetlariga aloqaga chiqish xujjatlarni tayyorlash va grantlar yutish tajribalari” bo’yicha chet elda ishlab kelgan tajribali mutaxassislar tomonidan master klass seminarlari o’tkazilmoqda. Magistraturada ta’lim jarayoni ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik faoliyati olib borilishiga qaratilganligidan kelib chiqib, semestrlar yakuniga ko‘ra magistrantlar kafedralarda ilmiy faoliyat attestatsiyasidan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunda belgilangan rejaga muvofiq magistrantlar semestr davomida amalga oshirgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida taqdimotlar qilishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Xalqaro aloqalar
Universitetda 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (Xalqaro yer va suv resurslaridan foydalanish), 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (geoaxborot tizimlari), 70710401-Atrof-muhit muhofazasi (qishloq va suv xo‘jaligida), 70710201-Biotexnologiya (mahsulot turi bo’yicha), 70310109-Bioiqtisodiyot kabi bir qancha mutaxassisliklar bo’yicha halqaro aloqalar yo’lga quyilgan. Masalan, AQSH Michigan shtati universiteti, Slovak Respublikasi Nitra shahridagi Slovak qishloq xo‘jaligi universiteti, AQSH Missisipi universiteti va Vengriya Obuda universiteti, Xitoy Urumchi Shinjon Ekologiya va geografiya institute, Pekin Suv resurslari va Gidroelektro stansiyalar instituti, Italiya Turin politexnika universiteti. 2-magistrantlari ilmiy stajirovkasi chet el nufuzli universitetlarida o’tkazilishi kuzda tutilgan.