"Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedrasi

Mutaxassislar tayyorlash: Talabalarga avtomatlashtirish, boshqarish, axborot texnologiyalari sohasida chuqur nazariy bilimlarni berish va avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalash, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish.

Ilmiy tadqiqotlar: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, boshqaruvning yangi usullari va algoritmlarini ishlab chiqish, innovatsion avtomatlashtirish tizimlarini yaratish.

Qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek  sanoatning turli tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlik: Avtomatlashtirishning dolzarb muammolarini hal qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun turli sohalardagi korxonalar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish.


Kafedraning vazifasi:

*Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy usullari va vositalarini o'rganish.

*Intellektual boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish.

*Moslashuvchan va o'zini o'zi sozlaydigan avtomatlashtirish tizimlarini yaratish.

*Avtomatlashtirilgan tizimlarning ishonchliligi va xavfsizligi muammolarini o'rganish.

*Talabalarni avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalash va modellashtirish uchun zamonaviy apparat -dasturiy vositalardan foydalanishga o‘rgatish.


Ixtisosligi

05.01.08 -Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish


«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish» kafedrasi 1971 yil iyun oyidan «Avtomatika va telemexanika» nomi bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, «Shuhrat» medali sovrindori, texnika fanlari doktori, professor Petr Vyacheslavlovich Baydyuk rahbarligida tashkil etilgan. P.V. Baydyuk o‘zining ish faoliyatini O‘zbekiston fan va texnikasining rivojlanishiga bag‘ishladi va 1994 yilgacha uchta mutaxassislik yÿnalishiga asos solgan, shu jumladan «Gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirish». 1994 – 2003 yillargacha kafedra «Qishloq va suv xÿjaligini avtomatlashtirish» nomi bilan o’zgartirilib, unga t.f.n., dots. Sh. Joniqulov, dos A.M. Usmanov rahbarlik qilgan. Bu davrda kafedraning o’quv –metodik bazasi takomillashtirildi.2003 yilda kafedra bazasida P.V. Baydyukning shogirdlari t.f.n., dotsent R.T.Gazieva, katta o’qituvchi D.K.O‘rmanov va dots. A.X. Voxidovlarning harakatlari bilan 5521800-«Avtomatlashtirish va boshqaruv» (suv xojaligida) bakalavriat yo’nalishi va shu mutaxassislik bo’yicha magistratura yo’nalishi ochildi. 2004 – 2009 yillar davomida kafedraga dots. A.X.Voxidov, dots. A.M.Usmanov  va dots.R.T. Gazievalar rahbarlik qilgan. 2010 yil 27 avgustdan boshlab kafedra qayta tashkil etilib, dots. A.M. Usmonov rahbarligida yangi «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish» nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirdi. 2011- yildan boshlab kafedrada yangi nom bilan 5311000–«Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» bakalavr yo’nalishi, 5A531001 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish» magistratura mutaxassisligi ochildi. 2013- yildan boshlab kafedraga professor R.T.Gazieva rahbarlik qilib kelmoqda. 2016- yildan boshlab kafedraga «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» nomi berildi.  2020 – yildan boshlab kafedra qoshida 5330200 -Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo’nalishi ochildi va faoliyatini boshladi. 2022-yildan 60610200-"Axborot tizimlari va texnologiyalari"  hamda 60711400-"Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" bakalavriat yo'nalishi nomiga almashtirildi. 2023- yilda kafedra nomi yana «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish» deb nomlandi.


Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:

 

1.Gidrometrik ishlov berish jarayonida yuqori chastotali usul asosida don namligini nazorat qilish asboblari.

2.Nematoda kasalliklariga qarshi elektr impulsli ishlov berish qurilmasini tatbiq etish.

3.Suvni tejovchi texnologiyalar uchun sun’iy intellekt tizimlari,

4.Paxtaga birlamchi ishlov berish jarayonida paxta chigitini tukliligini ekspress aniqlash usulini ishlab chiqish.

5.Sug'orish uchun suvni tayyorlash uchun avtomatlashtirilgan dozalash va aralashtirish texnologiyasini tadqiq qilish va ishlab chiqish.

6.Klapanlar uchun avtomatik nazorat qilish bloki.

7.Nasos stansiyalarda drenaj tizimida xoll datchik effekti yordamida suv sathini nazorat qilish.

8.Defuse-it “Intellektual tizim orqali yuqori sho‘rlangan suvlarni tozalash uskunasi”.

9.Don ekish seyalkalari  bunkeridagi don sathini avtomatik nazorat qilish.

10.Ekinlarni hashoratlardan avtomatik himoya qilish qurilmasi’’.

11.Intellektual boshqarish tizimi yordamida suv tosqichlarini boshqarish.

12.Uzum va meva bog’larini avtomatik himoya qilish qurilmasi.

13.IоТ-ga asoslangan aqlli sug‘orish jarayonini monitoring qilish tizimining tajriba qurilmasi.

14.Lokal hududlaridagi mini ges elektroenergiyasini samaradorligini oshirish qurilmasi.

15.Parranda fabrikasida tuxumlarni avtomatik nazorat qilish qurilmasi.

16.Nematoda kasalliklariga qarshi elektr impulsli ishlov berish qurilmasi.

17.Ijrochi mexanizmini avtomatik himoya va boshqaruv shkafi (40kvt gacha).

18.Nasos stansiyalarida qaytarish klapanni funksional vazifasini ta’minlab beruvchi avtomatik qayta ulash boshqaruv bloki.

19.Cho‘kma nasoslarni vaqt rejimini masofadan boshqarish qurilmasi.

20.Nasos agregatlarini bir tugma orqali boshqarish qurilmasi. 


Xalqaro maqolalar

 

1. Abdulla Arifjanov and Mokhira Pulotova, Development of a predictive model of the formalin production process under the influence of deviation, International Scientific and Practical Conference on Actual Problems of Mathematical Modeling and Information Technology, 030026.

2. Mokhira Pulotova and Gulsara Muzaffarova, Algorithm for creating a conceptual model of forecasting and optimization of the formalin production process, International Scientific and Practical Conference on Actual Problems of Mathematical Modeling and Information Technology, 030027.

3. Karima Tulenova, Shakhnoza Ubaydullayeva, Rano Gaziyeva, Umid Mamayusupov, Marvarid Mamadjonova and Ezozkhon Turdikulova, The Introduction of Information Technologies into Educational and Laboratory Complexes Is an Important Step Towards the Digitalization of Uzbekistan, 2024 4th International Conference on Technology Enhanced Learning in Higher Education (TELE), Lipetsk State Technical University Lipetsk, Russia June, 20-21 2024

4. Shakhnoza Ubaydullayeva, Zarina Gulyamova, Gavhar Tadjiyeva, Nilufar Kadirova and Ugiloy Kusanova, The Use of Virtual Interactive Stands in the Educational Process in Higher Education, 2024 4th International Conference on Technology Enhanced Learning in Higher Education (TELE), Lipetsk State Technical University Lipetsk, Russia June, 20-21 2024

5. Ezozbek Ozodov, Nilufar Ozodova, Nodira Alimova, Ulugbek Mukhamedkhanov, Barno Yeshmatova, Assessment of the Condition of Water Resources Through Intelligent Data Analysis. AIP Conf. Proc. 3244, 030055 (2024), https://doi.org/10.1063/5.0241932.

6. A M Usmanov and D B Yadgarova, Automation of water metering based on differential flow sensors for on-farm irrigation channels, 8006-ETESD-2024.

7. Oysara Shukurova, Odil Pirimov, Saodat Alikulova, Husniddin Juraev, Problems of Control of Compressor Devices in GTL Technologies and Construction of a Model of the Injection Process, AIP Conf. Proc. 3244, 060008 (2024), https://doi.org/10.1063/5.0241551.

8. Abdugani Rakhmatov, Odil Primov, Maxammadjon Mamadaliyev, Shoyatbek To‘rayev, Utkir Xudoynazarov, Shoxboz Xaydarov, Elshod Ulugmurodov, Ilhom Razzoqov, Advancements in renewable energy sources (solar and geothermal): A brief review, E3S Web of Conferences 497, 01009 (2024), https://doi.org/10.1051/e3sconf/202449701009.

9. Russell E. McMahon, Otabek M. Ismailov, Charos Z. Okhunboboyeva, "THE PLACE AND ROLE OF CREATIVE EDUCATION IN THE CONTEXT OF DIGITAL EDUCATION", KREATIV TA’LIM: INNOVATSIYA  VA SAMARADORLIK, Tashkent 2024, 04.06.2024.

10. E. Bozorov., Аbdullayev Mirshod Shuxratovich, KASALLANGAN O‟SIMLIKLARGA ELEKTR YORDAMIDA ISHLOV BERISH ISTIQBOLLARI, "International scientific conference on the topic "EFFECTIVENESS OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN AGRICULTURE AND WATER MANAGEMENT" 2024 year The 23-24 rd of February Bukhara.

11. E. Bozorov, Аbdullayev Mirshod Shuxratovich, O'SIMLIK KASALLIKLARIGA QARSHI ZAMONAVIY KURASH USULLARI, "International scientific conference on the topic "EFFECTIVENESS OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN AGRICULTURE AND WATER MANAGEMENT" 2024 year The 23-24 rd of February Bukhara.

12. P.I. Kalandarov Abdullayeva D., Моделирование и алгоритм управления параметрами методом гидропонного вырашивания в тепличном хозяйстве, АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ, ТЕХНИКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, «Магнитогорский государственный технический университет им. Г.И. Носова» апрел, 2024 год, 140 стр.

13. Eshpulatov Nodir Mamatqurbonovich, Nig‘matov Azizjon Maxkamovich, СПЕКТРАЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ДЛИНЫ ВОЛНЫСВЕТА ДЛЯ БОРЬБЫ С НАСЕКОМЫМИ, INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS, Узбекистан, VOLUME 3, ISSUE 2, 2024.

14. Eshpulatov Nodir Mamatqurbonovich, Nigmatov Azizjon Maxkamovich, АНАЛИЗ ПОЛЁТА НАСЕКОМЫХ БЛИЗ ЯРКОГО ИСКУССТВЕННОГО ИСТОЧНИКА СВЕТА, INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND THEIR SOLUTIONS, Узбекистан, VOLUME 3, ISSUE 2, 2024.

15. Sh.R. Ubaydullayev, R.T.GaziyevaИспользование виртуальных интерактивных учебных стендов в образовательном процессе в высшей школе, XXVIII Международная научно-практическая конференция «Инновация-2024». Сборник статей, 26-27 октября 2024 года, г.Ташкент.

16. Oxunboboyeva Ch., Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislarini bilimin rivojlantirishda instrumental usullarni qo‘llash, Kreativ ta'lim: innovatsiya va samaradorlik, 04.06.2024. Toshkent sh.


Xalqaro hamkorlarimiz:

 

1. Varna texnika universiteti (Bolgariya).

2. Kafedrada Uzbekiston Fanlar Akademiyasi Energetika va avtomatika ITI ning «Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari» laboratoriya, Uzbekiston-Rossiya OAJ «Uzelektroapparat- Elektroщit» Qo‘shma korxonasi, «Promsitroyenergoproekt» korxonasi, , TATU huzuridagi “ Axborot –kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy –innovatsion markaz”ining «Intellektual boshqarish tizimlari» (IBT) laboratoriyasi, “Amaliy axborot tizimlari” laboratoriyasi bilan ilmiy-texnika xamkorlik shartnomalari tuzilgan. Hamkorlik doiralari – ishlab chiqarish amaliyotlari, bakalavr va magistrlar bilan o‘kuv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik, uquv uslubiy va laboratoriya bazalarini takomillashtirish.

3. Germaniya. Kafedra zamonaviy tajriba uskunalari ishlab chiqaruvchi Festo Didaktik kompaniyasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. «Elektronika va mikroprotsessor texnikasi», «Avtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika», «Texnologik jarayonlarni kompyuterli boshqaruvi», «Avtomatik boshqaruv tizimlari» fanlari uchun uskunalarni olish maqsadida mahsus topshiriq (spesifikatsiya) ishlab chiqilgan va Festo Didaktik dan «Takliflar» («Predlojeniya» Proforma Invois) olingan.

4. Belarus. Zamonaviy tajriba uskunalarini ishlab chiquvchi «NTP SENTR» tashkiloti bilan aloqa o‘rnatilgan va hamkorlik ishlari olib borilyapti. Belarus loyihasi «Elektronika va mikroprotsessor texnikasi», «Avtomatikaning texnik vositalari va raqamli avtomatika», «Texnologik jarayonlarni kompyuterli boshqaruvi», «Avtomatik boshqaruv tizimlari» fanlari bo‘yicha laboratoriya stendlarini tanlashda yaxshi alternativ bo‘lishi mumkin.

5. Novocherkassk. Kafedra o‘quv, ilmiy-uslubiy yo‘nalishda Janubiy Rossiya Davlat politexnika universiteti ( YuRGPU(NPI) ) bilan xamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

6. Ukraina 2019-yil mart oyida Respublikasining Qishloq xo’jaligiva oziq-ovqat ta’minoti universiteti bilan hamkorlik yo’lga qo’yilda.


Mahalliy hamkorlarimiz:

1.  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.

2. Toshkent davlat agrar universiteti.

3.  Iqtisodiyot va pedagogika universiteti.

4.  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institute.



   

Kafedra xodimlari

"Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" kafedra mudiri, Dotsent, t.f.d
Pirimov Odil Jo'rayevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish.

o.pirimov@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

"Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish" Professor, t.f.n
Gaziyeva Rano Teshabayevna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish.

Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish; Avtomatlashtirishning texnik vositalari va raqamli avtomatika.

  r.gazieva@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish Professori, t.f.n,
Usmanov Aziz Magdaliyevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish.

Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish; Avtomatlashtirishning texnik vositalari va raqamli avtomatik.

 a.usmanov@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish T.f.n dotsent
Ubaydullayev Shaxnoza Rahimdjanovna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tizim tahlili va avtomatik boshqarish

Dars beradigan fanlar: Axborot-kommunikatsion tizimlarida apparat dasturiy vositalar; Axborot-kommunikatsion tizimlari va tarmoqlari.

 sh.ubaydullayeva@tiiame.uz

  +99871-237-00-00

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish PhD dotsent
Bozorov Elmurod Ostanovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Nematodaga elektr impuls ishlov berish.

Dars beradigan fanlar: Avtomatik tizimlarni loyihalash; Avtomatik tizimlarning montaji, sozlash va ekspluatatsiyasi.

 e.bozorov@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish Assistent
Abdullayeva Dilbaroy Amanbayevna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Yashil ozuqalar yetishtirish jarayonlarini boshqarishva avtomatlashitrish.

Dars beradigan fanlar: Gidromeliorativ tizimlarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish; Avtomatlashtirishning texnik vositalari va raqamli avtomatika.

 d.abdullaeva@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish PhD, dotsent
Yadgarova Dilnoza Baxtiyarovna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Boshqaruv nazariyasi, avtomatik boshqaruv tizimlari.

Dars beradigan fanlar: Avtomatik boshqarish nazariyasi; Boshqaruv ob’yektlarini indentifikatsiyalash.

 d.yadgarova@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish Katta oʻqituvchi
Nigmatov Azizjon Maxkamovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini hasharotlardan himoya qilishda elektrotexnologik usullardan foydalanish.

Dars beradigan fanlar: Avtomatik tizimlarni loyihalash; Avtomatik tizimlarning montaji,sozlash va ekspluatatsiyasi.

 a.nigmatov@tiiame.uz

  +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish Assistent
Abdugʻaniyev Aziz Abduvoxid oʻgʻli

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug'orish jarayonini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi

Dars beradigan fanlar: Elektronika va mikrapratsessor texnikasi; Master Scada dasturiy paketlari.

 a.abduganiev@tiiame.uz

 +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish PhD, katta o'qituvchisi
Oxunboboyeva Charos Zuxriddin qizi

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ob’yektlarni ko‘p mezonli optimallashtirish masalalarida qarorlarni qo‘llab-quvvatlashning intellektual algoritmlari.

Dars beradigan fanlar: Muxandislik etikasi; Boshqaruv tizimlarini kompyuterli modellashtirish; Avtomatik boshqarish nazariyasi.

 ch.ohunboboeva@tiiame.uz

 +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish PhD, doktorant DSc
Ozodov E’zozbek Oybek o‘g’li

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Suv xo'jaligidagi texnologik avtomatlashtirish, ma’lumotlarni avtomatlashtirish (Data automation)

Dars beradigan fanlar: Amaliy dasturlash; Robotlashtirish jarayonlari.

 e.ozodov@tiiame.uz

 +99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish рrofessori, t.f.d,
Ismailov Mirhalil Agzamovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish.

Dars beradigan fanlar: Avtomatik boshqarish nazariyasi; Boshqaruv ob’yektlarini indentifikatsiyalash.

m.ismailov@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish рrofessori, t.f.n,
Arifjanov Abdulla Shamxatovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Hududiy tarqoq ob’ektlar va jarayonlarni monitoring qilish va boshqarish tizimlarini yaratishni ilmiy va uslubiy asoslarini takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Axborot tizimlari va texnologiyalarini loyihalash; Suv taqsimlash jarayoni va monitoringi.

a.arifjanov@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish т.f.n dotsent
Kabildjanov Aleksandr Sabitovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnologik jarayonlarni intellektual boshqarish.

Dars beradigan fanlar: Boshqaruv tizimlarini kompyuterli modellashtirish; Amaliy dasturlash.

a_kabildjanov@tiiame.uz

99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish аssistent
Erzakova Ro’za Kidirbayevna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish.

Dars beradigan fanlar: Avtomatik boshqarish nazariyasi; Boshqaruv tizimlarini kompyuterli modellashtirish.

r.erzakova@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish stajor o’qituvchi
Akbaraliyev Akram Akbarali o‘g‘li

Dars beradigan fanlar: Robotlashtirish jarayonlari; Master Scada dasturiy paketlari.

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sanoat tizimlarida uskunaning nosozliklarini intelektual monitoring va bashorat qilish algoritmlari.

a.akbaraliyev@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish кafedra doktaranti
Mutulov Alisher Abduxalil o‘g‘li

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: “Don va Don mahsulotlarini saqlash jarayonlarini adaptiv boshqarish tizimi”

a_mutulov@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish кafedra doktaranti
Isaqova Matluba Abduhalimovna

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O'simlik yog'larini ekstraksiyalash jarayonini takomillashgan boshqarish tizimini ishlab chiqish.

m_isaqova@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish кafedra doktaranti
Yaxyoyev Feruzjon Aloevich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Polietilen chiqindilarni qayta ishlash texnologik jarayonlarini boshqarish tizimi.

f_yaxyoyev@tiiame.uz

+99871-237-19-98

Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi tayanch doktoranti
Misliboyev Dilshod Abdumalikovich

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Oqava suvlarni tozalash inshootlarda tindirgich tizimida faol loyqa konsentratsiyasini avtomatik boshqaruv tizimini ishlab chiqish

d_misliboyev@tiiame.uz

+998944409804

Fakultet

“Energetika” fakulteti
Universitet tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 1961 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini yangi...

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Eksperiment natijalariga ishlov berish va shakllantirish(Magistratura)

Tadqiqotlarni o‘tkazish hamda axborot yig‘ish, eksperiment natijalariga ishlov berish usullarini o‘rganish, boshkarish ob’ektlari tadqiqotida passiv tajriba o‘tkazish va aktiv tajribani optimal rejalashtirish usullari, dastlabki tajriba jarayonida tajriba ma’lumotlarini statistik va grafik qayta ishlash usullaridan foydalana olishi, tajriba natijalarini shakllantirish masalalarini o‘rganuvchi fan.

2 Raqamli jihozlari va mikroprotsessorlar(Magistratura)

Raqamli jihozlari va mikro protsessorlar fani fizik parametrlar datchiklari, funksional va mantikiy elementlari, kuchaytirgichlar, komanda beruvchi, solishtiruvchi va maxsus qurilmalari, diskret elementlar va uskunalar, ijrochi mexanizmlar, avtomatik rostlagichlar, operativ boshqarish va nazorat vositalari, raqamli texnika asoslari mantiq algebrasi , impuls texnikasi. modulyatorlar va demodulyatorlar, analog – raqamli o‘zgartirgichlar , raqam analogli o‘zgartgichlar, interfeys, boshqaruv tizimlarida mikroprotsessor vositalarini qo‘llash masalalarini o‘rganuvchi fan.

3 Intellektual tizimlar(Magistratura)

Bilimlar bazasini modelini tasvirlanishi, ekspert tizimlarni boshqarish mexanizmi, bilimlarni olish usullari va ekspert tizimlar yaratishni instrumental vositalari , algoritmik yoki mantiqiy dasturlash tillarida sun’iy intellekt soxasidagi aniq masalalarni yechish, yechilayotgan masalani moxiyatiga asosan kerakli instrumental vositalarni tanlab. dastur yaratish uchun sxematik, konstruktiv va dasturiy masalalarni, avtomatlashtirish tizimlarida tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida zamonaviy texnik vositalar, jumladan intellektual tizimlarni qo‘llash hamda axborot yig‘ish masalalarini o‘rganuvchi fan.

4 Texnologik jarayonlarni kompyuterli boshqarish(Magistratura)

Apparat-dasturiy vositalar yordamida hal qilinuvchi funksional vazifalarni tarqatilishini optimallashtirish, texnik vositalar kompleksini nomenklaturasini tartibga keltirish uchun sxematik, konstruktiv va dasturiy masalalarni o‘z ichiga oladi

5 Gidromeliorativ tizimlarni texnologik jarayonlarini avtomatlashtirishning ilmiy asoslari(Magistratura)

Gidromeliorativ tizimlari , nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, ichimlik suvi nasos stansiyalari texnologiyasi, avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganlik xolati haqida tasavvur hosil qilishi; gidromeliorativ tizimlarni boshqaruvi muammolari va tizimli yondashuv, lokal va kompleks avtomatlashtirish, gidromeliorativ tizimlarini bir – biriga bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirish masalalari, suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlarining avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi tavsifi, texnologik boshqaruv ob’ektlarining dinamik xususiyatlarini baholash va gidromeliorativ tizimlarni namunaviy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari yuzasidan amaliy bilimlarga ega bo‘lishi; gidromeliorativ tizimlarda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash masalalarini o‘z ichiga oladi

6 Boshqaruv ob’ektlarini tadqiq qilish(Magistratura)

Boshqaruv ob’ektlarini asosiy tavsiflarini aniqlashning asosiy usullarini , tahlil jarayonida tajribada olingan ma’lumotlarni statistik va grafik qayta ishlash usullarini, boshqaruv ob’ektlari statikasi matematik modelini qurishda tarkibiy va parametrik identifikatsiyalash usullarini qo‘llash, boshqaruv ob’ektlari dinamikasi matematik modellarining asosiy turlari va ularni qurish, boshqaruv ob’ektlarini tadqiq qilishda masalani qo‘yilishini shakllantirish, asosiy bosqichlarni algoritmlash va dasturlash masalalarini o‘z ichiga oladi

7 Nochiziq avtomatik boshqarish tizimlari(Magistratura)

Nochiziq avtomatik boshqarish tizimlari: boshqarish tizimlarini xarakteristikalashning asosiy belgilari bo‘lib boshqarishning maqsadi; boshqariladigan jarayon yoki tizim haqidagi axborotning xususiyati; nochiziq avtomatik tizimlarni matematik ifodalashni; nochiziq unsirlarni o‘zaro ulash chiziqlantirish usullarini, nochiziq tizimlarning muvozanat xolatini aniqlashni, muvozanat qolatlarning absolyut turg‘unligini tekshirishni; avtotebranishlarni tadqiq qilishni, optimal, adaptiv , ekstremal tizimlarning turlarini o‘rganuvchi fan

8 SCADA dasturiy paketlari

SCADA paket dasturlari kursi talabalarni ma'lumotlarni yig'ish, monitoring qilish va boshqarish (SCADA) tizimlari va ulardan sanoat va texnologik jarayonlarda foydalanish bilan tanishtiradi. SCADA tizimlari elektr stantsiyalari, ishlab chiqarish liniyalari, suv ta'minoti tarmoqlari va boshqalar kabi turli tizimlarni kuzatish va boshqarishda muhim rol o'ynaydi

9 Texnologik tizimlarda amaliy dasturlash

Texnologiya tizimlarida amaliy dasturlash - bu talabalarni texnologiya tizimlari uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish kontekstida qo'llaniladigan asosiy tushunchalar va dasturlash ko'nikmalari bilan tanishtiradigan fan. Bu fan odatda dasturlashning turli jihatlarini, jumladan dasturlash tillarini, algoritmlarni, ma’lumotlar tuzilmalarini va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish tamoyillarini qamrab oladi.

Talabalar avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari, robototexnika, aqlli uy, boshqaruv va boshqaruv tizimlari va boshqalar kabi turli texnologik tizimlarda qo'llaniladigan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan asosiy tushunchalar va vositalarni o'rganadilar. Mavzu doirasida talabalar C++, Java, Python yoki boshqalar kabi dasturlash tillarini o'rganishlari va ularni turli apparat komponentlari va qurilmalari bilan boshqaradigan va o'zaro ta'sir qiluvchi dasturiy yechimlarni yaratish uchun qo'llashlari mumkin

10 Suv xo‘jaligida texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari

TJABT  tushunchasi; sug‘orish tizimlarini texnologik boshkaruv ob’ektlari; avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va kibernetik tizimlari; GM tizimlarini boshqaruvi muammolari va tizimli yondashuv; lokal va kompleks avtomatlashtirish; GM tizimlarini bir – biriga bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirish masalalari; avtomatlashtirilgan tizimlarning funksiyalari va tarkibi; boshqaruv tizimlari. ABT larning texnik vositalari; TJABTlar mikroprotsessor texnikasi; TJABT ning funksional tarkibi; TJABT ning matematik ta’minoti; TJABT ob’ektlarini formalizatsiyalash; TJABT ning boshqaruv kompleksi; blok sxemalarining tiplari; algoritmlar; dasturlar; raqamli boshqaruv; informatsiya yig‘ish tartibi; operator maslahatchisi tartibi; supervizor boshqaruvi; gidromeliorativ tizimlarning TJABTlarda kommunikatsiyasi va aloqa; kompyuter bilan bog‘lash uchun qurilmalari; ob’ekt bilan modemli aloqa; TJABTda informatsion texnologiyalar; TJABTni tashkil qilish tartibi va bosqichlari; kanalning sxematik rejasi va basseynni boshqarish uchun tashkiliy – texnikaviy avtomatlashtirilgan strukturani tarkibi; kanalning rejimlarini boshqarish algoritmi; TJABTning iqtisodiy samaradorligi

11 Avtomatik tizimlar va elektr vositalarning montaji, sozlash va ekspluatatsiyasi

Avtomatlashtirilgan ob’ektning ishlab chiqarish va texnik tavsifi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tavsifi; nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika xizmatining vazifasi va ahamiyati; avtomatlashtirilgan tizimlarni, texnik vositalarni va nazorat o‘lchash asboblarini sozlash, ekspluatatsiya qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy bilimga ega bo‘lish; nazorat asboblari va avtomatikaga texnik xizmat ko‘rsatish; avtomatlashtirilgan vosita va asboblari vedomostlar; nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika xizmati toifasini aniqlash; nisbiy ish sig‘imi koeffitsienti ko‘rsatgichi; kontrol o‘lchov asboblari va avtomatika xizmatining tarkibini aniqlash; ta’mirlash ishini o‘tkazish; asboblarni ko‘zdan kechirishni tashkillashtirish va o‘tkazish; xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni va malakasini aniqlash; texnik xizmat ko‘rsatish guruhi; texnik xizmat ko‘rsatish punktida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi; ishga tushirish, sozlash va montaj qilish ishlari; montaj ishlarining kalendarli reja – grafigi

12 Gidromeliorativ tizimlarda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish

Gidromeliorativ tizimlari, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, ichimlik suvi nasos stansiyalari texnologiyasi, avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganlik xolati haqida tasavvur hosil qilishi; gidromeliorativ tizimlarni boshqaruvi muammolari va tizimli yondashuv, lokal va kompleks avtomatlashtirish, gidromeliorativ tizimlarini bir–biriga bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirish masalalari, suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlarining avtomatlashtirish ob’ekti sifatidagi tavsifi, texnologik boshqaruv ob’ektlarining dinamik xususiyatlarini baholash va gidromeliorativ tizimlarni namunaviy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari yuzasidan amaliy bilimlarga ega bo‘lishi; gidromeliorativ tizimlarda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash masalalari

13 Loyixalashni avtomatlashtirilgan tizimlari

Loyihalash jarayonini avtomatlashtirilgan tizimlarining asosiy komponentlari. Loyihalash jarayonlarini modellashtirish. Sxemalar ishlab chiqish. Loyihalash jarayonining avtomatlashtirilgan tizimlari arxitekturasi. Ma’lumotlarning modeli. Loyihalash jarayonining avtomatlashtirilgan tizimini realizatsiya qilish metodologiyasi. LJAT ni ishlab chiqish vositalari va usullari. Mashina grafikasi. Interaktiv grafik tizimi. Samarali ma’lumotlar bazasini yaratish. Loyihalash jarayonining avtomatlashtirilgan tizimining injenerlik usullari.AutoCAD, AutoCAD (Kompas): umumiy ma’lumotlar; koordinatlar tizimi; oddiy (primitiv)lar xossalari; ekranni boshqarish; ob’ektlarni qurish; chizmalarni shakllantirish komandalari; chizmalarni tahrirlash; fazo va chizma kompanovkasi; uch o‘lchamli ob’ektlarni shakllantirish; uch o‘lchamli fazoda tahrirlash; uch o‘lchamli modellarni vizuallashtirish; ilovalar bilan ishlash.

14 Avtomatik tizimlarni loyihalash

Loyihalashning umumiy masalalari va loyihalashda asosiy me’yoriy hujjatlar. Avtomatik tizimlarni loyihalash, texnologiya va texnologik jihozlarni muofiqlashtirish, me’yoriy hujjatlar, loyihalarning tarkibi va mazmuni, texnologik jarayonlarning struktura, funksional-texnologik va prinsipial sxemalari, boshqariluvchi ob’ektlarni tadqiq etish, rostlagichlar turini, nazorat o‘lash asboblari va avtomatlashtirish vositalarni tanlash. Birlamchi o‘lchash o‘zgartgichlarini tanlash, ijro mexanizmlarini tanlash, rostlash organlarini tanlash. Avtomatik sistemalarining elektr manba qurilmalarini loyihalash. Shchit va pultlarni loyihalash. Avtomatik sistemalarning yerga ulash qurilmalarini loyihalash. Avtomatik sistemalarning puxtaligi va texnik – iqtisodiy samaradorligi

15 Boshqaruv tizimlari va avtomatika tizimlarining ishonchliligi

Boshqaruv tizimlari va avtomatika tizimlarining ishonchliligi va diagnostikasi-ning umumiy masalalari, ularning texnologik jarayonlar va ob’ektlarni ishonchliligini aniqlashning zamonaviy xisoblash usullari

16 Texnologik jaryonlarni identifikatsiyalash va modellashtirish

Identifikatsiyalash mezoni, modellarning tasnifi, statik va dinamik modellar, statsionar va nostatsionar modellar.

Texnologik jarayonlar va ob’ektlarni modellarini shakllantirish usullari va boshqaruv tizimlarini zamonaviy xisoblash usullari. Fazo va xolatlar usulli va boshqalar, turgunlik analizi va xisoblash boshqaruv tizimlarini analiz iva sintezi, modellashtirish masalalarini yechish uchun dasturiy vositalar. (Matlab, Matcad, Siam, SS dr. )

17 Avtomatik boshqarish nazariyasi

Boshqarish ob’ekti, boshqaruvchi uskuna, ta’sirlar , statsionar va nostatsionar tizimlar, bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli tizimlar,barqarorlashtiruvchi (stabillashtiruvchi), dasturli va kuzatuvchi tizimlar, chiziqli dinamik tizim, dinamik tizimning o‘tish funksiyasi, o‘tish jarayonining sifati,o‘tish jarayoni sifatining amaliy ahamiyati, rostlash vaqti, statik xato, ortiqcha rostlash, tebranuvchanlik, so‘nish dekrementi tushunchalari, Solodovnikov qutilari, sintez masalasi, avtomatik boshqarish tizimlari (ABT) ning elementlari va bo‘g‘inlarni xamda ABT larning tasnifi, chiziqli ABT lar nazariyasi bo‘yicha bilimlar: chiziqli ABT larni matematik ifodalash, ularning statsionar rejimlari va barqarorligi, ulardagi o‘tish jarayonlarining sifati xamda ABT larning dinamik xossalarini korreksiyalash va sintez qilish tartibi, nochiziqli ABT lari, ularning xususiyatlari, statsionar rejimlari va barqarorligi, ulardagi o‘tish jarayonlarini sifati va korreksiyalash to‘g‘risidagi tushunchalar, diskret va optimal ABT lar hamda ularning asosiy ko‘rinishlari, boshqarish, modellashtirish va identifikatsiya, boshqarish ob’ekti, boshqarish tizimi, boshqarish algoritmi, aprior va aposterior informatsiya, model – boshqarish ob’ekti haqida mujassamlangan informatsiya, modellashtirish, analitik va eksperimental (tajribaviy) usullar modellarning turlari, matematik modellar analitik usul qo‘llanilganida olinadigan natijalarni qayta ishlash

18 Texnologik nazorat asboblari

Texnologik nazorat asboblari va ularning klassifikatsiyasi. Avtomatlashtirilgan texnologik nazorat tarkibi. Avtomatlashtirilgan o‘lchov, avtomatlashtirilgan signalizatsiyasi. Avtomatlashtirilgan axborot yig‘ish. Avtomatlashtirilgan saralash. Texnologik nazorat asboblari, o‘lchash xatoliklari va aniqlik sinfi. Texnologik nazorat asboblarining tuzilishi va asosiy elementlari. Suyuklik va sochiluvchan moddalar satxining balandligini nazorat kilish. Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish. Moddalarning namligini o‘lchash. Avtomatlashtirilgan nazorat sistemlari va uning samaradorligi. Pnevmatik o‘zgartkichlar. Texnologik signallash, ximoya va blokirovkalash sxemalari va qurilmallari

19 Avtomatlashti rishning texnik vositalari

Avtomatikaning texnik vositalari klassifikatsiyasi, statik va dinamik xarakteristikalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning umumiy sxemasida texnik vositalarning o‘rni, informatsion, texnologik operatsiyalarning texnik vositalari. Avtomatlashtirish datchiklari: parametrik datchiklari – aktiv va reaktiv karshiligi generatorli datchiklari, fizik parametrlar datchiklari, funksional va mantikiy elementlari, kuchaytirgichlar, komanda beruvchi, solishtiruvchi va maxsus qurilmalari, diskret elementlar va uskunalar, ijrochi mexanizmlar, avtomatik rostlagichlar, elektr manbalar, avtomatlashgan tizimlar tomonidan qo‘yiladigan dinamik va metrologik xarakteristikalar. Operativ boshqarish va nazorat vositalari. Raqamli texnika asoslari. Mantiqiy algebrasi. Impuls texnikasi. Shifratorlar, deshifratorlar. Takt impulslar generatorlar. Modulyatorlar va demodulyatorlar. Analog – raqamli o‘zgartirgichlar (ASP), raqamli analog o‘zgartgichlar, interfeys, boshqarish uchun kompyuter bilan bog‘liqligi

20 Boshqaruvda elektronika va mikroprotsessor texnikasi

Elementlarni qo‘llashning nazariy masalalari, fotoelementlar, yarim o‘tkazgichlar, diodlar, tranzistorlar, stabilizatorlar, ta’minlash bloki, to‘g‘rilagichlar, filtrlar, kuchaytirichlar, matiqiy elementlar, analog va raqamli integral mikrosxemalarning asosiy element bazasi, integral operatsion kuchaytirgichlar bazasida yig‘ilgan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlari, mikroprotsessor texnikasining funksional elementlari, klassifikatsiyasi va tarkibi, signallarni o‘zgartirish va ishlov berish

21 Mutaxassislikka kirish

O‘zR suv xo‘jaligini avtomatlashtirish holati va rivojlanish perspektivalari. O‘zbekistonda irrigatsiya tizimlarining rivojlanish tarixi. Gidromeliorativ tizimlar avtomatlashtirish va boshqarish ob’ekti sifatida. ABT , IChABT, TJABT va boshka umumiy terminologik tushunchalar. Gidromelioratsiya tizimlarini avtomatlashtirish va boshkarishda mutaxassisning roli va tutgan o‘rni. Gidromeliorativ tizimlari, nasos stansichlari, gidrotexnika inshootlarining avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiyasi mutaxassisi. Shu jumladan, suv xo‘jaligi kompleksi ob’ektlarining asosiy uskuna va qurilmalari, avtomatikaning texnik vositalari, zamonaviy raqamli texnika, axborot texnikasi, mikroprotsessor texnikasi, kompyuter texnologiyalarini zamonaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (ASUTP). Gidromeliorativ tizimlarida ilmiy- texnik progress. Institutda ilmiy-tekshirish ishlari. Talabalar ilmiy jamiyati. TIQXMMI va uning tarixi. O‘zbekistonda uzluksiz ta’limning milliy dasturi

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: https://tiiame.uz/departments/departments?id=633

Kafedra mudiri: Pirimov Odil Jo'rayevich

Qabul kunlari: Har kuni: 9:00-15:00

Tel: +99871-237-19-98

E-mail: o.pirimov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: