Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo`limi

Bo'lim boshlig'i

Quziyev Ulug'bek Tadjiyevich

t.f.f.d PhD

Tel: +99871 237 19 61

Email: u.quziyev@tiiame.uz


Bo‘lim haqida

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida 1936-yilda bo‘lim qoshida aspirantura ochilgan. Aspiranturada mahaliy mutaxassislar bilan bir qatorda ko‘plab chet-el vakillari ham ta’lim olganlar hamda  ilmiy darajasi uchun dissertatsiyalar yoqlaganlar. 1965-yilga kelib aspirantlar soni 50 kishiga etgan. Ularning orasida mahalliy aspirantlar ko‘p bo‘lagan.  Xozirda bo‘lim universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tarkibida soha yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarini tayyorlash maqsadida faoliyat yuritadi. Bo‘limda xozirgi kunda 2 ta shtat birlik (boshliq va injener 1 kategoriya) xamda 5 ta qo‘shimcha yordamchilar  mavjud.

Bo‘limning tashkil etilishi, asosan universitetda Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bo‘lim sifatida shakllanishida universitet rahbariyati xamda yetuk olimlari va mutaxassislarning hissalari beqiyosdir. Jumladan, universitetimiz rektori prof. O‘.P.Umurzakov, 1-prorektor prof.B.S.Mirzayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, prof.T.Z.Sultanovlar hissasi beqiyos hisoblanadi. Bo‘limga dots.X.I.Turkmenov (1989-1990 yy.), dots.Todjikin (1990-1991 yy.), prof.A.G‘.Sherov (2003-2006 yy.), dots.A.B.Urazkeldiev (2011-2012yy.), dots.B.F.Sultanov (2012-2013yy.), prof.S.X.Isaev (2014-2018yy.), prof.Sh.J.Imomov (2018-2021 yy.) prof. B.Sh.Matyakubov (2020-2021yy)lar rahbarlik qilishgan. Ularning sayi - harakatlari tufayli bo‘lim ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsion ishlanmalarni yaratish  xamda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tayyorlashda Respublikada yetakchilik qilmoqda. Xozirgi kunda bo‘limga PhD.U.T.Quziyev rahbarlik qilmoqda.

Bo‘limning asosiy faoliyati

Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirishda mavjud universitet salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etishdan iborat. Bundan tashqari, bo’lim moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha tashkil etishni o‘z ichiga oladi.


Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo'limi Nizomi