Hujjat yuborish
Mahalliy talabgorlar uchun talab
qilinadigan hujjatlar:
Tayanch doktorantura, мaqsadli tayanch
doktorantura, stajor-tadqiqotchi, mustaqil
izlanuvchilikga (PhD):
- Qisqacha biografik maʼlumot.
- Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda - oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi*.
- Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas)
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy
taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan
oʼtgan holda yuboriladi.
Doktorantura,
mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga :
- Qisqacha biografik ma’lumotnoma.
- Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi*.
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (mustaqil izlanuvchilar (DSc) uchun majburiy emas).
- Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
- Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun).
- Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi (Mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas).
*- xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiy tan olinganlik guvohnomasi bilan birga yuklanadi.
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy
taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan
oʼtgan holda yuboriladi.
Hujjatlar 2025 yilning
15 oktabriga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Qori-Niyoziy
ko‘chasi, 39.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari
instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Ma’lumot uchun telefonlar: (8-371) 237-09-46,
237-19-61.