Ishga joylashuv
BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI TOMONIDAN
YOSH MUTAXASSISLARNI TANLASH
DASTURI
O‘zbekiston Respublikasidagi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda - vazirlik) tomonidan “Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi (keyingi o‘rinlarda - Dastur) Oliy ta’lim uassasalarining (keyingi o‘rinlarda - OTM) bitiruvchi kursida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning tajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Dastur maqsadi - davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda OTM bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirishdan iborat.
Dastur vazifalari:
oliy ta’lim muassasalari hamda davlat xizmati o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish;
eng salohiyatli va bilimli bitiruvchilarni seleksiya qilish;
nomzodlarni vazirlik va idoralarga, mahalliy hokimliklarga stajirovka o‘tash uchun yo‘naltirish hamda “ustoz-shogird an’anasi” asosida tajribali ustoz-mentorlarga biriktirish;
stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarni tanlov (suhbat) asosida davlat xizmatiga ishga qabul qilish.
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Dasturda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oliy ta’lim muassasasi - bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlovchi davlat ta’lim muassasasi;
bitiruvchi - OTM kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;
Stajirovka o‘tash - yosh mutaxassislarni davlat xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat ma’suliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali OTMda olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash jarayoni.
malaka talablari - ma’lum bir davlat fuqarolik lavozimiga stajyor bo‘lish uchun nomzodlarga nisbatan vazirlik tomonidan belgilanadigan tegishli ma’lumot, shuningdek, bilim va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yilgan talablar;
stajirovka rahbari – vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda stajirovka jarayonini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklangan rahbar xodimi.
ustoz-mentor - stajirovka o‘tayotgan bitiruvchilarga davlat xizmatidagi faoliyatida “ustoz-shogird” an’anasi asosida zarur tashkiliy ko‘rsatmalar beruvchi, ularni texnik xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiruvchi, amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘rgatuvchi, stajirovka davrida talaba egallagan ko‘nikmalarni baholash yuklangan tajribali davlat fuqarolik xizmatchisi.
shaxsiy rivojlanish rejasi - bitiruvchining vazirlikda stajirovkasi davomida o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar muddatlar kesimida aks ettiriladigan hujjat.
kadrlar zaxirasi - vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlardagi lavozimlarni salohiyatli, yosh kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlaydigan, yuqori malakali mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi.
2-bob. Tanlov o‘tkazish tartibi
“Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” 1-ilovadagi dasturni amalga oshirish sxemasi bo‘yicha tegishli bosqichlarda va belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalarida “Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi” bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
Nomzodlardan stajirovka tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi.
Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, davlat fuqarolik xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat tili, axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun vazirlik tomonidan suhbat tashkil qilinadi.
Saralash jarayonlari vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilayotgan OTMlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar (71 foizdan yuqori) vazirlik tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.
Nomzodlar ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq jadval bo‘yicha baholanadi. Baholash natijalariga ko‘ra, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni stajirovkaga qabul qilish haqida vazirlikning buyrugi chiqariladi.
Stajirovka jarayonini namunali yakunlagan yosh mutaxassislar stajirovka o‘tagan vazirlikning kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
3-bob. Stajirovkani tashkil etish qoidalari
Stajirovka tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi bilan 3-ilovaga muvofiq tuziladigan stajirovka shartnomasi asosida tashkil qilinadi.
Mazur shartnomada stajirovkani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish faoliyati hususiyatlaridan kelib chiqqan holda stajirovkani o‘tash tartibi, shartnomaning amal qilish muddati va bekor qilish asoslari, shuningdek, taraflarning javobgarligiga oid normalar nazarda tutiladi.
Stajirovka uch oydan kam bo‘lmagan hamda bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi lozim.
Yoshlar ishlari agentligi Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini amalga oshirish jarayonlarini muvofiqdashtiradi. Stajirovkani tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy choralarini ko‘radi. Xususan:
vazirlikga namunaviy dastur va ilova hujjatlarni taqdim etadi;
vazirlik namunaviy dastur asosida o‘z dasturlarini ishlab chiqadi;
tanlov jarayonlarini belgilangan mezonlar asosida shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlaydi;
stajirovkaga jalb qilingan talabalar ma’lumotlarini umumlashtiradi;
stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobot (taqdimot) jarayonlarida ishtirok etadi;
dasturni amalga oshirish sxemasi bo‘yicha barcha bosqichlardagi chora- tadbirlarni muvofiqdashtiradi;
stajirovka o‘tashda yoshlar huquq va manfaatlarini ta’minlash yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
stajirovka yakunlari bo‘yicha vazirlikning hisobot va takliflarini umumlashtiradi.
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda stajirovkani tashkil etishning zarur tashkiliy-huquqiy choralarini ko‘radi. Xususan:
sinov jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda tashkil etadi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajyor bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan stajirovka rahbari va ustoz-mentorni tayinlaydi;
bitiruvchilarni stajirovka davrida o‘z xodimi sifatida faoliyat olib borishi uchun tashkilot rahbarining buyrugini chiqaradi;
stajirovka dasturiga muvofiq bitiruvchilarga joriy qilinadigan shart-sharoitlar (shaxsiy himoya, moddiy-texnika vositalari boshqalar)ni yaratadi;
stajyorlarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi;
tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan stajyor bilan tuzilgan stajirovka shartnomasini belgilangan tartibda bekor qiladi;
bitiruvchi stajirovkani o‘tash davrida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo‘yicha javobgarlik masalalarini qonunchilik hujjatlari asosida ko‘rib chiqadi;
Davlat fuqarolik xizmatidagi stajirovka rahbari vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarda stajirovka o‘tayotgan barcha bitiruvchilarga rahbarlik qiladi. Uning vazifalari:
davlat fuqarolik xizmati tashkilotning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘limlari bo‘yicha talabalarni taqsimlaydi, ob’ektning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
stajyor bilan stajirovka o‘tash shartnomasini imzolaydi;
stajyorlar bilan tashkilot rahbarlari va yetakchi xodimlarning uchrashuvini tashkil etadi.
Ustoz-mentor sifatida davlat xizmatida kamida uch yillik tajribaga ega, mehnat jamoasida obro‘-e’tiborli davlat xizmatchisi “ustoz- shogird” an’anasi asosida ko‘pi bilan ikki nafar bitiruvchiga biriktirilishi mumkin. Uning vazifalari:
stajyorlarga ish faoliyati va texnika xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi;
stajirovka dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish tartib- qoidalarini o‘rgatadi;
stajyor ish kunining belgilangan davomiyligiga va stajerning shaxsiy ish rejasiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Stajyor vazirlik vazirlk va uning tizim tashkilotlarida stajirovka o‘tashda:
stajirovka bo‘yicha uslubiy va ko‘rsatma materiallar bilan tanishishi;
stajirovka shartnomasi bilan yuklatilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirish;
stajyorning shaxsiy ish-rejasida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarishi;
stajirovka o‘tash to‘grisidagi hisobotni taqdim qilishi;
faoliyatida foydalanishi mumkin bo‘lgan materiallar to‘plamini shakll antirishi;
qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat tartib qoidalari va xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart.
4-bob. Stajirovkani o‘tash tartibi
Stajirovka uch bosqichga bo‘linadi:
tayyorlov;
asosiy;
hisobotlarni topshirish va baholash.
Stajirovka tayyorlov bosqichida fuqarolik xizmatidagi stajirovka rahbari tomonidan talabalar stajirovkani o‘tash dasturi bilan tanishadilar, uning maqsad va vazifalariga taalluqli ko‘rsatmalar, stajirovkani o‘tash va 4-ilovadagi hisobot shaklini to‘ldirish tartibi haqida xabardor qilinadilar.
Stajirovka o‘tashning boshida talabalar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadilar hamda stajirovka rahbari va biriktirilgan ustoz-mentor bilan birgalikda stajirovkani o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha 5-ilovaga muvofiq, shaxsiy ish reja jadvalini tuzadilar.
Stajirovkaning asosiy bosqichida bitiruvchi bevosita stajirovkani o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha Shaxsiy ish rejada ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajaradi.
Stajirovka yakunlari bo‘yicha hisobotni topshirish so‘nggi bosqich hisoblanadi. Belgilangan tartibdagi hisobot-taqdimot stajirovka rahbari, ustoz-mentor va Yoshlar ishlari agentligi vakili tomonidan baholanib tasdikdanadi.
Stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar vazirlik (uning tizimidagi tashkilot) hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 5-ilova asosida tasdikdangan sertifikat bilan taqdirlanadi. Mazkur sertifikat asosida bitiruvchilarni davlat xizmatiga ishga qabul qilishda imtiyoz nazarda tutiladi.
5-bob. Davlat xizmatiga ishga qabul qilish
Dastur asosida Stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlagan, sertifikatga ega bitiruvchilar vazirlikdagi maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida oltinchi darajali davlat xizmatchilari (mutaxassis) vakant lavozimga ishga qabul qilinishi mumkin.
6-bob. Yakuniy qoida
Mazkur Dastur bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.