Konkurs va olimpiadalar
Konkurs va olimpiadalarning
qachon va qayerda o’tkazilishi, talablari va qatnashish tartibi
Hukumat qarori (562-son, 09.09.2021 y.) bilan Umumiy
o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari
o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda
xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish
tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari
o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha quyidagi olimpiadalar tashkil etiladi:
·
asosiy
olimpiada;
·
qo‘shimcha
respublika olimpiadalari;
·
onlayn
olimpiada;
·
nufuzli
xalqaro olimpiadalar;
·
mintaqaviy
xalqaro olimpiadalar.
Jumladan, asosiy olimpiadalar tegishli fanlardan ikki
guruhga ajratilgan holda 4 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
·
1-bosqich
– maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentabr oyida;
·
2-bosqich
– tuman (shahar) miqyosida oktabr oyida;
·
3-bosqich
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr
oyida;
·
4-bosqich
– respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida.
Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash
mezonlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 4-bosqichda
maktablarning 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich
o‘quvchilari qatnashadi. Har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2,
3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi.
Asosiy olimpiada
g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:
3-bosqichda g‘olib bo‘lgan
har bir o‘quvchiga:
·
1-o‘rin
– BHMning 6 baravari;
·
2-o‘rin
– BHMning 4 baravari;
·
3-o‘rin
– BHMning 3 baravari.
4-bosqichda g‘olib bo‘lgan
har bir o‘quvchiga:
·
1-o‘rin
– BHMning 12 baravari;
·
2-o‘rin
– BHMning 8 baravari;
·
3-o‘rin
– BHMning 6 baravari.
Shuningdek, 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani
bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini
beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi. Informatika
va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan
o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat OTMlariga
kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi. Ta’lim muassasalarida
o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim
maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari
lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.