Ilmiy tadqiqot faoliyati
Universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarida kafedralardan 404 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ularning 2 nafari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, 63 nafar fan doktori, professorlar, 171 nafar fan nomzodi va PhD ilmiy darajasiga va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lganlar, 168 nafari katta o‘qituvchilar, assistentlardan iborat. Ilmiy salohiyat 58,4 % ni tashkil etadi.
Davlat ilmiy-texnika dasturlari va xo‘jalik shartnomalari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari
Universitetda 4 ta fundamental, 3 ta amaliy hamda 3 ta innovatsion grant loyihalari, 19 dan ortiq soha tashkilotlari bilan tuzilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik hamda xo‘jalik shartnomalari, 63 dan ortiq Davlat byudjeti hisobidan tashabbuskor ilmiy ishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. 3 ta Davlat granti asosidagi amaliy tadqiqotlar - umumiy qiymati 906,889 mln.so‘m, 4 ta Davlat granti asosidagi fundamental tadqiqotlar - umumiy qiymati 1162,154 mln.so‘m, 3 ta Davlat granti asosidagi innovatsion loyihalar - umumiy qiymati – 1048,378 mln.so‘m, 19 ta boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy tadqiqotlar umumiy qiymati – 962,5 mln.so‘m. Jami 2021 yilda ilmiy-tadqiqot ishlariga universitetda 4 mlrd. 79,921 mln.so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etildi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari
Har yilda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha universitet olimlari tomonidan 83 dan ortiq monografiyalar, 35 dan ortiq darsliklar, 101 ta o‘quv qo‘llanmalar Scopus, “Web of Science” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidagi jurnallarida 176 ga yaqin, chet el ilmiy jurnallarida 330 ga yaqin, xalqaro anjumanlar to‘plamlarida 240 dan ortiq, respublika ilmiy jurnallarida 735 ga yaqin, respublika ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida 210 dan ortiq ilmiy – uslubiy ishlar chop etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga yiliga 5 ta ixtiro uchun patent, 8 ortiq ishlanmaga foydali model uchun patent, 70 ga yaqin mualliflik guvohnomalari olinmoqda.