Komputer maktabi

Yer resurslari va kadastr fakulьtetining Geodeziya va geoinformatika kafedrasi oʼqituvchisi Teshaev Nozimjon tomonidan “ArcGIS va Erdas Imagine” dasturlaridan foydalanib Yerni masofadan zondlashda innovatsion texnologiyalar mavzusida 3-kurs (313-314) talablariga kurs tashkil etilgan.

Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash fakulteti Umumtexnik fanlar oʼqituvchisi Avazov Ikrom tomonidan Loyihalash asoslari (CAD/CAM/CAE) va 3D injenerlik dizayni fanlaridan Solid Works dasturidan foydalanib KXM 2 kurs, SXITUF 2 kurs va SXMIM yoʼnalishlari 2, 3 va 4 kurslarga obʼektlarning uch oʼlchovli modellarini qoʼrish, yigʼish ishlari, animatsiya, simulyatsiya, tahlil va render qilish kabi ishlarni amalga oshirib 3D printerida chop qilishga tayyorlash imkoniyatini beradi.

Nazariy va qurilish mexanikasi kafedrasida ANSYS, ABAQUES injenerlik dasturlari boʼlib, konstruktsiyani 2D va 3D koʼrinishda chizib modelini yaratib unga turli kuchlar taʼsir ettirib deformatsiyasi, kuchlanishi, mustaxkamligi va ustuvorligi tahlil qilinadi. Plaxis 3D (unlimited), GTS NX dasturlari asosan Gidrotexnika inshootlarini xisoblashda foydalaniladi. Yaʼni gruntli tugʼonlarni kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini va filtratsiyani hisobga olib hisoblash imkoniyatini beradi. Xar bir kurs oʼtilayotgan kafedralarda kompyuter xonalari mavjud.