Doktorantura
Tayanch doktorantura va
doktoranturaga kiruvchi talabgorlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni
muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi - daraja.ilmiy.uz orqali
roʼyxatdan oʼtgan holda oʼzlariga tegishli quyidagi hujjatlarni pdf shaklida
tayyorlabga yuklaydi:
1. Tayanch doktoranturaga
kiruvchilar:
·
ariza;
·
qisqacha
biografik maʼlumotnoma;
·
mehnat
daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan
talabgorlar uchun);
· oliy
taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik
dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
·
nashr
etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.
·
Oʼzbekiston
Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasi
(agar mavjud boʼlsa);
·
xorijiy
tilni bilish sertifikati.
2. Doktoranturaga
kiruvchilar:
·
ariza;
·
qisqacha
biografik maʼlumotnoma;
·
mehnat
daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan
talabgorlar uchun);
· oliy
maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga
tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlganligi toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;
·
nashr
etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
· xorijiy
tilni bilish sertifikati.