VEGERA Agroo‘rmon xo‘jaligi tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyosidan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish


The improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems-Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish

Germaniyaning International Climate InitiativeXalqaro iqlim tashabbusi grant loyihasi

Xalqaro hamkorlar :

  Berlin Texnika universiteti, Germaniya Arxitektura instituti; Tabiiy qurilish laboratoriyasi, Ebersvalde Barqaror rivojlanish universiteti (NNEYE), Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi (ICRAF- lnternational Centre for Research in Agroforestry ) O‘rta Osiyo,  Qirg‘iziston va Hindiston filiallari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi (CGIAR-), Iqtisodiy hamkorlik va  taraqqiyot federal vazirligi (BMZ).

O‘zbekiston Respublikasidagi hamkor  OTM :"ТОШКЕНТ IRRIGATSIYA VA QISHLOQ ХЎЖАЛИГИНИ МЕХАНИЗАЦИЯЛАШ МУҲАНДИСЛАРИ ИНСТИТУТИ" МИЛЛИЙ ТАДҚИҚОТ УНИВЕРСИТЕТИ

Loyiha qiymati: 620.000 EUR

Loyiha muddati:  2021-2024 y.

TIQXMMI dan koordinator:  Prof. Mirzayev B.S.

Loyiha qatnashchilari:  katta o‘qituvchilar G.Eshchanova  va U. Nullayev

  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Germaniyaning International Climate Initiative- Xalqaro iqlim tashabbusi xalqaro loyiha doirasidaThe improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems”-Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish mavzusidagi Germaniyaning (Eberswalde University for Sustainable development )Ebersvalde Barqaror rivojlanish universiteti bilan hamkorlikda umumiy qiymati 620.000 yevroni tashkil qilgan grant loyihani qo‘lga kiritdi. Loyiha 01.08.2021 dan o‘z faoliyatini boshladi.




  Loyiha koordinatori Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlanish universitetidan koordinator professor Martin Uyelp va  O‘zbekiston Respublikasining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining birinchi prorektori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich, loyiha qatnashchilari “Ingliz tili” kafedrasi katta o‘qituvchilari Go‘zal Eshchanova va Ulug‘bek Nullayev hisoblanadi.

                

  Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan mazkur grant doirasida qatnashuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda  xalqaro loyiha doirasida video yig‘ilishlar va  muzokaralar olib borilmoqda va qo‘shimcha shartnomalar imzolanilmoqda. Loyiha doirasida Germaniyaning         Z-U-G tashkiloti loyihalar bo‘yicha O‘zbekistondagi vakili Yuldasheva Dilfuza TIQXMMI ga tashrif buyurdi va bizdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishga musharraf bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, G.Eshchanova  Germaniyaning Ta’lim va Tadqiqot Vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan "E- agroforestry- Food security and livehood improvement through the agroforestry in Central Asia"-"E- agro o‘rmon xo‘jaligi - Oziq -ovqat xavfsizligi va Markaziy Osiyoda agro o‘rmonchilik orqali turmush darajasini yaxshilash"xalqaro loyihasi doirasida   Ebersvalde Barqaror rivojlanish universitetida yosh tadqiqotchi sifatida 20.09.2018-20.11.2018 y. davrida malaka oshirib qaytgan va shu kungacha Germaniyalik professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashishda muntazam ishlab  kelmoqda.