"Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi" kafedrasi
Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari xodimlari va talabalari, keyingi yillarda cheklangan suv zaxiralaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi yerlarini biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish, «yashil energetika» va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan talablardan kelib chiqqan xolda faoliyat olib bormoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlarda bilim va tajriba oshirgan, hamda xalqaro miqyosdagi taniqli olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, yurtimizning sohaga oid tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan bo‘lib, talabalarning amaliyot va stajirovka o‘tashlari uchun zarur sharoit yaratilgan.
Ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy faoliyat
Kafedramizda quyidagi ta’lim dasturlari faoliyat ko‘rsatmoqda:
- Bakalavr dasturlari: 60710500 - Elektr muhadisligi, 60810500 – Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti.
- Magistratura dasturi: 70710504 – Elektrotexnolgik jarayonlar va qurilmalar.
- Doktorantura dasturi: 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar.
- Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi sohalarda amaliy qo‘llanilmoqda:
- Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash samaradorligini
oshirishning energiya tejamkor elektrotexnologiyalarini yaratish.
- Ichimlik
va oqova suvlarni elektrotexnologik usullar yordamida zararsizlantirish.
- Agrar sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi mobil elektr ta’minoti tizimini ishlab chiqish.
Tadbirlar va hamkorlik
Kafedramiz 10 ta tashkilotlar bilan innovatsion xamkorlik o‘rnatgan shundan 1 tasi
kafedraning filialini tashkil etilsh to‘g‘risida.
Toshkent GESlar kpaskadi unitar korxonasiga qarashli
tashkilotlar (Toshkent shahri, Chilonzor tumani), “Toshkent Elektro Dvigatel”
MChJ Rossiya –O‘zbekiston qo‘shma korxonasi (Toshkent shahri, Olmazor tumani,
Usta Shirin ko‘chasi, 120 uy), O‘zelektroapparat-Electroshield AJ (Toshkent
shahri, Tallimarjon ko‘chasi, 1 uy), "Suvmash" AJ (Toshkent shahri,
Bektemir tumani, X. Bayqaro ko‘chasi 13 uy), Suv xo‘jaligi vazirligi Nasos
stansiyalar va energetika boshqarmalariga qarashli nasos stansiyalari (Toshkent
shahri, Kori-Niyazi, 39 uy), "Elektrqishloqqurilish" AJ, (Toshkent
shahri, M. Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li, 274), O‘zbekiston energetika
vazirligiga qarashla “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonasi (Toshkent shahri,
Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 2), "Agregat zavodi" AJ (Toshkent
shahri, Usta Shirin ko‘chasi, 117 uy), Chirchiq-Oxangaron Irrigatsiya tizimi
havza boshqarmasi (Toshkent shahri, Bektemir tumani Suvchi dahasi, Rohat
ko‘chasi, 13 uy), “O‘zsuvloyiha” AJ (Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, A.
Navoiy ko‘chasi, 18 uy), Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va
elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani,
Gulbahor qo‘rg‘oni, Samarqand ko‘chasi, 41 uy), “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika
markazi MChJ (Toshkent shahri, Yashnaobod tumani, M. Ashrafiy ko‘chasi,
1-muyilish, 9A), “O‘zbekgidroenergo” AJ (Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani,
A. Navoiy ko‘chasi, 22-uy).
Kafedra tarixi
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24 maydagi 3003-sonli qaroriga asosan
“Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti” ga “Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” nomi berilishi
munosabati bilan “Qishloq va suv xo‘jaligini elektrlashtirish va
avtomatlashtirish” fakulteti tarkibida “Elektrotexnologiyalar va elektr
jixozlaridan foydalanish” kafedrasi
tashkil etildi. Kafedra dastlab 1979 yil 15 dekabrda “Elektr yuritmalar
va elektr energiyasini qo‘llash” kafedrasidan “Qishloq xo‘jaligida elektr
energiyani qo‘llash” nomi bilan ajralib
chiqqan. Institut ilmiy kengashining
qaroriga ko‘ra 2001 yil 5 iyundan “Elektrotexnologiya va elektr
uskunalar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash” nomi bilan atalgan.
Turli davrlarda kafedrani boshqargan
rahbarlar:
1979 yildan 2004 yilgacha professor
A.R.Radjabov raxbarlik qilgan.
2004 yildan 2011
yilgacha dotsent A.S.Berdishev raxbarlik
qilgan.
2014 yildan 2017
yilgacha dotsent N.T.Toshpo‘latov kafedraga mudirlik qilgan.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25
maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan “Suv xo‘jaligida elektr ta’minoti va
elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi “Elektrotexnologiyalar va elektr
jixozlaridan foydalanish” va “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya
manbalari” kafedralariga bo‘lindi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot
tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va
raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yili “Toshkent irrigatsiya va qishloq
xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot
universiteti Ilmiy kengashining №1AF qaroriga asosan “Elektrotexnologiyalar va
elektr jixozlaridan foydalanish” kafedrasi “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi qilib o‘zgartirildi.
2025 yil 2-oktabrdan
kafedraga, dotsent (PhD) Q.O.Matchonov raxbarlik qilib kelmoqda.
Ta'lim va malaka oshirish:
- Davlat va nodavlat tashkilot,
korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari
va soha korxonalarida muhandis-energetik.
- Taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtgan taqdirda, professional taʼlim muassasalarida taʼlimning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini oʻqitish boʻyicha pedagogik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladi
- Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish.
Tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish:
Energiya
turlarini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol
qilishga, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish va monitoring
qilishga, soha istiqbolini belgilashga,
kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining
vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Amalga
oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
Zamonaviy qishloq ho‘jaligi sharoitida sho‘r-ishqorli suvni ekologik tozalash texnologiyasini plastik qoplangan tomchilatib sug‘orish bilan birgalikda tadqiq
qilish va qoʻllash (Xitoy va O‘zbekiston
hamkorlik loyihasi)
Loyihaning maqsadi
- Mazkur loyiha Xitoydagi
hamkorlar bilan O‘zbekiston xududida sho‘r-ishqorli suvlarni tozalash va zamonaviy
qishloq xo‘jaligida qo‘llash tajribasi asosida O‘zbekistonning haqiqiy
sharoitlari bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha tadqiqotlar olib borishni ko‘zda tutadi.
Maqsad– sho‘r-ishqorli suv resurslaridan samarali, arzon va mahalliy sharoitda
foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida sho‘r ishqorli
suvdan qayta foydalanishga erishish, ekinlar yetishtirish va daromadni
oshirishga ko‘maklashish, O‘zbekistonda
Xitoyning ilg‘or suv tejovchi texnologiyalariga asoslangan sho‘r ishqorli suv
havzalarini boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish va ikki mamlakat xalqiga xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat : Sho‘r-ishqorli suv sifati, suv va tuzning migratsiya qonunlari monitoring qilinadi. Innovatsion dizaynga ega xajmli deionizatsiya texnologiyasining tuzsizlantirish samaradorligini oshirish, ekologik va past uglerodli tuzsizlantirish jarayonini amalga oshirish uchun arzon va samarali bioko‘mir elektrodlari joriy etiladi . Amalda qo‘llanilayotgan an’anaviy oqova suvlarni tuzsizlantirish texnologiyalarning mavjud cheklovlarini bartaraf etilib, sho‘r-ishqorli suvni samarali tuzsizlantirish va qishloq xo‘jaligida foydalanishni sinergik optimallashtirishga erishish.
O‘simliklar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tabbiy va oqova suvlarga ishlov berish elektrotexnologiyasini rivojlantirish ilmiy metodologik asoslari Loyihaning maqsadi – Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqariishda energetik jihatdan samarador elektrotexnologiyani yaratish xamda elektrotexnologik usullar bilan ishlov berish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillarni asoslash. Zamonaviy texnologik va texnik yechimlarining energoekologik va texnologik takomillashtirish prinsiplari va yo‘nalishlari shakllantiriladi. Energiyatexnologik jarayonlari samaradorligini oshirishning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat :
Agrosanoat majmui tarmoqlarida energiyatexnologik jarayonlariga oid eng zamonaviy ilmiy texnik
yechimlarni o‘rganish va ularni taxlili natijasida qo‘yilgan muammolarni hal
etish usullari aniqlanib maqsad va vazifalar belgilanadi. Xar bir texnologik
jarayon uchun energiya sarf xarajatlari
tahlil qilinadi va ularda energiya tejash choralari ishlab chiqiladi.
hisobot tayyorlanadi.
Moyli ekin mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarining energiya samarador elektrotexnologiyasini yaratish
Loyihaning maqsadi – Elektrofizik ta’sirlardan foydalanib o‘simlik moyini olishda energetik jihatdan samarador elektrotexnologiyasini yaratish maqsadida elektrotexnologik usullar bilan moy olish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy faktorlarni asoslash.
Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat:
Moyli ekin mahsulotlaridan o‘simlik moyi ishlab chiqarish korxonalari
va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun mahsulotlarga birlamchi
elektrotexnologik ishlov berish qurilmasi elementlari parametrlarini analitik
va funksional ifodalashda foydalaniladi va o‘quv jarayonida qo‘llaniladi.
Ishlab chiqilgan texnologiya “Toshkent yog‘-moy” AJ kombinatining “ Moy
ekstraksiya zavodida sinovdan o‘tkazildi.Texnik chigit yanchilmasiga birlamchi
elektroimpulsli ishlov berish qurilmasini sanoat tajriba nusxasini loyihalash
uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarini rivojlantirishning ilmiy‑metodologik asoslari (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish misolida)
Loyihaning maqsadi- Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy metodologik asoslarini yaratish.
Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat :
Qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida QTEMlardan foydalanish texnologiyalarini
rivojlantirishning ilmiy metodologik asoslarini yaratishga tayanch amaliy
yechimlar ishlab chiqish.
O‘simliklarga purkab ishlov beruvchi mobil elektromexanik qurilmani yaratish
Loyihaning maqsadi- O‘simliklarga
ishlov berish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarni bajarishga mo‘ljallangan mobil
elektromexanik qurilmaning energetik parametrlarini asoslashdan iborat.
Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat:
O’zbekiston sharoitida o‘simliklarga suyuqlik bilan ishlov berishning
zamonaviy resurs tejamkor agrotexnologiyalari innovatsion texnika va
texnologiyalarning keng joriy etilishi, kafolatlangan, yetarli hajmlardagi
energiya ta’minotini talab etadi.
Respublikamizning kichik
hajmdagi maydonlarida o‘simliklarga suyuqlik bilan ishlov berishni mobil elektr
yuritmali texnika vositalari yordamida amalga oshirilishi inson xayoti uchun
havfli yoki noqulay bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishni mobil elektr
yuritmali texnika vositalariga o‘tkazilishi, respublikada butunlay yangi
yo‘nalishga asos soladi. Muqobil energiya manbalaridan foydalanib bir zaryadda
o‘simliklarga ishlov beriladigan maydonni hisobga olgan holda o‘simliklarga purkab ishlov beruvchi kichik
quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik qurilmaning energetik
parametrlari asoslanib, kichik quvvatli elektr yuritmali mobil elektromexanik
qurilmaning og‘irligi, purkagichning
ishchi tezligi va elektr motor quvvatini hisobga olgan holda ko‘p omilli
xo‘jalik tajribalari o‘tkaziladi.
Pillaga dastlabki ishlov berish qurilmasini yaratish
Loyihaning maqsadi- tut ipak qurti g‘umbagiga elektrofizik ta’sir etish orqali g‘umbakni jonsizlantirishning energiyatejamkor elektrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat:
Bugungi kunga qadar ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish yaratilgan texnologiyalarning barchasida pilla ichidagi g‘umbakni jonsizlantirish uchun pilla qobig‘i bilan yuqori haroratda qizdirilgan. Bu pilladan olinadigan ipakning sifat ko‘rsatgichlariga salbiy ta’sir etadi. Respublikamizdagi pillani dastlabki qayta ishlash korxonalarida pillaning ichidagi ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish va quritish jarayonida g‘umbakni jonsizlantirish uchun qo‘llanilayotgan issiq havo bilan ishlov berish jarayoni energiya sarfining kattaligi, ish unumining pastligi va ishlov berilgandan so‘ng yana qayta quritish uchun ko‘p vaqt talab qilinishi va olinadigan ipak mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari pastligini tufayli taklif etilayotgan pillaga dastlabki ishlov berish qurilmasi “O‘ZBEKIPAKSANOAT” uyishmasiga qarashli pillani qayta ishlash korxonalariga joriy qilinadi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Respublikadagi pillani qayta ishlash korxonalari, pillachilik klasterlari uchun mahsulotlarga birlamchi elektrotexnologik ishlov berish qurilmasi elementlari parametrlarini analitik va funksional ifodalashda foydalaniladi va o‘quv jarayonida qo‘llaniladi.Ishlab chiqilgan texnologiya “O‘ZBEKIPAKSANOAT” uyishmasiga qarashli pillani qayta ishlash korxonalarida sinovdan o‘tkazildi.
Batafsil ma’lumot uchun: https://socfarm.tiiame.uz/
Xalqaro maqolalar
1.Berdishev A. 3 (24) 2018. Алматы., стр 48-54. Обоснование рабочего органа
обеззараживания воды.
Международная агроинженерия. Казахстан. http://www.spcae.kz/index.php?page=%D1%81%D1%82%D0%B0%D1%82%D1%8C%D0%B8
2.Ibragimov M. 14-16
октабрь 2022 Ташкент, Узбекистан. Simulation of linear
asynchronous electric drive of slow-speed mechanisms of
agricultural complex. 3rd International Conference on Energetics, Civil and
Agricultural Engineering. Uzbekistan. http://www.spcae.kz/index.php?page=%D1%81%D1%82%D0%B0%D1%82%D1%8C%D0%B8
3.Boqiyev A.A. Issue 11,
November 2020. ISSN: 2350-0328. – Pp. 3480-3484. Рrospects for conversion to electric drive of
agricultural machinery in Uzbekistan. International Journal of
Advanced Research in Science, Engineering and Technology. India.
https://www.ijarset.com/upload/2021/november/12-yu-sh03-16.pdf
4.Bayzakov T. Алматы,Казань, 20-21 октября 2022 г. Ст 586-594. Ресурсосберегающий
линейный асинхронный электропривод механизмов в водном хозяйстве. Международная
научно-техническая конференция. Казахстан. http://www.spcae.kz/index.php?page=%D1%81%D1%82%D0%B0%D1%82%D1%8C%D0%B8
5.Yunusov R. Issue 11, November 2020. ISSN: 2350-0328. – Pp. 3480-3484. Simulation of linear asynchronous electric drive of slow-speed
mechanisms of agricultural complex. 3rd International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering. India. http://www.spcae.kz/index.php?page=%D1%81%D1%82%D0%B0%D1%82%D1%8C%D0%B8
6.Matchonov O. ISSN: 2350-0328 Vol. 8, Issue 11 , November 2021. 18510-18514. Use of Electrophysical Methods to Accelerate Root Growth in Grapes. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. India. https://www.ijarset.com/upload/2021/november/12-yu-sh03-16.pdf
7.Turdiboyev A. Vol. 8, Issue 7 , July 2021. Using the Ultrahigh Frequency Effect (UFEF) Electromagnetic Field During Dehydration of Silkworm. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. India. http://www.ijarset.com/upload/2021/july/03-nodir-05.PDF
8.Eshpo‘latov N. 14-16 October, 2022 Tashkent, Uzbekistan. The influence of the impact of electrical impulses on the juice outputting of the pulp. 3rd International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering. India. http://www.ijarset.com/upload/2021/july/03-nodir-05.PDF
9.Nuraliyeva N.A. Vol. 8, Issue 7 , July 2021. Using the Ultrahigh Frequency Effect (UFEF) Electromagnetic Field During Dehydration of Silkworm. 3rd International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering. India. http://www.ijarset.com/upload/2021/july/03-nodir-05.PDF
10.Yusupov Sh. ISSN: 2350-0328
Vol. 8, Issue 11 , November 2021. 18480-18483. Effective Use of Ultraviolet Irradiation in Hydroponic Greenhouses. 3rd
International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering. India. https://www.ijarset.com/upload/2021/november/12-yu-sh03-16.pdf
11.Markayev N. ISSN: 2350-0328 Vol. 8, Issue 11 , November 2021. 18510-18514. Use of Electrophysical Methods to Accelerate Root
Growth in Grapes. International Journal of
Advanced Research in Science, Engineering and Technology. India. https://www.ijarset.com/upload/2021/november/12-yu-sh03-16.pdf
12.Matchonov O. LncRNAs in hypoxic microenvironment; insight
in their impact in cancer biology. Functional & Integrative
Genomics (2025) 25:142
https://doi.org/10.1007/s10142-025-01635-9
Xalqaro hamkorlarimiz
1.Obuda Universiteti (Vengriya)
2.Agroinjeneriya ilmiy-ishlab chikarish markazi (NPSAI) (Almati sh.)
3.S. Sayfulin nomidagi qozoq agrotexnika universiteti (Qozog'iston)
4.Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti (Qozog'iston)
5.Muxtor Avezov nomidagi janubiy qozog‘iston universiteti (Qozog'iston)
6.Qozog'iston Respublikasi Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda uniyersiteti (Qozog'iston)
7.K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat agrar universitet (Rossiya)
Ta’limda uzluksizlik va o‘quv
fanlari orasida uzviylikni hisobga olgan xolda davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini
hamkorlikda takomillashtirib borish, o‘quv
va o‘quv-uslubiy ishlar
samaradorligini oshirishga xizmat
qiluvchi imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berish va o‘zaro tajriba almashish, ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarini qo‘llashda hamkorlik qilish. Hamkorlikda o‘quv
adabiyotlar (qo‘llanmalar, darsliklar) yaratish, o‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini
oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar
o‘tkazish va ochiq leksiyalarni tashkil etish, kafedralarda faoliyat
ko‘rsatayotgan o‘qituvchi, pedagog va mutaxassislarning malakalarini oshirishda
hamkorlik qilish maqsadida tuzilgan. 2024-yil hamkorlikda ilmiy jurnallarda 8
ta maqola chop etildi.
Universitet rektorining 2024-yil, 11 dekabrdagi
№361-a/f - sonli buyurug‘i bilan Qozog‘iston Respublikasi Korkit ota nomidagi
Qizilo‘rda uniyersitetining 3 nafar xodimi, Aysha Aytuganova Menglibay
qizi, Aknur Janserikkizi va Abay Tlegenov Bakitjanovichlar 05.05.07-“Qishloq
xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligiga mustaqil tadqiqotchi sifatida qabul qilindi.
2024-2025 o‘quv yilidan 60710500- “Elektr
muhandisligi” ta’lim yonalishiga Turkmaniston Respublikasidan jami 6 nafar,
Erkinov Xasan, Erkinov Xusan, Chulliyev
Jo‘shqin, Bazarov yhlas, Suyunov Arslanbek va Shaymardanov Jamshid to‘lov
kontrakti asosida talabalikga qabul qilindi.
Kafedrada 2024-yil 11 martdan 23 martgacha Qozog‘iston Respublikasi Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universitetining 12 nafar talabalariga 72 soatlik “Bitiruv oldi amaliyoti” tashkil etildi
Mahalliy hamkorlarimiz
Kafedra mahalliy tashkilotlar
bilan innovatsion xamkorlik o‘rnatgan.
1. Toshkent GESlar kpaskadi" unitar korxonasiga
qarashli tashkilotlar.
2. “Toshkent Elektro Dvigatel” MChJ Rossiya –O‘zbekiston
qo‘shma korxonasi.
3. O‘zelektroapparat-Electroshield AJ.
4. "Suvmash" AJ.
5. Suv xo‘jaligi vazirligi Nasos stansiyalar va
energetika boshqarmalariga qarashli nasos stansiyalari.
6. "Elektrqishloqqurilish" AJ.
7. O‘zbekiston energetika vazirligiga qarashla “Xududiy
elektr tarmoqlari” AJ korxonasi.
8. Chirchiq-Oxangaron Irrigatsiya tizimi havza
boshqarmasi.
9. “O‘zsuvloyiha” AJ.
10. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va
elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.
11. “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi MChJ.
12. “O‘zbekgidroenergo” AJ.
Kafedra xodimlari
Matchonov Oybek Qoʻchqorovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Paxta xom ashyosiga ishlov berishda energetik samaradorlikni oshirishning ilmiy-metodologik asoslash
+99899-690-66-49
Bayzakov Taxir Mirzanovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Предуборочная электрообработка хлопчатника. Мобильная электротехнологичная техника в сельском хозяйстве. Электростимуляция растений, и их семян. Электротехнологические методы борьбы с вредителями сельсохоз-яйственных растений
Dars beradigan fanlar: Elektrotexnologiya, Elektr uskunalar ishonchligi, Elektr uskunalarni sozlash, Elektroxavfsizlik
+99890-965-39-63
Boqiev Abdujalol Abdukamilovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni turli soxalarida qo‘llanilishini asoslash.
Dars beradigan fanlar: Қайта ишлашда электротехнологиялар, Elektr energetik uskunalar ekspluatatsiya samaradorligini oshirish uslublari
+99890-351-17-10
Yunusov Rustem Faikovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Past tezlikli texnologik qurilmalarning chiziqli induksion elektr yuritmasini yaratish.
Dars beradigan fanlar: Elektr uskunalarni ta’milash texnologiyasi, Energetik uskunalar ekspluatatsiyasi va texnik servis, Agrosanoat majmuasida energetik servis va energoaudit.
+99890-973-13-59
Turdibayev Abduvali Abdujalolovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnik chigitdan paxta moyi olishning energiya samarador elektrotexnologiyasi yaratish.
Dars beradigan fanlar: Energiya ta’minot tizimlari, Elektr yoritish va nurlatish, Elektr energetikasi loyihasi, Elektr uskunalar montaji texnologiyalari.
+99899-521-35-83
Nuraliyeva Nodira Abdukamilovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “O’simliklarga purkab ishlov beruvchi mobil elektromexanik qurilmani takomillashtirilgan nusxasini yaratish”
Dars beradigan fanlar: Elektr energiya nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari, Energetikada audit, Elektr uskunalaridan foydalanish va texnik-servis.
+99897-333-20-49
Markayev Nuriddin Murodovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Yog‘ochlashgan o‘simliklar ko‘chatlarini vegetativ usul bilan yetishtirishning elektrotexnologiyasini ishlab chiqish.
Dars beradigan fanlar: Elektrotexnologiya, Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va texnik servis , Elektr yoritish va nurlatish.
(+99897) 736-49-39
Ibragimov Matkarim
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tabiy va qishloq xo‘jalik oqova suvlarini tozalash va zararsizlantirishda energotexnologik usullardan foydalanishning ilmiy-metodalogik asoslari. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarida elektr energiyasidan samarali foydalanish.
Dars beradigan fanlar: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va foydalanish texnologiyalari, Amaliy issiqlik va energiya texnologiyasi.
+99899-944-42-52
Baltabayev Baxadir Zaxidjon o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Kungaboqar donini quritishning energiya samarador elektroxnologiyasini ishlab chiqish
+99899955-15-59
Xursanov Fazliddin Rustam o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Elektrotexnologik usul bilan mevali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish samaradorligini oshirish
+99899-670-04-03
Abdikarimov Abdiraxim Abdijabbor o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo'nalishi: Kartoshka oʻsimligini kalaroda qo'ngʻizidan himoya qilish elektrotexnologiyasini ishlab chiqish
+99899-662-09-47
Oymatova Sevara Shuxratovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Elekt traktor uchun (0.9-1.2 tortish sinifi) ishchi agregatlarini xarakatlantiruvchi elektr yuritmaning parametrlarini asoslash
+99893-236-35-67
Axmedov Ma’murjon Maxmudjon o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Asinxron generatorlar asosida mikro geslarning energiya samaradorligini oshirish
+99899-894-94-12
Sapayev Navro‘zbek Axmedjon o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Kombinatsiyalangan elektr ishlov berish orqali sholi donini quritish jarayonini samaradorligini oshirish
+998973585999
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
| № | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
|---|---|---|
| 1 | Maxsus elektrotermik va elektrotexnologik jarayonlar va uskunalar(magistratura) | Maxsus elektrotermik va elektrotexnologik jarayonlar va uskunalar
fanini o‘zlashtirishda quyidagilarni bajara
olishi lozim:elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishini
maxsus turlari va ularni bevosita qo‘llanilishining nazariy asoslari;qishloq xo‘jaligida
elektrotexnologiyalar va elektrotexnik uskunalarni loyihalash; elektrotexnologiyadan
qishloq xo‘jaligida foydalanishning muammoli masalalari;elektrotexnologiyaning energiya
tejamkorlik omillari |
| 2 | Energiya resurslardan sama-rali foydalanish asoslari (magistratura) | qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida
energiya va resurslardan samarali foydalanishning nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishdir. |
| 3 | Ilmiy tadqiqot ishlarida axborot texnologiyalari (magistratura) | nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, texnik hodisalar va jarayonlarga uslubiy yondoshish hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. |
| 4 | Agrosanoat majmuasida energetik servis va energo¬audit (magistratura) | agrosanoat majmuasi sohalari ishlab chiqarish jarayonlarida
energetik servis va energoauditning nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdir. |
| 5 | Iste’molchilarning ener¬giya ta’minotida tizimli tahlil(magistratura) | talabalarning nazariy bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini
shakllantirish, texnik hodisalar va jarayonlarga uslubiy yondoshish hamda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Iste’molchilarning energiya ta’minotida
tizimli tahlildan foydalanishda talabalar ongiga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
jarayonlarida energiya va resurslardan samarali foydalanishning nazariy bilimlar
va amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilimiga ega bo‘lishi kerak. |
| 6 | Elektr va issiqlik ta’mi¬notining muqobil manbalari(magistratura) | tabiiy energiya resurslarni boshqa turdagi energiyalarga
aylantirishning umumiy qonuniyatlari, hamda o‘sha energiyalaridan unumli foydalanish
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni talabalar ongiga singdirish va qayta tiklanuvchan
energiya manbalarini qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarishini har xil tarmoqlarida
va maishiy turar-joylarida qo‘llash va bu borada mustaqil yechimlarni o‘rgatishdan
iboratdir |
| 7 | Elektrotexnologik jarayon¬lar va uskunalar (magistratura) | qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida elektr
energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib yoki bevosita ta’sirlaridan foydalanishning
energetik texnik asoslari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar tizimini shakllantirish,
maxsus elektotermik va elektrotexnologik uskunalardan qishloq xo‘jaligida foydalanish,
elektrofizik faktorlarning qishloq xo‘jaligi biologik ob’ektlariga ta’sirlaridan
maqsadli foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdir. |
| 8 | Issiqlik va elektr energiyasidan ratsional foydalanish(magistratura) | elektrotexnologik uskunalar va jarayonlarning energetik ko‘rsatkichlarini;energiya texnologik
jarayonlarida analitik sintezni o‘tkazish usullarini; kuchlanishni rostlash bilan
elektr energiya sarfini kamaytirish usullarini;qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
samarali foydalanishni nazariy asoslarini;qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida
energiya bilan ta’minlovchi lokal energetik tizimlarni shakllantirish prinsiplarini
bilishi |
| 9 | Energiya ta’minoti tizimlarni loyihalash usullari (magistratura) | agrosanoat korxonalari elektr ta’minot tizimlarini
takomillashtirish usullari, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishning ilmiy
asoslari, elektr energiyasi bilan ta’minlab beruvchi elektr ta’minot tizimini loyihalash
usullarini o‘rganishdir. |
| 10 | Agroenergetikada ilmiy tadqiqot uslubi va statistik taxlil(magistratura) | Agroenergetikada nazariy va eksperimental-tadqiqotlarning
asosiy tamoyillari; ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va shakllantirish; tadqiqot
natijalari bo‘yicha olingan natijalarni tahlil qilish va chop etishga oid bilimlar;qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish va avtomatlashtirishda ilmiy izlanishlar
uslubi haqida |
| 11 | Elektr energetik uskunalar ekspulatatsiyasi (magistratura) | Agrosanoat majmui elektr
uskunalarini ekspluatatsiyalashning zamonaviy uslublarini;elektr uskunalar ekspluatatsion
ko‘rsatkichlarini tatqiq qilish va natijalarini tahlil etishni;agrosanoat majmui
tarmoqlarida elektr uskunalarni himoyalash uslublarini |
| 12 | Elektr energiyani nazora¬ti va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari | qishloq va suv xo‘jaligi ob’ektlarini avtomatlashtirish, energiya resurslarining rivojlangan savdosi ma’lumotlarni o‘lchash, yig‘ish va qayta ishlash bosqichlarida inson ishtirokini minimumga olib keladigan va energiya resurslarini yetkazib beruvchi tomonidan ham, iste’molchi tomonidan ham turli tarif tizimlariga ishonchli, aniq va ixcham moslashtirilishini ta’minlaydigan energiyani hisobga olishda avtomatlashtirilgan tizimlarni tatbiq etishni hisoblash asoslari va ularning muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir. |
| 13 | Energiya audit | energetik auditning (tekshiruvning) mohiyati, qiymati
va zarurligi, energoauditning qonuniy asoslari, energetik tekshiruvlarning turlari,
qisqa va to‘la energetik audit to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi, energetik audit
o‘tkazish bosqichlari, energotejamkorlik bo‘yicha texnik tadbirlarni ishlab chiqish
yo‘llarini va usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi, o‘lchov kattaliklari
va energetik audit uchun asboblar, elektr energiyani iqtisod qilish imkonini beradigan
tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha umumiy tavsiya usullari, energoaudit natijalarini
hujjatlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. |
| 14 | Elektr xavfsizlik | har bir bo‘lajak energetik, ya’ni talabalarga elektr
uskunalarida bajariladigan ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan elektr xavfsizlik to‘g‘risidagi
bilimlarning nazariy asoslarini, elektr xavfsizlikning asosiy tushunchalarini, hamda
ishchi-xodimlarga beriladigan guruh va razryadlarni, elektr xavfsizlik qoidalarini
o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir |
| 15 | Ilmiy tadqiqot asoslari | Respublika qishloq va suv xo‘jaligida fan va texnikani
o‘rnini; ilmiy izlanish asoslarini, uslublarini, modellashtirish, statistik ishlov
berishni, ilmiy ishlarni aktiv rejalashtirish, olingan natijalar bo‘yicha fan-texnika
yangiliklari bo‘yicha ixtiro va ratsionalizatorlik takliflarga buyurtma tayyorlashni |
| 16 | Elektr uskunalarni sozlash | qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi texnologik
jarayonlarida foydalaniladigan elektr uskunalar haqida umumiy tushunchalar, shuningdek
elektr uskunalarni sozlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir. |
| 17 | Ishchi kasbni egallash | qishloq va suv xo‘jalik korxonalarni elektrlashtirish
va avtomatlashtirish sohasida qo‘laniladigan elektr uskunalar, transformatorlar,
elektr dvigatellari, yoritish va nurlatish qurilmalari, avtomatik va himoya vositalari
va havo tarmoqlarining montaj qilish usullari va ularga qo‘yiladigan talablar,
hisoblash asoslari va ularning muayyan sharoitlarga mos holda tanlash |
| 18 | Energiya ta’minot tizimlarini loyihalash | qishloq xo‘jalik korxonalaridan elektr energetik
tizimlarni loyihalashni tashkil qilish, kabel va o‘tkazgich simlarni turlari, himoyalash
va ishga tushirish vositalarining turlari va xarakteristikalari, loyiha topshirig‘i,
yig‘iladigan birlamchi ma’lumotlar va loyihaga qo‘yiladigan talablar va loyihada
qo‘llaniladigan asosiy normativ hujjatlar |
| 19 | Elektrotexnologiya | elektr energiyasining boshqa tur energiyalarga aylantirilishining
qonuniyatlari, elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylanishi va issiqlik
uzatish va berish qonuniyatlari, elektr energiyasining bevosita texnologik ta’sirining
fizik asoslari, qishloq va suv xo‘jaligi bino va inshootlari isitish tizimi uchun
elektrokrifaloyer qurilmasini loyihalash, elektrotermik uskunalarni iqtisodiy samaradorligini
hisoblashni o‘rganadi |
| 20 | Kompleks elektrlashtirishni loyihalash | Qishloq xo‘jalik korxonalaridan elektr energetik tizimlarni loyihalashni tashkil qilish, kabel va o‘tkazgich simlarni turlari, himoyalash va ishga tushirish vositalarining turlari va xarakteristikalari, loyiha topshirig‘i, yig‘iladigan birlamchi ma’lumotlar va loyihaga qo‘yiladigan talablar va loyihada qo‘llaniladigan asosiy normativ hujjatlar |
| 21 | Elektr uskunalar ekspluatatsiyasi va texnik servis | Elektr qurilmalardan samarali va to‘g‘ri foydalanish xamda ularni uzluksiz ishlashini ta’minlash chora tadbirlarni amalga oshirish va assinxron, sinxron va elektr mashinalarni ta’mirlashni o‘rgatadi. |
| 22 | Elektr yoritish va nurlatish | Qishloq va suv xo‘jaligi ob’ektlari uchun elektr yoritish
tizimlarini loyihalash, qishloq va suv xo‘jaligi bino va inshootlari uchun zamonaviy
yoritish uskunalarini tanlash, hisoblash va ularni joylashtirish, yoritish uskunalarini
elektr energiyasii bilan ta’minlash tarmoqlariga o‘tkazgichlar, elektr shitlarini
tanlash, yoritish tizimlarini boshqarish va yoritish tarmoqlarini himoyalash yoritish
uskunalarni iqtisodiy samaradorligini hisoblashni, qishloq va suv xo‘jaligi ishlab
chiqarishi jarayonlarida qo‘llaniladigan nurlatish qurilmalarini tanlash, ularni
hisoblash, loyihalash hamda foydalanish qoida va talablarini o‘rganadi. |
| 23 | Energiya tejamkorlik asoslari | Elektr energiyasini asosiy sifat ko‘rsatkichlari har xil texnologik jarayonlarda va qurilmalarda elektr energiya sarfini kamaytiruvchi usullarini; texnologik jarayonlarni energetik samaradorligini baholash; korxona va qurilmalarni energetik balanslarini tuzish va energetik tavsifnomalarini tuzish; energiya tejamkorlik bo‘yicha turli chora tadbirlarni yaratish va ularni iqtisodiy baholash |
| 24 | Elektr yoritish va elektrotexnologiya | Elektr energiyasining boshqa tur energiyalarga aylantirilishining qonuniyatlari; optik nurlarni hosil bo‘lishi va materiallar tomonidan yutilishi fizik jarayonlari; elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylanishi va issiqlik uzatish va berish qonuniyatlari; elektr energiyasining bevosita texnologik ta’sirining fizik asoslari |
| 25 | Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va foydalanish texnologiyalari | Qayta tiklanuvchan energiya manbalarini va ularning turlarini qishloq va suv xo‘jaligini ishlab chiqarishida qo‘llash, gelioisitgichlar, suv va havo isitgichlari, kichik gidroelektrstansiyalarning konstruktiv elementlari, shamol elektr qurilmalari, biogaz qurilmalari, ikkilamchi energiya resurslarining turlari, ishlash prinsiplari va asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan |
| 26 | Elektr texnika materiallari. Elektr uskunalar montaji | Elektr qurilmalarda va ximoya vositalarida ishlatiladigan materiallar bilan tanishish va ularni tanlash o‘rgatiladi. Elektr qurilmalar va uskunalarni o‘rnatish uchun montaj va sozlash ishlari o‘rgatiladi. Unda o‘tkazgich va utkazgich kesim yuzalarini tanlashni xisob ishlari olib boriladi. |
| 27 | Mutaxassislikka kirish | “Mutaxassislika kirish” fani talabalarni bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, texnik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=635
Kafedra mudiri: Matchonov Oybek Qoʻchqorovich
Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00