"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi

Kafedra 1934 yilda tashkil etilgan va dastlab “Avtomatlashtirilgan elektr yuritma” nomi bilan atalgan. Uning birinchi rahbari G.E.Baev bo‘lgan (1934-1958 yillar). 1962 yilda kafedra ikkiga bo‘linib, “Elektr yuritma va avtomatika” hamda “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” kafedralari tashkil etildi. Keyinchalik kafedra rahbarlari sifatida I.A.Reynike, A.Shishkin, A.Mamajanov, S.Majidov va professor Madiyar Faxritdinovich Zaripov faoliyat yuritgan.

Professor Zaripov rahbarligida informatsion-o‘lchash texnikasi va avtomatika sohasida katta ilmiy maktab yaratildi. Bu davrda ko‘plab fan doktorlari va nomzodlari tayyorlandi, ular dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda.

1993-2004 yillarda kafedraga professor S.F.Amirov rahbarlik qildi. 2004 yilda “Suv xo‘jaligi elektrotexnikasi va uni avtomatlashtirish” kafedrasi tashkil etildi va turli yillarda dotsentlar R.Gazieva, A.X.Voxidov va R.J.Baratov rahbar bo‘ldi.

2010 yilda kafedra “Elektrotexnika va elektr yuritma” nomi bilan qayta tashkil etildi. Keyinchalik, 2017 yilda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi deb ataldi. Hozirda kafedra dotsent R.J.Baratov boshchiligida faoliyat yuritmoqda.

Ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar:

  • 5313200 “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” (Elektr va elektron texnikalar)
  • 60711500 “Mexatronika va robototexnika”
  • 70810502 “Intelektual o‘lchash tizimlari va asboblari”
  • 05.06.01 -Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari


Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:

2023 yilda kafedra tomonidan davlat byudjeti asosida 114 mln. so‘mlik ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, PZ-202011293 grant doirasida “Nasos stansiyalarining ish rejimlari samaradorligini oshiruvchi energiya tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusida ish olib borildi. Bu grantning umumiy byudjeti 1.8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, quyidagi xo‘jalik shartnomalari amalga oshirildi:

· Boshqa tashkilotlar bilan umumiy qiymati 114 mln. so‘mlik shartnomalar. Mas‘ul bajaruvchilar dots. R.J.Baratov, A.M.Plaxtiev va YA.E.CHo‘lliev.

· Respublikadagi xizmat safarlari davomida “Nasos stansiyalarida kavitatsiyani o‘lchash va nazorat qilish orqali elektr energiyasini tejovchi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” bo‘yicha ilmiy loyihalar amalga oshirildi.

· Professor A.M.Plaxtiev tomonidan “Разработка и исследование эффективных бесшовных трансформаторов больших токов с расширенными функциональными возможностями” mavzusida bir yillik ilmiy ish olib borildi.


 Qarshi shaxri Do‘stlik nasos stansiyasiga hizmat safari yuzasidan borildi.

Buxoro viloyati Qorako‘l nasos stansiyasiga hizmat safari uyishtirildi.


Kafedra o‘z o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarini ko‘plab mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik asosida olib boradi. Mahalliy tashkilotlar qatoriga O‘zR Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat transport universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va boshqalar kiradi. Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida O‘zR Fanlar akademiyasi institutlari va turdosh oliy ta’lim muassasalaridan olimlar o‘rindoshlik asosida dars berishga jalb etilgan.

Kafedra xorijiy universitetlar bilan ham samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Hozirda quyidagi universitetlar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda:

·  AQSh: Nyu-Meksiko shtat universiteti, Kaliforniya shtat universiteti, Chikago universiteti, Texas qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universiteti

·  Buyuk Britaniya: Oksford universiteti

·  Ispaniya: Madrid politexnika universiteti

·  Italiya: Turin politexnika universiteti

·  Rossiya: Moskva Energetika instituti, K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti

Mazkur hamkorliklar doirasida o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Kafedra xalqaro va mahalliy hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda.


Xalqaro maqolalar.

1. Ya’qubjon Chulliyev, Farrukh Kucharov, Karabaev Ibragim Analysis of the efficiency of the use of electricity at the pumping station (Ramadan) https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/3152/1/030006/3298551/Analysis-of-the-efficiency-of-the-use-of?redirectedFrom=PDF

2.Almardon MustafoqulovRustam BaratovZafar RadjapovSardor Kadirov and Bogibek Urinov Angular displacement measurement and control sensors of agricultural robot-manipulators https://www.bio-conferences.org/articles/bioconf/abs/2024/24/bioconf_aegisd-iv2024_03003/bioconf_aegisd-iv2024_03003.html

3.A DjalilovO NazarovE SobirovI GayipovD Abdunabiev and S Urolov Research of ultrasonic sensors for measuring water flow in hydromelioration objects IOP Publishing doi:10.1088/1755-1315/1390/1/012023 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/1390/1/012023

4. Y.T. Adilov Influence of operation of an adjustable electric drive of a centrifugal pump on the level of pollution by electromagnetic interference AIP Conf. Proc. 3152, 050020 (2024) https://doi.org/10.1063/5.0218851

5.  Rustam Baratov, Murodjon Begmatov, Almardon Mustafoqulov*, Farrukh Kucharov and Erkin Sabirov Study on the methods of measuring power of the rotating mechanisms https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343401014  

6.Rustam Baratov and Himola Valixanova Smart system for early detection of agricultural plant diseases in the vegetation period  https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2023/23/e3sconf_gisca2023_01007/e3sconf_gisca2023_01007.html  

7. Rustam Baratov and Almardon Mustafoqulov Smart angular displacement sensor for agricultural field robot manipulators  https://www.e3sconferences. org/articles/e3sconf/abs/2023/23/e3sconf_gisca2023_03008/e3sconf_gisca2023_03008.html        

8. Aktam Denmukhammadiev , Abror Pardaev , and Erkin Sobirov A priori data on pre-sowing treatment and primary experiments on electric heating of onion seeds https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/71/e3sconf_icecae2023_01018.pdf

9. Aktam Denmukhammadiev* , Abror Pardaev, Farrukh Kucharov, and Lobar Nasimova Electronic-physical model that determines thermal conductivity of walls made of various materials https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/pdf/2023/38/e3sconf_conmechydro23_04038.pdf

10. A. M. Plakhtiev, G. A. Gaziev, Y. A. Meliboev, O. Doniyorov, J. K. Ibragimov Nonlinearity of static characteristics of contactless wide-band high-current converters of electric power control and management systems https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/2612/1/050043/2880321/Nonlinearity-of-static-characteristics-of?redirectedFrom=fulltext

11.  A. M. Plakhtiev, G. A. Gaziev, Y. A. Meliboev, O. Doniyorov, J. K. Ibragimov Contactless Wide-Band High-Current Ferromagnetic Converters for Monitoring and Control Systems in the Electric Power Industry https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85151345223&origin=resultslist&sort=plf-f

12. A. M. Plakhtiev, G. A. GazievO. Doniyorov, X. Murodov High-current contactless ferromagnetic converters for multi-profile monitoring and control systems https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85169674000&origin=resultslist&sort=plf-f 

13.A Djalilov, E Sobirov, O Nazarov, S Urolov and I Gayipov Study on automatic water level detection process using ultrasonic sensor https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/1142/1/012020

14 . I. Kh. Siddikov, A. B. Abubakirov, A. U. Djalilov, T. U. Kurbaniyazov, A. A. Abdumalikov Statistical descriptions of multiphase current sensers of reactive power control systems in renewable power supply power systems https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/2789/1/060002/2900110/Statistical-descriptions-of-multiphase-current?redirectedFrom=fulltext

15. Anvar Djalilov, Erkin Sobirov1, Umida Tasheva2, Irina Allenova2 and Jasur Abdunabiyev Determining the economic efficiency of the intelligent system in an irrigation network https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2023/80/e3sconf_etesd2023_01005/e3sconf_etesd2023_01005.html   


Xalqaro hamkorlarimiz.

  • Nyu Meksiko shtat universiteti (AQSH).
  • Kaliforniya shtat universiteti (AQSH).
  • Chikago universiteti (AQSH).
  • Texas qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universiteti (AQSH).
  • Oksford universiteti (Buyuk Britaniya).
  • Madrid politexnika universiteti (Ispaninya).
  • Turin politexnika universiteti (Italiya).
  • Moskva Energetika instituti (Rossiya).
  • K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti (Rossiya).
  • Shimoliy Dakota Shtat universiteti (AQSH).


Mahalliy hamkorlarimiz.

  • O‘zStandart agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti
  • Toshkent qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab chiqarish korxonasi.
  • “MMM Energy MCHJ korxonasi.
  • Yashnaobod “Texnopark”.
  • “O’zbek Ekspertiza” AJ.
  • “TOSHELEKTROAPPARAT” MCHJ XK.

Kafedra xodimlari

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Baratov Rustam Jalilovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidromelioratsiya boshqaruv obyektlarining nazorat-o’lchash tizimlarini intelektuallashtirish.

 r.baratov@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Adilov Yalkin To’ychiyevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Elektr yutimani adaptiv boshqarish

Dars beradigan fanlar: Elektr mashinalar va elektr yuritma, Elektrotexnika va elektronika asoslari

 Ya.adilov@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Texnika fanlari doktori, professor
Plaxtiyev Anatoliy Mixaylovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Эффективные измерительные безразрывные преобразователи для систем контроля и управления в электроэнергетике

Dars beradigan fanlar: Asbobsozlikda elektrotexnik materiallar, Elektrotexnikaning nazariy asoslari

  a.plahtiev@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Texnika fanlari doktori, professor
Denmuxammadiyev Aktam Mavlonovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: «Режим работы электроувлажнителя семян подключенного к источнику электрической энергии комбинираванного типа»

Dars beradigan fanlar: Noelektrik kattaliklarni elektr o’lchashlar, Injenerlik eksperimentlari va eksperimental statistika, Injenerlik etikasi

 a.denmuhammadiev@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedra dotsenti
Gapparov Akbar Umirovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar

Dars beradigan fanlar: Obyektga yo’naltirilgan programmalash tillari, Algoritmlar va programmalash, Sanoat robotlari

a.gapparov@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedra Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, dotsent
Choʻlliyev Yaʼkub Ergashovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar

Dars beradigan fanlar: Algoritmlar va programmalash, Elektrotexnika va elektronika asoslari, Mexatron sistemalarni loyihalash

 Ya.chulliev@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedra Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, dotsent
Djalilov Anvar Urolovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Gidromeliorativ obyektlarda suv sarfini o’lchash va nazorat qilishning intellectual tizimi

Dars beradigan fanlar: Intellektual o’lchash tizimlari, Elektrotexnikaning nazariy asoslari, Elektr o’lchashlar va instrumentlar

 a.djalilov@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Maxmudov Farxod Panjiyevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Mikroelektronika va radiotexnika

Dars beradigan fanlar: Mikroelektronika asoslari, Programmali mantiqiy kontrollerlar

f_maxmudov@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Begmatov Murodjon Turgʻun oʻgʻli

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Aylanuvchi mexanizmlar quvvatini o’lchash va nazorat qilish intelektual datchigi

Dars beradigan fanlar: Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar, Elektrotexnikaning nazariy asoslari

  m.begmatov@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Pardayev Abror Ismatullayevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sabzavot o'simliklari urug'lariga ishlov beruvchi elektr qurilmaning texnik talablarini asoslash

Dars beradigan fanlar: Elektrotexnika va elektronika asoslari, Elektrotexnikaning nazariy asoslari, Zanjirlar nazariyasi asoslari

 a.pardaev@tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Sabirov Erkin Ergashovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Segmentli gidrotexnik zatvorlar uchun avtoparametrik rezonansli burchak tezlanish datchikini ishlab chiqish

Dars beradigan fanlar: Elektrotexnika va elektronika asoslari, Elektr mashinalar va elektr yuritma, Yo’nalishga kirish

e_sabirov @tiiame.uz

  +99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Inag’omova Himolaxon Sunnatilla qizi

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo'jaligi o'simliklarining fiziologik holatini kuzatish uchun intelektual datchigi

Dars beradigan fanlar: Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar, Mikroelektromexanik sistemalarni loyihalash, Robotlarning sezish sistemalari

h_Inagomova@tiiame.uz

+99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Ko’charov Farrux Jabbor o’g’li

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar va texnologiyalar

Dars beradigan fanlar: Elektrotexnikaning nazariy asoslari, Elektr o’lchashlar

f_kocharov@tiiame.uz

+99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi Assistent
Mustafoqulov Alimardon Mamatovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar va texnologiyalar

Dars beradigan fanlar: Elektr mashinalar va elektr yuritma, Elektrotexnika va elektronika asoslari, Signallar va sistemalar

a_mustafoqulov@tiiame.uz

+99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedra doktoranti
Nazarov Oybek Abdulhamidovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar va texnologiyalar

o_nazarov@tiiame.uz

+99871-237-19-65

"Elektrotexnika va mexatronika" kafedra doktoranti
Murodov Hayot Ilxom o’gli

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Intellektual datchiklar va texnologiyalar

h_murodov@tiiame.uz

+99871-237-19-65

Fakultet

“Energetika” fakulteti
Universitet tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 1961 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini yangi...

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Metrologiya va elektr o‘lchashlar

Metrologiya va elektr o‘lchashlarga doir me’yoriy va huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, o‘lchashning nazariy asosi bo‘lgan metrologiya fanini o‘rganish, o‘lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o‘rganishdan iborat.

Fanning vazifasi - mamlakatimizda va xalqaro miqyosda elektr o‘lchash va metrologiya sohalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, raqamli texnika va ilg‘or texnologiyalarni sohaga tatbiq etishdir.

2 Elektr mashinalari va elektr yuritma

Fanning maqsadi- Elektr mashina va elektr yuritma fanidan nazariy va amaliy jihatdan puxta tayyorlab, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr mashina va elektr yuritmalarning ishlash prinsipi va ularni to‘g‘ri tanlashni malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rgatishdan iboratdir.

Fanning vazifasi – elektr mashina va elektr yuritmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni yig‘ish va ulashni, xarakteristikalarini, ishga tushirish va tormozlab to‘xtatish prinsiplarini, boshqarish sxemalarini tuzishni, ularning quvvatini to‘g‘ri tanlashni hisoblashni hamda ulardan samarali foydalanishni o‘rganishdir.

3 Elektrotexnika va elektronika asoslari

Fanning maqsadi- Elektrotexnika, Elektronika va Avtomatika sohasida fan va texnika yutuqlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tadbiq qila oluvchi injener-bakalavr sifatida shakllanishiga ko‘maklashishdir.

Fanning vazifasi - elektrotexnika, elektronikaning asosiy qonunlari, elektr va elektron zanjirlarni tahlil qilish va hisoblash usullarini, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va uning texnik servisi sohasida ishlatiladigan elektrotexnik qurilmalarning konstruksiyasi va ish rejimlarini, elektrotexnik apparat va mashinalarni tanlab olish, manbaga ulash, ularni boshqarish va xavfsiz samarali ishini ta’minlashda amaliy tajribaga ega bo‘lishdir va o‘rganishdir.

4 Elektrotexnikaning nazariy asoslari

Fanning maqsadi- elektrotexnik uskuna va jihozlarning elektr va magnit zanjirlarini malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rganishdan iboratdir.

Fanning vazifasi - elektrotexnikaning nazariy asoslari qonunlari, o‘zgarmas tok, o‘zgaruvchan tok, chiziqli va nochiziq zanjirlar hamda elektromagnit maydonni hisoblash, elektr zanjirlarini tahlil va sintez qilishni o‘rganish, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotda keng ishlatiladigan elektrotexnik, elektron qurilmalarning va turli elektr o‘zgartgichlarning ekvivalent elektr zanjirlarini hisoblashni o‘rganishdir

5 Algoritmlar va programmalash

Fanning maqsadi –talabalarga mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar uchun ishlab chiqilgan programma vositalarini o‘qiy olish, ushbu programma vositalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, rostlash, ishlab chiqish, kompilyatsiya qilish va ularni xotiraga yuklash jarayonlarini o‘rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi – mamlakatimizda va xalqaro miqyosda mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar programma vositalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikalar va ilg‘or informatsion texnologiyalarni suv xo‘jaligi va irrigatsiya sohasiga tadbiq etishdir.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://earw.tiiame.uz/oz/page/em-tarixi

Kafedra mudiri: Baratov Rustam Jalilovich

Qabul kunlari: None

Tel: +99871-237-19-65

E-mail: r.baratov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: