“Yoshlar kuni” tadbirlari dasturi doirasida “Global maqsadlar – lokal yechimlar” mavzusida xalqaro ekologik tadbir muvaffaqiyatli tashkil etildi.

01.05.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2026-yil 30-aprel kuni “Yoshlar kuni” tadbirlari dasturi doirasida “Global maqsadlar – lokal yechimlar” mavzusida xalqaro ekologik tadbir muvaffaqiyatli tashkil etildi. Mazkur tadbir Qozog‘iston Respublikasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universiteti hamda Universitetimiz talabalari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida talabalar jamoalari ekologik muammolar yuzasidan innovatsion va amaliy yechimlarini taqdim etdilar. Pitch-sessiya shaklida tashkil etilgan ushbu tanlov yoshlarning ijodiy fikrlashi, muammolarga yechim topish ko‘nikmalari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qildi.

Mazkur xalqaro tadbir "Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari kafedra"si mudiri Astanakulov Komil, dotsent Alijanov Djapbar hamda katta o‘qituvchi Kannazarova Zulfiya tomonidan onlayn formatda yuqori saviyada olib borildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, global ekologik muammolarga lokal darajada samarali yechimlar taklif etdilar. Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida ekologik ongni oshirish, barqaror rivojlanish g‘oyalarini ilgari surish hamda xalqaro tajriba almashishni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.