"Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari" kafedrasi

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi mamlakatimizda energetika sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni ilmiy yondashuv asosida tahlil qilish, ularni energetik ma’lumotlar orqali hal etish bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchilar, muhandis-texnik xodimlar va talabalar mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish, barqaror energiya ta’minotini ta’minlash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish masalalarida amaliy yechimlar ishlab chiqishda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

Kafedra elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishida yetuk, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. O‘quv jarayonida nazariy bilimlar amaliy mashg‘ulotlar, ilmiy-amaliy loyihalar va laboratoriya ishlari bilan mustahkamlanib boriladi. Ta’lim jarayonida fan va texnologiyaning so‘nggi yutuqlari keng joriy qilingan.

Bundan tashqari, kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar, davlat va xo‘jalik shartnomalari asosida amalga oshiriladigan tahlil va konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Ilova sifatida, kafedra tarkibida amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashgan laboratoriyalar faoliyat yuritmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi universitetlarda malaka oshirgan, nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan va ko‘plab xalqaro anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Ular jahon miqyosidagi mashhur olimlar bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganlar, qo‘shma loyihalar va tadqiqotlar ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedra respublikadagi energetikaga ixtisoslashgan tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat korxonalari va davlat idoralari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Bu hamkorlik natijasida talabalar uchun amaliyot va stajirovkalarni yuqori saviyada tashkil etish imkoni yaratilgan. Talabalar amaliyot davomida nazariy bilimlarini amalda qo‘llash, real loyihalarda ishtirok etish va ish tajribasi orttirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Umuman olganda, “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlash, balki ilmiy izlanishlar, texnologiyalarni transfer qilish va energetika sohasida innovatsion yechimlarni joriy etish yo‘nalishlarida ham faol ishtirok etmoqda.


Ixtisosligi

05.05.06 -Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari


Ta’lim yo‘nalishlari va ilmiy faoliyat

Kafedra quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: 

Bakalavriat yo‘nalishlari:

  • 60710400 - Energetika muhandisligi (2024/2025 o‘quv yilidan boshlab);
  • 60710600 - Elektr energetikasi (2023/2024 o‘quv yiligacha);
  • 60711000 - Muqobil energiya manbalari (2023/2024 o‘quv yiligacha).

Magistratura yo‘nalishlari:

  • 70711001 - Muqobil energiya manbalari;
  • 70710601 - Elektr ta'minoti;
  • 70710901 - Energiya tejamkorligi va energiya audit;
  • 70710505 - Mini va mikro gidroelektr stansiyalar.

Doktorantura yo‘nalishlari:

05.05.06 - "Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya qurilmalar" ixtisosligi bo‘yicha PhD dasturi



Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi sohalarda amaliy qo‘llanilmoqda:

1.   Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish:

- Kichik va mikro gidroelektr stansiyalarni loyihalash va joriy etish;

- Quyosh va shamol energiyasidan foydalanishning samaradorligini oshirish.

2.   Energiya tejovchi texnologiyalar:

- Irrigatsiya tizimlarida energiya samaradorligini oshirish;

- Elektr tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish usullari.

3.   Aqlli energiya tizimlari:

- Smart-grid texnologiyalarini qishloq hududlarida joriy etish;

- Avtomatlashtirilgan energiya monitoring tizimlari.

4.   Elektr jihozlari va qurilmalar:

- Energiya tejovchi elektr motorlari va nasoslarni ishlab chiqish;

- Transformatorlar va generatorlarni modernizatsiya qilish.

5.   Atrof-muhitni muhofaza qilish:

- Ekologik toza energiya texnologiyalari;

- Energiya ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish.

6.   Energiya audit va boshqaruv:

- Korxona va tashkilotlarda energiya auditi o‘tkazish;

- Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish.

7.   Innovatsion loyihalar:

- Aerokosmik texnologiyalar yordamida energiya resurslarini baholash;

- Sun'iy intellekt asosida energiya iste'molini prognozlash tizimlari.



Kafedramiz faoliyatida quyidagi tadbirlar va hamkorlik yo‘nalishlari muhim o‘rin tutadi:


1. Xalqaro va milliy tadbirlar:

- “International Congress on Environmental Science, Technology and Engineering (ICESTE)” – Har yili o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (Yevropa, Malayziya, Xitoy, Turkiya hamkorligida).

- “Zamonaviy energiya texnologiyalari” – Respublika miqyosidagi seminar va anjumanlar.

- “Yosh olimlar” – Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy forumlar.

2. Hamkorlik yo‘nalishlari:

- Xitoy (Shihezi universiteti, Qishloq xo‘jaligi universiteti)

- Turkiya (Karabuk universiteti)

- Malayziya (Perlis universiteti)

- Yevropa (Ispaniya, Italiya, Polsha politexnika institutlari)

- AQSh (Oral Roberts Universiteti, Virginia Texnologiya Instituti)




Kafedra tarixi

Kafedra 1963-yilda “Elektrotexnika” kafedrasidan ajralib chiqqan bo‘lib, dastlab “Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash” deb nomlangan keyinchalik “Suv xo‘jaligida elektr taʼminoti va elektr jihozlaridan foydalanish” nomidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi PQ-3003-sonli qaroriga asosan “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari”ga o‘zgartirilgan.

Kafedraga 1963-1964 yillarda N.P.Osika, 1964-1971 yillarda M.A.Alimov, 1971-1972 yillarda E.D.Tashev, 1972-1979 yillarda Sh.D.Saxibov, 1979-1982 yillarda E.T.Kalafatov, 1982-1989 yillarda B.Sh.Fayzullayev, 1989-2001 yillarda Ya.T.Adilov, 2001-2004 yillarda N.T.Toshpo‘latov, 2004-2011 yillarda A.S.Berdishev, 2011-2017 yillarda N.T.Toshpo‘latov, 2017-2018 yilda A.Yusubaliyev kabi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan. Hozirda D.B.Qodirov mudirlik qilmoqda.

Kafedraning rivojiga M.A.Alimov, Sh.D.Saxibov, B.Sh.Fayzullayev, M.I.Ismailov, E.D.Tashev, P.M.Musabekov, B.X.Ubaydullayev kabi marhum ustozlar bilan birga E.T.Kalafatov Ya.T.Adilov, Sh.M.Muzafarov, I.X.Siddikov, A.M.Mirzabayev, O.B.Tursunov, D.B.Qodirov, A.D.Raxmatov, N.T.Toshpo‘latov, Sh.E.Toshev, A.T.Sanbetova, A.G.Babayev, S.M.Xushiyev, J.O.Izzatillayevlar kabi professor-o‘qituvchilar katta hissa qo‘shganlar. 

Bugungi kunga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq ilmiy maqola, 12 ta monografiya, 11 ta darslik va 36 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

Bugungi kunda kafedra Energetika vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti, “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Uzkabel” va “ProCab” qo‘shma korxonalari bilan innovatsion hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, shundan, 4 tasida kafedraning filiali tashkil etilgan. Kafedra, Xitoy qishloq xo'jaligi universiteti, Malayziya Perlis universiteti, Italiyaning Turin politexnika, Ispaniyaning Madrid Politexnika Universiteti, Portugaliyaning Evora Universiteti,  Polsha Respublikasi Krakov texnologiya universiteti, Xitoyning Shihezi universiteti hamda Turkiya Respublikasi Karabuk universiteti bilan hamkorlik qilmoqda. 

Kafedra tashabbusi bilan har yili Malayziya Perlis universiteti, Xitoy qishloq xo'jaligi universiteti, Polshaning Krakov texnologiya universiteti, Xitoyning Shihezi universiteti  hamda Turkiyaning Karabuk universitetlari hamkorligida “International Congress on Environmental Science, Technology and Engineering (ICESTE)” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etiladi (konferensiya rasmiy veb-sayti: https://iceste.com/ )

Yetakchi olimlar ishtirokida iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilar uchun maqsadli kurslar va seminarlar (to‘garaklar) tashkil etilgan. Iqtidorli talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli o‘rinni egallab kelmoqdalar. Kafedra qoshida xo‘jalik shartnomalarini yuritish, chet el grantlarini olib borish va kafedra iqtidorli talabalari, magistrantlari, yosh olimlari va professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun maxsus “Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” tashkil etilgan.

Bugungi kunda kafedraning asosiy shtatida 5 nafar professor, 8 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 5 nafar assistent faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. So‘ngi besh yilda Sh.M.Muzafarov (2020) texnika fanlari doktori (DSc), O.J.Primov (2020) texnika fanlari doktori (DSc), J.O.Izzatillayev (2021) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), D.B.Qodirov (2022) texnika fanlari doktori (DSc), A.G.Babayev (2022) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), A.B.Mamadjanov (2023) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), B.K.Tagayev (2023) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), A.T.Sanbetova (2024) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), A.Q.Davirov (2024) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) va N.N.Abdug‘aniyev (2024) texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishgan.


Kafedradagi ilmiy-amaliy to‘garaklari

 Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari kafedrasi qoshida ikkita ilmiy-amaliy to‘garak faoliyat ko‘rsatadi:

Yosh energetiklar to‘garak – elektr energetikasi sohasidagi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Eco Energy to‘garak – qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror energetika texnologiyalari bilan shug‘ullanadi.

Har ikki to‘garak talabalarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy mahorat ham oshirish imkoniyatini beradi. To‘garak ishlari kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida olib boriladi.

Hozirgi kunda to‘garaklar tarkibiga quyidagilar kiradi:

Magistratura talabalari: 14 nafar

Bakalavriat talabalari: 24 nafar

To‘garaklarga qiziqish bildirgan barcha talabalar qo‘shilishi mumkin. A’zolik uchun kafedra rahbariyati yoki to‘garak mas’ullariga murojaat qilish kifoya.



To‘garaklarda quyidagi mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi:

Elektr xavfsizligi qoidalari va texnika xavfsizligi;

Elektr tarmoqlarida ishlatiladigan qurilma va jihozlardan foydalanish;

Elektr hisoblagichlarni o‘rnatish, ulash va hisoblash;

Stansiyalar va podstansiyalarda elektr jihozlari bilan ishlash;

Elektr montaj ishlarini bajarish texnologiyalari;

Qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish (quyosh, shamol, mikroGES);

Elektr qurilmalarini tahlil qilish va ta’mirlash;

Yoritish tizimlarini loyihalash va o‘rnatish;

Kichik miqyosdagi qayta tiklanuvchan energiya tizimlarini yaratish;

Elektr tarmoqlarini simulyatsiya qilish dasturlari bilan ishlash;


To‘garak ish tartibi

Mashg‘ulot kunlari: Haftada 2 marta – payshanba va shanba

Vaqti: 10:00 – 12:00

O‘tkaziladigan joy: V bino, 701, 702 va 603-xonalar

Dars uslubi: Nazariy bilimlar + amaliy mashg‘ulotlar + loyihalar ishlab chiqish

Har bir to‘garak a’zosi professor-o‘qituvchilar bilan biriktirilib, ularning rahbarligida individual loyihalarda ishlaydi.


Kafedramiz faoliyatida quyidagi tadbirlar va hamkorlik yo‘nalishlari muhim o‘rin tutadi:

1. Xalqaro va milliy tadbirlar:

“International Congress on Environmental Science, Technology and Engineering (ICESTE)” – Har yili o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (Yevropa, Malayziya, Xitoy, Turkiya hamkorligida).

“Zamonaviy energiya texnologiyalari” – Respublika miqyosidagi seminar va anjumanlar.

“Yosh olimlar” – Talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy forumlar.

2. Hamkorlik yo‘nalishlari:

Xitoy (Shihezi universiteti, Qishloq xo‘jaligi universiteti)

Turkiya (Karabuk universiteti)

Malayziya (Perlis universiteti)

Yevropa (Ispaniya, Italiya, Polsha politexnika institutlari)

- AQSh (Oral Roberts Universiteti, Virginia Texnologiya Instituti)


Kafedra xodimlari

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi kafedra mudiri Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
 Izzatillayev Jo`rabek Olimjonovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida tashkil etilgan mikro elektr tizimlarda elektr energiyasi iste’molini bashoratlashga qaratilgan. U o‘z tadqiqotlarida mikro tarmoqlarda energiya iste’molining o‘zgaruvchan xarakterini hisobga olgan holda, samarali prognozlash usullarini ishlab chiqish va joriy etish ustida ishlamoqda. izlanishlari, ayniqsa, quyosh va shamol energiyasi asosida ishlovchi mustaqil va yarim mustaqil tizimlarda yuklamani bashoratlash orqali energiya ta’minotining ishonchliligini oshirish, energiya balansini muvozanatlashtirish va tizimni samarali boshqarish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.

 j.izzatillayev@tiiame.uz

  +99897-720-01-36

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi Texnika fanlari doktori, professor
Qodirov Dilshod Botirovich

Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr ta’minoti tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan. U o‘z faoliyatida mikro GESlar, quyosh energiyasi, energiya tejovchi texnologiyalar va yashil energiya konsepsiyalarini chuqur o‘rganib, ularni qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi sohalariga joriy etish bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlarni olib bormoqda. izlanishlari energiya menejmenti, barqaror rivojlanish tamoyillari va innovatsion texnologiyalar asosida energiya tizimlarini optimallashtirishga qaratilgan. Shu bilan birga, elektr energiyasidan samarali foydalanish va uni ishlab chiqarishda ekologik toza va iqtisodiy samarali yondashuvlarni ishlab chiqish ham asosiy tadqiqot yo‘nalishlaridandir.

Dars beradigan fanlar: Qayta tiklanuvchan energiya manbalari, Energiya menejmenti, Quyosh energetikasi, Energiya audit, Kichik gidroelektr stansiyalar

kodirov.dilshod@tiiame.uz kodirov.dilshod@gmail.com Scopus ID: 57209311049 ORCID: 0000-0001-8661-0624

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari doktori, professor
Tursunov Obid Boboqulovich  

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: biomassa asosida bioenergiya ishlab chiqarishda zamonaviy va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. U lazer biotexnologiyasi yordamida biomassa ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish hamda bioyoqilg‘i olishda termokimyoviy texnologiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha birlashgan tizimni ishlab chiqmoqda. Ushbu tadqiqotlar bioenergiya sohasida yuqori energiya samaradorligi, ekologik xavfsizlik va resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlashga xizmat qiladi. ishlari qayta tiklanuvchi manbalar asosida energiya mustaqilligini ta’minlash va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan.

Dars beradigan fanlar: Muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni o’rnatish va loyihalash, Energetikada iqtisodiyot, Energetikada ilg’or muhandislik yechimlari, Muqobil yoqilg’ilarni ishlab chiqarish jarayonlari va Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy asoslari.

 o.tursunov@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari doktori, professor
Muzafarov Shavkat Mansurovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: paxta xom ashyosini dastlabki qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ayniqsa elektrostatik cho‘kma tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq. U o‘z izlanishlarida paxta tolasi sifatini saqlab qolish, energiya sarfini kamaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. ilmiy ishlari paxta sanoatida samaradorlikni oshirish, innovatsion texnologiyalar asosida qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish va ishlab chiqarishga moslashtirish bilan chambarchas bog‘liq.

Dars beradigan fanlar: Yuqori kuchlanish texnikasi, O’tkinchi jarayonlar, O’ta kuchlanish va izolyatsiya, Elektr xavfsizlik.

 sh.muzafarov@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari nomzodi, dotsent
  Raxmatov Abdugani Djumabekovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: meva saqlash omborlarida elektr ionizatorlardan foydalanish orqali mahsulot sifatini uzoq muddat saqlash va yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan. U elektr ionizatsiya texnologiyasining mevalarni bakterial va zamburug‘li kasalliklardan himoya qilishdagi samaradorligini o‘rganmoqda. Ushbu yondashuv oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, saqlash omborlarining energetik samaradorligini oshirish hamda ekologik toza usullardan foydalanishni kengaytirish imkonini beradi. Ilmiy izlanishlar meva-sabzavotlarni saqlash jarayonlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan.

Dars beradigan fanlar: Elektr tarmoqlari va tizimlari, Elektr uskunalar montaji hamda Elektr tarmoqlar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash.

 a.rakhmatov@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari nomzodi, dotsent
 Toshpo‘lotov Nusrat  Telmonovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: qishloq xo‘jaligi sohasida begona o‘tlar va tuproq kasalliklariga qarshi kurashishda elektroimpuls ishlov berish texnologiyasini qo‘llashga qaratilgan. U elektroimpuls energiyasi yordamida agrotexnik jarayonlarni ekologik xavfsiz va kimyoviy vositalarsiz samarali boshqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Ushbu yondashuv o‘simliklar uchun sog‘lom muhit yaratish, yer unumdorligini saqlab qolish hamda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ilmiy izlanishlar energetik innovatsiyalarni agrar soha bilan uyg‘unlashtirish orqali ekologik barqarorlik va hosildorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Dars beradigan fanlar: Elektr ta’minoti, Elektr tizimlarini loyihalash, va Elektrotexnik materiallar.

 n.tashpulatov@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi
Davirov Alisher Quvondiq o`g`li

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: past bosimli suv oqimlarida ishlovchi shnekli mikro GESlarning elektr energiyasi sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. U o‘z izlanishlarida mikro GESlarning samaradorligini oshirish, ularning energiya ishlab chiqarish jarayonlarida ekologik toza va iqtisodiy samarali texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Shnekli mikro GESlar bilan ishlovchi suv oqimlarining energetik xususiyatlarini chuqur o‘rganib, energiya ishlab chiqarish jarayonlarining optimallashtirilishi va sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishini ta'minlashga intiladi. izlanishlari energetik tizimlarda yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qilmoqda.

Dars beradigan fanlar: Rele himoyasi va avtomatika, Energiya audit, Stansiya va podstansiyalaring elektr qismi, va Energetikaning matematik masalalari.

 a.davirov@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
 Xushiyev Sirojiddin Meyliyevich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: quduq nasos qurilmalarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. U nasos agregatlarining konstruktiv va texnologik parametrlarini optimallashtirish orqali ularning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirish, ishlash unumdorligini oshirish va xizmat muddati davomida ishonchliligini ta’minlash ustida izlanishlar olib bormoqda. Tadqiqotlar suv ta’minoti tizimlarida zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quvvat sarfini kamaytirish hamda barqaror ishlash rejimlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, suv xo‘jaligi sohasida resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Dars beradigan fanlar: Energiya audit, Elektr aparatlar va jihozlar, Rele himoyasi va avtomatika va Energiya tejamkorlik asoslari.

 s.xurshiyev@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi.
 Sanbetova Amangul Turkmenbayevna

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: elektrotexnologiyalardan foydalanib, ekologik toza urug‘lik kartoshka yetishtirishni asoslashga qaratilgan. U o‘z tadqiqotlarida elektrotexnologiyalar yordamida kartoshka yetishtirish jarayonlarining samaradorligini oshirish, shu bilan birga, ekologik toza va sog‘lom mahsulotlar olishni maqsad qilgan. izlanishlari elektrotexnologiyalarning ekotizimga bo‘lgan ta'sirini tahlil qilib, ularni qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanish tamoyillari asosida tatbiq etishga yo‘naltirilgan. Sh dek, ekologik sof urug‘lik kartoshka yetishtirishning texnologik jarayonlari va samaradorligini oshirish bo‘yicha innovatsion yechimlar ishlab chiqishni ko‘zlaydi.

Dars beradigan fanlar: Elektr ta’minoti, Energiya audit, Energiya tejamkorlik asoslari hamda Elektr tizimlarini loyihalash.

 a.sanbetova@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi assistenti
 Qilichov Orifjon  Gapirovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: issiq xonada ozonni qo‘llash texnologiyasini o‘rganish bo‘yicha Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. U, ayniqsa issiq xonalarda ozonning sanitar-epidemiologik xususiyatlari va ekologik xavfsizligini ta'minlashdagi o‘rnini tadqiq etadi. Ozonni havo tozalash va zararlovchi mikroorganizmlarni bartaraf etish uchun samarali vosita sifatida qo‘llash, ayniqsa qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sohalarida sog‘liqni saqlashga ta'sirini yaxshilash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlari orqali, Ozonni qo‘llash texnologiyasining samaradorligini oshirish va iqtisodiy jihatlarini tahlil qilishni maqsad qilgan. Bu yo‘nalish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Dars beradigan fanlar: Muhandislik etikasi, Noananaviy elektr stansiyalar, Quyosh energetikasi, Energiya audit va Elektr xavfsizlik.

 o.kilichev@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
 Babayev Aziz Galibovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: ozon elektrosintezi jarayonida impulsli kuchlanishlardan foydalanishning ilmiy-uslubiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. U o‘z izlanishlarida ozon ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va energiya tejashni ta'minlash maqsadida impulsli kuchlanishlarning ta'sirini chuqur o‘rganadi. Bu jarayonlar, asosan, ekologik jihatdan toza va energiya tejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish orqali sanoat va yashil energiya tizimlarida ozon ishlab chiqarishni optimallashtirishga qaratilgan. tadqiqotlari ozon elektrosintezini yanada samarali qilish va uni turli sanoat sohalarida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Dars beradigan fanlar: Yuqori kuchlanish texnikasi, O’tkinchi jarayonlar, o’ta kuchlanish va izolyatsiya, Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi va Elektr xavfsizlik.

 a.babaev@tiiame.uz

  +99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi.
Vakhidov Akmal Ulashevich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: yassi quyosh suv isitgich kollektorlari panellarida kechadigan issiqlik va gidravlik jarayonlarni o‘rganishga qaratilgan. U o‘z tadqiqotlarida quyosh energiyasini samarali ravishda issiqlikka aylantirish va suvni isitish tizimlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bu jarayonlarda issiqlik va gidravlik jarayonlarning o‘zaro ta'siri va ularning tizim samaradorligiga qanday ta'sir ko‘rsatishini tahlil qilib, innovatsion yechimlar ishlab chiqishni maqsad qilgan. ilmiy ishlari quyosh energiyasini amaliyotga tatbiq etishda, energiya tejash va ekologik tozalikka erishishda muhim o‘rin tutadi.

Dars beradigan fanlar: Quyosh energetikasi, Injenerlik geliotexnikasi, Elektr va issiqlik energiyasini yig’ish.

a.voxidov@tiiame.uz

+99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent
Toshev Sherzod Ergashevich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron generatorlarning nosimmetrik rejimlarini tahlil qilish va modellashtirishga qaratilgan. U o‘z izlanishlarida sinxron mashinalarning turli ish rejimlaridagi holatlarini chuqur o‘rganib, ayniqsa, nosimmetrik yuklamalar ostida yuzaga keladigan elektromagnit jarayonlarning analizi va raqamli modellarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. tadqiqotlari elektr stansiyalarda, ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan tizimlarda sinxron generatorlardan barqaror va ishonchli foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Dars beradigan fanlar: Gidroenergetik qurilmalar, Gidroenergetik stansiyalar, Kichik gidroenergetik stansiyalar va Elektr xavfsizlik.

sh.toshev@tiiame.uz

+99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari doktori, professor
Siddikov Ilxom Xakimovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: energetika tizimlarida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilishga qaratilgan. U o‘z tadqiqotlarida quyosh va shamol energiyasi, energiya tejovchi qurilmalar, sh dek, elektr ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlovchi texnologiyalarni chuqur o‘rganmoqda. ilmiy faoliyati sanoat va qishloq xo‘jaligida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya tizimlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali optimallashtirishga qaratilgan. Shu bilan birga, u ekologik xavfsiz, iqtisodiy samarali va texnologik innovatsiyalarga asoslangan elektr ta’minoti yechimlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Dars beradigan fanlar: Rele himoyasi va avtomatika, Energiya audit, Stansiya va podstansiyalaring elektr qismi, Elektr ta’minoti, Energetikaning matematik masalalari.

i.siddikov@tiiame.uz

+99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi assistenti
Shodiyev Bobur Toyir o'g'li

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: quyosh tizimi orqali issiqlik nasosi yordamida qishloq uylarida isitish ta’minotini o‘rganish bo‘yicha Ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. U, asosan, quyosh energiyasidan foydalangan holda energiya samaradorligini oshirish va qishloq uylarida isitish tizimlarini ekologik va iqtisodiy jihatdan yaxshilashni maqsad qilgan. Tadqiqotlar quyosh energiyasidan issiqlik nasoslarini boshqarish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha innovatsion usullarni ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi va uy-joylarni energiya tejash nuqtai nazaridan optimallashtirishni o‘z ichiga oladi. Bu yondashuv, sh dek, tabiiy resurslarni saqlash, issiqlik energiyasidan samarali foydalanish va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan energiya ta'minotini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Dars beradigan fanlar: Qayta tiklanuvchan energiya manbalari, Elektr ta’minoti, Energiya audit, Elektr uskunalar montaji hamda Elektr tarmoqlar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash.

b.shodiyev@tiiame.uz

+99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi assistenti
Mustofoyev Ganisher Bohodir o'g'li

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda qishloq aholisi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlashni o‘rganadi. ilmiy tadqiqotlari, asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, masalan, quyosh, shamol yoki biogaz kabi manbalardan samarali foydalanishni ta'minlashga qaratilgan. U qishloq joylarida energiya manbalarini optimallashtirish va ta’minot tizimlarini tashkil etish uchun innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqmoqda. Sh dek, tadqiqotlar ekologik jihatdan toza va barqaror energiya tizimlarini joriy etish, qishloq aholisining energiya ta’minotini mustahkamlash va iqtisodiy jihatdan samarali tizimlarni yaratishga qaratilgan. Bu ishlar energiya xavfsizligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan energiya ishlab chiqarishni maqsad qiladi.

Dars beradigan fanlar: Elektr tarmoqlari va tizimlari, Stansiya podstansiyalarining elektr qismi, Elektr tarmoqlar ekspluatatsiyasi va ta’mirlash, Elektr energiyasini ishlab chiqarish.

g.mustofoyev@tiiame.uz

+99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari doktori, professor
Mirzabayev Akrom Mahkamovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: energiya ta’minoti tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga tizimli yondashuvni ishlab chiqishga qaratilgan. U o‘z izlanishlarida quyosh va shamol energiyasi, kabi qayta tiklanuvchi manbalarni elektr ta’minoti tizimlariga samarali integratsiya qilish yo‘llarini o‘rganmoqda. ishlari energiya resurslaridan barqaror va iqtisodiy jihatdan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, hamda zamonaviy energiya boshqaruvi tamoyillarini joriy etish orqali elektr ta’minotining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Dars beradigan fanlar: Qayta tiklanuvchan energiya manbalari, Quyosh energetikasi, Noananaviy elektr stansiyalar va Fotoelektr o’zgartirgichlar

a.mirzaboyev@tiiame.uz

+99871-237-19-68

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi doktoranti.
Mamadiyev Xumoyun Norqul o'g'li

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: 05.05.06-“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi elektr qurilamlar”

x.mamadiyev@tiiame.uz

+99871-237-19-68

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi assistenti
Jumanazarov Shohzod Bozorboy o'g'li

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: qishloq xo‘jaligi elektr iste’molchilari uchun energiya samarador shamol energetik qurilmasini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib bormoqda. tadqiqotlari, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida shamol energiyasidan foydalangan holda energiya iste’molini optimallashtirish va samaradorlikni oshirishga yo‘naltirilgan. U energiya samaradorligini oshiradigan innovatsion shamol energiya qurilmasini ishlab chiqish, ishlashini tahlil qilish va qishloq xo‘jaligi sohasida uni keng qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, bu qurilmaning atrof-muhitga ta'sirini minimallashtirish, ekologik jihatdan toza va iqtisodiy jihatdan samarali tizimlarni joriy etish maqsadida energiya ishlab chiqarishni rivojlantirishni maqsad qilgan. Bu tadqiqotlar qishloq xo‘jaligi iste’molchilari uchun barqaror va arzon energiya ta’minotini ta'minlashga yordam beradi.

Dars beradigan fanlar: Energiya menejmenti, Quyosh energetikasi, Energiya audit, Gidroenergetik qurilmalar, Gidroenergetik stansiyalar va Elektr energiyasining nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari.

sh.jumanazarov@tiiame.uz

+99871-237-19-68

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi doktoranti.
Qobilov Raximjon Komiljon o'g'li

Ilmiy tadqiqot mavzusi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini tanlash va aqlli rejalashtirish

O'tadigan fanlar ro'yxati: Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, Shamol energetikasi

r.kobilov@tiiame.uz

+998337457071

Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD), katta o’qituvchi
Abduganiyev Nurislam Nuritdinovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: qishloq xo‘jaligi iste’molchilarining energiya ta’minotida qattiq maishiy chiqindilar energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. U Toshkent viloyatida amalga oshirilgan izlanishlarida, qattiq maishiy chiqindilardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qishloq xo‘jaligida energiya ta’minotini yaxshilash uchun qo‘llashni maqsad qilgan. Tadqiqotlari orqali, chiqindilardan samarali foydalanish va energiya ishlab chiqarishni optimallashtirish orqali qishloq xo‘jaligida energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganadi. Shu bilan birga, izlanishlari ekologik toza energiya manbalarini joriy etish va barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surishga xizmat qilmoqda.

Dars beradigan fanlar: Bioenergetika, Energetikada iqtisodiyot, Elektr tizimlarini loyihalash, Elektr ta’minoti va Kichik gidroelektr stansiyalar.

n.abduganiyev@tiiame.uz

+99871-237-19-68

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi doktoranti
Parpiyeva Sevaraxon Nurmuhammad qizi

Ilmiy tadqiqot mavzusi: MikroGES gidroturbina konstruksiyasini CFD asosida optimallashtirish va samaradorligini oshirish

s_parpiyeva@tiiame.uz

+99871-237-19-68

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi doktoranti
Juraboev Avliyobek Ilhomjon o’g’li

Ilmiy tadqiqot mavzusi: "Feasibility study of fluctuating wind pressure in the road tunnels as a potential energy-harvesting source: A case study of Tashkent city"

a_juraboev@tiiame.uz

+99893677-66-77

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari doktori, dotsent
Adib Habbal

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari Internet of Things (IoT), kiberxavfsizlik, 5G va 6G mobil tarmoqlari, metaverse, blockchain texnologiyalari hamda sun’iy intellektdan foydalangan holda raqamli tizimlarni optimallashtirish masalalarini qamrab oladi. Tadqiqotlarida tarmoqlar samaradorligi, xavfsizligi, real vaqtli ma’lumotlar almashinuvi hamda aqlli infratuzilmalarning rivoji ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘riladi.

Dars beradigan fanlar: elektr energetika tizimining releli homoyasi va avtomatikasi, raqamli energetika

a_habbal@tiiame.uz

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi. Texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yusupov Ziyodulla Erkinovich

Ilmiy-tadqiqot yo’nalishi: zamonaviy elektr energetika tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan. Uning asosiy tadqiqotlari elektr ta’minoti, quvvat tizimlarini boshqarish, mikroenergiyani ishlab chiqarish tizimlari (microgrid), qayta tiklanuvchi manbalarni elektr tarmoqlariga ulash va ularning samaradorligini oshirish masalalarini qamrab oladi. Tadqiqotlarida elektr tizimlarining ishonchliligi, quvvat sifati, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish hamda raqamli boshqaruv va modellashtirish usullaridan (xususan MATLAB) foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘riladi.Ayniqsa, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq etish, mikrogridlarni barpo qilish va ularni amaldagi energiya tizimiga optimal ulash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va yechimlar ishlab chiqilgan.

Dars beradigan fanlar: Energiya menejmenti, issiqlik energetikasida energiya tejamkorligi, Energetikada ilg’or muhandislik yechimlari, elektr va issiqlik energiyasini yig’ish.

z_yusupov@tiiame.uz

Fakultet

“Energetika” fakulteti
Universitet tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” fakulteti 1961 yilda tashkil topgan bo‘lib, o‘z faoliyatini yangi...

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Kichik gidroelektr stansiyalar

Kichik quvvatli gidroelektrstantsiyalarning rivojlanish tarixi, mikroGESlar potentsialini, mikroGESlarni loyihalash asoslarini, GESlarni iqtisodiy samaradorligini aniqlashni hamda hozirgi zamon EHM lari yordamida vertual labaratoriyadan foydalanishni oʼrgatadi.

2 Energiya audit

Talabalarlarda suv xo‘jaligi korxonalarida elektr ta’minoti tizimlarining energiya audit usullarni urganish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish.

3 Stansiya va podstansiyalarning elektr qismi

Elektr energiya tizimidagi stansiya va podstansiyalarni tuzilishini o‘rganish, magistral tarmoqlarni hisobini o‘rganish, iste’molchini yuklamalarini aniqlash. Iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

4 Biogaz texnalogiyasi va qurilmalari

Biomassani ikkilamchi bioyoqilg‘iga aylantirish yondashuvlari, hisoblash modeli, o‘lchamni kichraytirish texnologiyalari, biomassani yoqish jarayoni bosqichlari, lignotsellyuloza etanolini ishlab chiqarish jarayoni tahlili, qayta tiklanuvchan energiyani ishlab chiqarish va vodorod iqtisodiyoti, biomassa va biotexnologik jarayonlarini o’rgatadi.

5 Shamol energetikasi

Talabalarda noan’anaviy va qayta tiklanuvchan energiya manbalari va ulardan foydalanish masalalarni tanishtiradi hamda shamol energiyasidan oqilona foydalanishda talaba taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, ekologiyaga zararsiz holda energiya olish usullarini o’rgatadi.

6 Quyosh energetikasi

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va ulardan foydalanish masalalarni tanishtiradi hamda quyosh energiyasidan oqilona foydalanishda talaba taffakkurini shakllantirish va rivojlantirish, quyosh energiyasida foydalaniladigan zamonaviy texnalogiyalarni o’rgatadi.

7 Elektrotexnik materiallar

Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlicha fizik, kimyoviy va elektrik xususiyatlarini, elektr o’tkazgich materiallarning mexanik mustahkamligini va o’tkazuvchanligini o’rgatadi

8 Elektr tarmoqlari izolyatsiyasi va o‘ta kuchlanish

Elektr energetikasi tizimi va qurilmalarida sodir boʼladigan oʼtkinchi jarayonlar, ularning xususiyatlari va oʼtkinchi jarayonlarni xisoblash usullari boʼyicha yoʼnalish profiliga mos bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish.

9 Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash

Elektr energiya tizimidagi qurilmalarni tuzilishini o‘rganish, magistral tarmoqlarni hisobini o‘rganish, iste’molchini yuklamalarini aniqlash. Iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

10 Elektr energiya ishlab chiqarish

Elektr energiya tizimidagi stansiya va podstansiyalarni tuzilishini o‘rganish, magistral tarmoqlarni hisobini o‘rganish, iste’molchini yuklamalarini aniqlash. Iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

11 Elektr ta’minot tizimlarining rele himoyasi va avtomatikasi(magistartura)

Qisqa tutashuv toklarni hisoblash, himoya vositalari va apparatlarni tanlash, rele himoya tizimini loyihalash hamda relelarni tanlashni o’rgаtadi.

12 Elektr energetikada ilmiy tadqiqot(magistrature)

Elektr energetikada ilmiy tadqiqot uslublari, meʼyoriy oʼlchamlarni olib borish, olingan natijalarni tahlil qilish, tegishli ilmiy yechimlar qabul qilish koʼnikmalarni hosil qilish.

13 Elektr va issiqlik energiyasini yig‘ish(magistrature)

Talabaning zamonaviy elektr energetikada qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarni va qurilmalarni tuzilishini nazariy va amaliy masalalarni mustaqil yechishga tayyorlashdan iborat; asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy masalalarning optimal echimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini tanlashda zarur bo‘ladigan asosiy matematik usullarni talabalarga o‘rgatadi.

14 Gidroenergetik stansiyalar(magistrature)

Talabalarda gidroenergetik taffakkurini  rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda suv manbalaridan kompleks foydalanishni, suv energiyasidan foydalanishni, gidroenergetik qurilmalarni elektr energetika tarmog‘idagi o‘rnini, gidroenergetik qurilmalarlarda energiyani  o‘zgartirish, yig‘ish va uzatish usullarini hisoblash mashinalari yordamida hisoblashni o’rgatadi

15 Energetikada matematik modellashtirish(magistrature)

Talabalarda elektr energetik sistemalarining matematik modellashtirish va tadqiq qilish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish

16 Noan’anaviy energiya manbalari(magistrature)

Talabalarga elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari fanining nazariy asoslarini hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish

17 Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilish va boshqarish(magistrature)

Elektr energiyaning avtomatik nazorati va hisobi to‘g‘risida talabalarda ko‘nikma hosil qilish hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda elektr energiyaning avtomatik nazorati va hisobining asosiy tushunchalari, iqtisodiy va texnik ENvaHAT, uni amalga oshirish, sanoat korxonalarida ENvaHATni qurish va tashkil etish variantlari bilan boglik barcha masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish.

18 Elektr stansiya va raqamli nimstansiya(magistrature)

Turli hildagi elektr stansiya turlari va ularning ishlash prinsipi va zamonaviy raqamli nimstansiyaning afzalliklari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to’g’risida information axborot beriladi. 

19 Energetik ob’ektlarni modellashtirish(magistrature)

Elektr energetik tizimlarini matematik modellashtirish va tadqiq qilish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish. EHM lari yordamida vertual labaratoriyadan foydalanishni o‘rgatadi.

20 Qayta tiklanuvchii energiya manbalari va foydalanish texnologiyasi(magistrature)

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni, tabiiy energiyani elektr energiyasiga aylantirishni, hamda zamonaviy yangi texnologiyalar asosida energiya hosil qilish usullarini o‘rgatadi.

21 Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash(magistrature)

Elektr energiya tizimidagi stansiya va podstansiyalarni tuzilishini o‘rganish, magistral tarmoqlarni hisobini o‘rganish, iste’molchini yuklamalarini aniqlash. Iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

22 Elektr uskunalarini sinash hajmi va meʼyorlari(magistrature)

Hozirgi zamon talablariga mos keluvchi sinash usullari va uskunalarn, sinashlarni hajmi va meʼyorlari oʼrganish. Boʼlgʼusi magistr elektr stantsiya va podstantsiyadagi ayni paytdagi foydalanilayotgan yuqori kuchlanish texnika uskunalarni ish tartibi, foydalanish qoidalari, xalokatli holatga olib keluvchi omillar va ularni bartaraf etish uchun olib boriladigan nazorat oʼlchov tadbirlari hamda zamonaviy sinash usullari va uskunalarni ishlash printsiplarini oʼrgatadi.

23 Elektr taʼminoti tizimida energiya tejamkorligi (magistrature)

Magistrlarda elektr taʼminoti tizimlarining elektr energiyasini tejam qilish chora-tadbirlarni oʼrganish sohasidagi bilimlarni mukammallashtirish va boshqa masalalarni mustaqil yechish malakalarini hosil qilish

24 Muqobil energiya manbalari(magistrature)

Muqobil energiya manbalari va ular asosida energiya hosil qilish hamda undan foydalanish usullarini oʼrgatadi.

25 Gidroenergetik qurilmalar(magistrature)

Gidroenergetik inshootlardagi qurilmalarni tanlash, samarali ish faoliyatini tashkillashtirish va ish rejimlarini o’rgаtadi.

26 Elektr taʼminoti tizimining rele himoyasi va avtomatikasi

Qisqa tutashuv toklarni hisoblash, himoya vositalari va apparatlarni tanlash, rele himoya tizimini loyihalash hamda relelarni tanlashni oʼrgatadi.

27 Oʼtkinchi jarayonlar

Talabalarda elektr energetikasi tizimi va qurilmalarida sodir boʼladigan oʼtkinchi jarayonlar, ularning xususiyatlari va oʼtkinchi jarayonlarni xisoblash usullari boʼyicha yoʼnalish profiliga mos bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish.

28 Muqobil energiya manbalari

Muqobil energiya manbalari va ular asosida energiya hosil qilish hamda undan foydalanish usullarinin o‘rgatadi.

29 Elektr tarmoqlari va tizimlari

Elektr ta’minot tarmoqlari va tizimlaridagi rejimlar, elektr uskunalar, iste’molchilarning yuklamalari va elektr energiyasini me’yoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash.

30 Suv xo’jaligida elektr ta’minoti

Suv xo‘jaligi, nasos stansiyalari, sanoat korxonalari va aholi turar joylaridagi elektr ta’minot tarmoqlari; havo va kabel liniyalari; kuchlanish, tok, quvvat hamda quvvat va foydali ish koeffitsientlari; elektr tarmoqlaridagi transformatorlar; tarqatish va taqsimlash uskunalari haqida o‘rgatadi.

31 Elektr ta’minoti

Elektr tarmoqlaridagi havo va kabel elektr uzatish liniyalari, qishloq podstansiyalarining elektrotexnik uskunalari, elektr taqsimlash qurilmalari, ularni boshqarish hamda himoyalashni o‘rgatadi.

32 Elektr apparatlari va jihozlari.

Past va yuqori kuchlanishli elektr jixozlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularni  ta’mirlashni o‘rgatadi.

33 Rele himoyasi va avtomatikasi

Elektr ta’minot tizimida elektr jixoz turlari, ularni tanlash, himoya vosita va rele himoyalarini tanlash, qisqa tutashuv toklarini, kuchlanish isroflarini hisoblab aniqlashni hamda transformatorlarni tanlashni o‘rgatadi.

34 Energo menejment

Ishlab chiqarish korxonalarida elektr qurilmalar va elektr uskunalarni iste'molini to'g'ri tanlash hamda tashkil etishni shunindek, elektr qurilmalardan samarali va to‘g‘ri foydalanish hamda ularni uzluksiz ishlashini ta’minlash chora tadbirlarni amalga oshirish o‘rgatadi.

35 Qayta tiklanuvchan energiya manbalari

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosida elektr energiyasi olish va uni iste’molchiga yo’naltirishni o‘rgatadi.

36 Elektr energiyasi xavfsizligi

Elektr qurilmalarda va himoya vositalarida to’g’ri ishlash hamda texnika xavfsizlik qoidalarini o‘rgatadi.

37 Mutaxassislikka kirish

Talabalarga oʼz mutaxassisligini yakinroq bilish, oʼz xuquq va majburiyatlarini bildirish, Respublika energetikasining rivoji va istiqbollari holati bilan tanishish, auditoriyada, kutubxonada pedagog bilan va mustaqil ishlash oʼquvi va koʼnikmalarini berishdir

38 Elektr taʼminoti tizimining rele himoyasi va avtomatikasi

Qisqa tutashuv toklarni hisoblash, himoya vositalari va apparatlarni tanlash, rele himoya tizimini loyihalash hamda relelarni tanlashni oʼrgatadi.

39 Oʼtkinchi jarayonlar

talabalarda elektr energetikasi tizimi va qurilmalarida sodir boʼladigan oʼtkinchi jarayonlar, ularning xususiyatlari va oʼtkinchi jarayonlarni xisoblash usullari boʼyicha yoʼnalish profiliga mos bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish.

40 Muqobil energiya manbalari

Muqobil energiya manbalari va ular asosida energiya hosil qilish hamda undan foydalanish usullarinin o‘rgatadi.

41 Suv xo’jaligida elektr ta’minoti

Suv xo‘jaligi, nasos stansiyalari, sanoat korxonalari va aholi turar joylaridagi elektr ta’minot tarmoqlari; havo va kabel liniyalari; kuchlanish, tok, quvvat hamda quvvat va foydali ish koeffitsientlari; elektr tarmoqlaridagi transformatorlar; tarqatish va taqsimlash uskunalari haqida o‘rgatadi

42 Elektr ta’minoti

Elektr tarmoqlaridagi havo va kabel elektr uzatish liniyalari, qishloq podstansiyalarining elektrotexnik uskunalari, elektr taqsimlash qurilmalari, ularni boshqarish hamda himoyalashni o‘rgatadi

43 Elektr apparatlari va jihozlari.

Past va yuqori kuchlanishli elektr jixozlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni tuzilishi, ishlash prinsipi hamda ularni  ta’mirlashni o‘rgatadi.

44 Rele himoyasi va avtomatikasi

Elektr ta’minot tizimida elektr jixoz turlari, ularni tanlash, himoya vosita va rele himoyalarini tanlash, qisqa tutashuv toklarini, kuchlanish isroflarini hisoblab aniqlashni hamda transformatorlarni tanlashni o‘rgatadi.

45 Energo menejment

Ishlab chiqarish korxonalarida elektr qurilmalar va elektr uskunalarni iste'molini to'g'ri tanlash hamda tashkil etishni shunindek, elektr qurilmalardan samarali va to‘g‘ri foydalanish hamda ularni uzluksiz ishlashini ta’minlash chora tadbirlarni amalga oshirish o‘rgatadi.

46 Qayta tiklanuvchan energiya manbalari

Qayta tiklanuvchan energiya manbalari asosida elektr energiyasi olish va uni iste’molchiga yo’naltirishni o‘rgatadi.

47 Elektr energiyasi xavfsizligi

Elektr qurilmalarda va himoya vositalarida to’g’ri ishlash hamda texnika xavfsizlik qoidalarini o‘rgatadi.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://earw.tiiame.uz/oz/page/kafedra-tarixi

Kafedra mudiri:  Izzatillayev Jo`rabek Olimjonovich

Qabul kunlari: None