14/01/2022

Bo'sh ish o'rinlari




“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) universiteti huzurida tashkil etilgan Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga quyidagi lavozimlarga ishga taklif qiladi

VAKANT RAHBARIYAT LAVOZIMLARI:

-institut direktori;

-direktorning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari;

VAKANT LABORATORIYA MUDIRI LAVOZIMLARI:

-Fundamental fizika va fizik-kimyo ilmiy laboratoriyasi mudiri;

- Resurs tejovchi texnologiyalar ilmiy laboratoriyasi mudiri;

-Iqlim o‘zgarishlarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ta’sirini baholash ilmiy laboratoriyasi mudiri;

-Biologik tadqiqotlar va oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi ilmiy laboratoriyasi mudiri;

-Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari ilmiy laboratoriyasi mudiri;

-Kosmik texnologiyalar va tizimli tadqiqotlar ilmiy laboratoriyasi mudiri

lavozimlariga ishga taklif qiladi:

LAVOZIM HAQIDA QISQAChA TAVSIF VA MAJBURIYATLAR:

1. Institut direktori lavozimi quyidagi vazifa va majburiyatlarni o‘z ichiga oladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42 sonli qarorining 10-bandida belgilangan «Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari»ni bajarilishini ta’minlash;

institut xodimlarining funksional vazifalarini belgilash va shu asosda ish yuritilishini nazorat qilish;

yuridik va jismoniy shaxslar jumladan, xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda institut manfaatini ifodalash;

institutni moddiy-texnik ta’minlash;

dunyodagi QS, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reytinglarda “TIQXMMI” MTU bilan hamkorlikda faollikni ta’minlash;

institutning xalqaro ilmiy aloqalarini rivojlantirish.

2. Institut direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi quyidagi vazifa va majburiyatlarni o‘z ichiga oladi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42 sonli qarorining 10-bandida belgilangan «Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari»ni bajarilishini ta’minlash;

institutning ilmiy va ilmiy-yordamchi bo‘linmalarining ilmiy va ilmiy-tashkiliy ishlariga ma’sullik qilish;

institut qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ishini tashkil qilish;

mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi ishlarini tasdiqlagan qoidaga muvofiq tashkil qilish.

3. Ilmiy laboratoriya mudirlarining lavozimi quyidagi vazifa va majburiyatlarni o‘z ichiga oladi:

laboratoriyaning butun faoliyatiga: laboratoriya yo‘nalishi va ilmiy tadqiqot ishlarining bajarilishiga, tadqiqotlarning sifatiga va muddatiga, laboratoriyada mehnat intizomi va mehnat muhofazasi qoidalari va texnika havfsizligiga rioya qilishga javob berish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42 sonli qarorining 10-bandida belgilangan «Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari»ni laboratoriya yo‘nalishiga mos ravishda bajarilishini ta’minlash;

laboratoriyaning ilmiy tadqiqot va tajriba ishlarining rejasini tuzish, xodimlarning vazifalarini belgilash va ularning bajarilishini ta’minlash.

tadqiqot ishlarining natijalari asosida xalqaro scopus va web of science jurnallarda muntazam ilmiy ishlarni chop etilishini ta’minlash;

tadqiqot sohasida halqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirib borish.

EGALLAShI LOZIM BO‘LGAN  MALAKALAR

Direktor:

dunyodagi QS, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reyting agentliklarining birida e’lon qilingan  TOP 300 universitetlarda PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki O‘zR OAK tomonidan fan doktori ilmiy daraja diplomiga ega bo‘lishi;

- tegishli fan sohalarida xalqaro scopus va web of science (Q1, Q2) jurnallarda chop etilgan maqolalari bo‘lishi va scopus h-index 20  va undan yuqori bo‘lishi;

- oliy ta’lim muassasasi yoki ilmiy muassasada boshqaruv bo‘yicha to‘plangan muayyan tajriba;

-«Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining asosiy vazifalari»ni to‘liq tushunish.

direktor o‘rinbosari:

dunyodagi QS, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reyting agentliklarining birida e’lon qilingan  TOP 500 universitetlarda PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki O‘zR OAK tomonidan PhD yoki DSc ilmiy daraja diplomiga ega bo‘lishi;

- tegishli fan sohalarida xalqaro scopus va web of science (Q1, Q2) jurnallarda chop etilgan maqolalari bo‘lishi va scopus h-index 10 va undan yuqori bo‘lishi;

-«Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutining ilmiy laboratoriyalarining tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish tajribasiga ega bo‘lishi.

Laboratoriya mudirlari:

dunyodagi QS, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reyting agentliklarining birida e’lon qilingan  TOP 1000 universitetlarda PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega bo‘lgan yoki O‘zR OAK tomonidan PhD yoki DSc ilmiy daraja diplomiga ega bo‘lishi;

- tegishli fan sohalarida xalqaro scopus va web of science (Q1, Q2) jurnallarda chop etilgan maqolalari bo‘lishi va scopus h-index 10 va undan yuqori bo‘lishi;

- tegishli fan sohalarida  ilmiy maktabga ega bo‘lishi yoki ilmiy laboratoriyalarda to‘plangan muayyan tajribaga ega bo‘lishi;

-tegishli ilmiy laboratoriyada tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, ilmiy muammolarni quya olish, sohani rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalarni quyish va uni yechimini to‘liq tushunish.

TILLAR

O‘zbek, rus va ingliz tillarida ish yurita olish, ilmiy bahs va muhokamalarda ishtirok eta olishi yetarli darajada bo‘lishi lozim.

     MUROJAATNING AMALGA OShIRILIShI

Ob’ektiv ma’lumotnoma,  faoliyatingizga doir yangilangan Rezyume va ishingiz haqida yozma ma’lumot jo‘natishingiz maqsadga muvofiqdir. Hujjatlarni 2022 yil 4 fevralga qadar  admin@tiiame.uz  manziliga yuborishingiz so‘raladi.

         Iltimos, arizalaringizni quyidagi  sarlavha ila  yuboring: “Institut direktori” yoki “Direktor o‘rinbosari” yoki “Laboratoriya mudiri” lavozimi.

  Ro‘yhatga kirishga muvaffaq bo‘lgan tanlangan nomzodlar “TIQXMMI” MTU  Boshqaruv kengashi vakillari suhbatiga taklif qilinadi.

        “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) muhandislik (irrigatsiya, suv ho‘jaligi, atrof-muhit, elektrlashtirish va avtomatlashtirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash) yerni boshqarish va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, menejment va marketing kabi qariyb 100 yillik an’anaga ega bo‘lgan sohalarda o‘zining ilg‘or  dasturlari orqali  tanilgan, mintaqada birinchi darajali, deya e’tirof etilgan  akademik va tadqiqot universiteti hisoblanadi.

    “TIQXMMI” MTUning tashviqoti qishloq va suv xo‘jaligi salohiyatini rivojlantirish bo‘lib, Markaziy Osiyoning jahon bozoridagi ta’lim xizmatlari, tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha fan va ta’lim sohalaridagi nufuzini mustahkamlashdan iborat.

     “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti haqidagi batafsil ma’lumotni  https://tiiame.uz sahifasi orqali olishingiz mumkin.

 

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor lavozimiga ishga taklif qiladi: 

Vakansiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi 42-sonli qaroriga muvofiq “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor lavozimi ochilgan. 

Lavozim haqida qisqacha tavsif va majburiyatlar. Transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektor lavozimi quyidagi vazifa va majburiyatlarni o‘z ichiga oladi:
 -mavjud an’anaviy universitetni jahon andozalari darajasidagi tadqiqot universitetiga aylantirish bo‘yicha ish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish jarayoniga rahbarlik qilish;
- universitetning strategik rivojlanish rejasini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; 
-universitet faoliyatini nufuzli xorijiy universitetlar faoliyatiga transformatsiya qilish;
- universitetning o‘quv hamda ilmiy dasturlari va resurslarini xalqarolashtirishni targ‘ib qilish;
- xalqaro ilmiy, ta’lim va salohiyatni oshirish yo‘nalishlaridagi grantlar va IT startup  loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va universitetga sarmoya jalb qilish faoliyatida faol ishtirok etish;
-universitet boshqaruv tizimi hamda o‘quv va ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish jarayonlari, kutubxona faoliyati va hujjatlar aylanmasini raqamlashtirishga asos bo‘luvchi “Raqamli Universitet” platformasini ishlab chiqish va uning faoliyatini ta’minlash;
-jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib borish va ularni o‘z faoliyatida ishlab chiqarishga joriy etish choralarini ko‘rish;
-universitet huzuridagi ta’lim tashkilotlariga tashkiliy ishlarda tegishli yordam va maslahatlar berish xizmatini ko‘rsatishni tashkil qilish hamda amalga oshirish;
 -  OTM rahbariyati bilan hamkorlikda universitet boshqaruvi, oliy ta’lim, qishloq va suv ho‘jaligi, global atrof muxit, yer haqidagi fanlar, shuningdek, muhandislik va barqaror iqtisodiy taraqqiyot kabi sohalarda  ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini  amalga oshirishda ishtirok etish.

     Nomzod ega bo‘lishi lozim bo‘lgan  malakalar:
- dunyodagi QS, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities reyting agentliklarining birida e’lon qilingan  TOP 300 universitetlarda PhD yoki DSc ilmiy darajasiga ega  bo‘lishi 
- tegishli sohada xalqaro scopus va web of science (Q1, Q2) jurnallarda chop etilgan maqolalari bo‘lishi va N indeksi 5dan yuqori bo‘lishi
- universitet boshqaruvi bo‘yicha ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarida to‘plangan muayyan tajriba;
-suv, ekologiya va qishloq xo‘jaligi  sohalari bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini ta’minlash bo‘yicha puxta  bilim;
- fanlararo va aniq fanlar bilan ishlash qobiliyati 
-oliy ta’lim, tadqiqot va ishlanmalarni transferi bo‘yicha  loyihalarni ishlab chiqish va boshqarish qobiliyati 
- “TIQXMMI” MTUning asosiy ustuvor yo‘nalishlari faoliyatini  anglash 

Tillarni bilish talabi:
 Ingliz tilida ravon og‘zaki va yozma nutq qobiliyatlariga ega bo‘lish. O‘zbek   tilini bilish ko‘nikmalari barobarida rus tilini egallaganlik  qadrlanadi.
  
 Tanlovda ishtirok etish:
 Tanlovda ishtirok etish uchun ariza,   tavsiya beruvchi shaxslarning ismi sharifi ko‘rsatilgan 2 ta tavsiyanoma, talabgorning yangilangan “Rezyume” si va so‘ralgan ish tajribalarini ko‘rsatuvchi ishlari haqida yozma ma’lumotlarni jo‘natish so‘raladi. Ariza va so‘ralgan hujjatlarni 2022 yil 28 yanvariga qadar  pepiwm@tiiame.uz  elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.  Ariza “TIQXMMI” MTU  prorektorlik lavozimi sarlavxasi bilan yuborilsin.
Taqdim etilgan hujjatlar tahlili asosida tanlangan va qisqa ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar “TIQXMMI” MTU  Boshqaruv Kengashi vakillari bilan suhbatga taklif qilinadi.

        “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) muhandislik (irrigatsiya, suv ho‘jaligi, atrof-muhit, elektrlashtirish va avtomatlashtirish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash), yer resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, menejment va marketing kabi sohalarda o‘zining 100 yillik an’analari va ilg‘or  dasturlari orqali tanilgan, birinchi darajali akademik va tadqiqot universiteti  hisoblanadi. 
   
“TIQXMMI” MTU missiyasi: Suv va qishloq xo‘jaligi saloxiyatini rivojlantirish hamda oliy ta’lim xizmatlari, tadqiqotlar va innovatsiyalar global bozorida Markaziy Osiyoning oliy ta’limi va fani nufuzini oshirishdan iborat. 

     “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti haqidagi batafsil ma’lumotni  https://tiiame.uz sahifasi orqali olishingiz mumkin.

Ishga taklif etadi

Toshkent shahar “BURG‘ILASH XIZMATI” MCHJ muassisi-“Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” Davlat muassasi iqtidorli bitiruvchilarni ishga taklif etadi.

Manzil: 100104 Toshkent sh. Yashnobod tumani Quruvchilar ko‘chasi, 1- uy

Tel: (+998-71) 263-22-39, 263-01-76

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati 2020-2021 o‘quv yilida oliy ta’lim muasssasasini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tamomlagan iqtidorli bitiruvchilarni suhbat asosida jamiyat va uning tizimidagi korxonalarga yashash joyi bo‘yicha ishga qabul qiladi:

1. Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika ob’ektlari.

2. GES qurilishi va ulardan foydalanish.

3. Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida).

4. Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish.

5.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish.

6. Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti.

 

Manzil: 100011,Toshkent sh. Navoiy-22

Tel:(+99871) 241-33-84, E-xat:uzgidro@exat.uz

E-mail:qabulxona@uzgidro.uz

OAO «Трастовая компания «Татмелиорация» выполняет весь комплекс работ. На сегодняшний день наша организация нуждается в грамотных, специализированных сотрудниках для работы в проектно-сметном управлении (направлениям: орошение, гидротехника).

 

Адрес: г.Казань, ул. Гвардейская 15, тел (843) 272-72-70, факс (843) 272-50-46

Исполнитель: Соколова И.А. 8(843) 272-84-47  pso@tatmeleo.ru

Toshkent shahar “DEBYUT” ishlab chiqarish kooperativi iqtidorli bitiruvchilarni ishga taklif etadi.

Manzil: Toshkent sh. Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 29 uy

Tel: (71-279-56-72,90-167-01-68)

e-mail:info@poliv.uz, comwebsite:www.poliv.uz

Toshkent shahar “Aqua Consult” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablarning kichik ro‘yhati mavjud, Auto Cad 2d va MC Ofice dasturidan foydalanish, ingliz va rus tillarini bilishi tavsiya etiladi.

Manzil: Toshkent sh. Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 29 uy

Tel:(90-960-55-23)

www.aquaconsult.uz, e-mail:info@ aquaconsult.uz

 

Toshkent viloyati suv omboridan foydalanish boshqarmasi (Toshkent va Ohangaron suv omborlari)ga Suv xo‘jaligi va melioratsiyasi, Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, Elektr energetikasi, Gidrotexnika qurilishi va Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishlari bitiruvchilarini o‘zida mavjud bo‘sh (vakant) o‘rinlarga  ishga qabul qiladi.

Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi rahbariyati

Tel: (70-764-32-43; 99-858-78-74)

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi

 Tel: (71-237-09-85)

Samarqand viloyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha har oyning 1sanasiga shakllantiriladigan hisobotlar viloyat hokimligining rasmiy ijtimoiy tarmoqlariga va “ish2.mehnat.uz” veb-saytiga joylashtirilib boriladi.

Shunga ko‘ra ushbu ma’lumotlardan foydalanilgan holda mutaxassisliklar bo‘yicha ish o‘rinlariga bitiruvchi talabalar ishga joylashishi taklif etiladi.

 

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi

 Tel: (71-237-09-85)

Toshkent viloyati TST AgroKlaster-Quyichirchiq tumani, Buxoro viloyati "BST" AgroKlaster-Romitan tumani va Surxondaryo viloyati "SST" AgroKlasteri Qiziriq tumanlariga  Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish, Qishloq xo‘jaligi va melerativ texnikalari texnik servisi, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash, Suv xo‘jaligi va melioratsiyasi, Geodeziya, kartografiya va kadastr, Yer tuzish va yer kadastri, Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit va Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish yo‘nalishlari bitiruvchilarini ishga taklif qiladi.

 

 

Familiyasi  ismi va otasining ismi

Yo‘nalish kodi

Yo‘nalish nomi

Doimiy yashash manzili

Telefon

Til bilish darajasi

Sertifik bor/yoq

Toshkent viloyati TST AgroKlaster-Quyichirchiq tumani

Buxora viloyati "BST" AgroKlaster-Romitan tumani

Surxondaryo viloyati "SST" AgroKlasteri Qiziriq tumani

 

 

 

 

 

 

 

 

xa

 

 

           
 

* “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring”  bo‘limiga ma’lumotlarni 5 may 2021 yilgacha taqdim qilishi mumkin.

 

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi

 Tel: (71-237-09-85)

Amerikaning logistika kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi yuklarni koordinatori lavozimiga xodimlarni jalb qilmoqda. Bitiruvchilar va faol talabalar uchun qulay bo'lgan har qanday smenada.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

1. Ingliz tili darajasi B2-C1 (IELTS 6.5 va undan yuqori)

2. Rus tili va o'zbek tilining darajasi B2-C1

3.  Mustaqil kompyuter  foydalanuvchisi

Ofis manzili: Mustaqillik shoh ko'chasi, 79a, (Hamid Olimjon metro bekati) Telegram botiga @itfgrouphrbot rezyumeini yuboring Qo'shimcha ma'lumot uchun (90-185-28-11) raqamiga qo'ng'iroq qiling bizning veb-saytimiz www.itfgroup.com

 "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti xorijiy tadqiqotchilar, professorlar/dotsentlar/yosh olimlarni  universitet  jamoasiga qabul qilish qilish  jarayoni boshlanganligini mamnuniyat bilan e'lon qiladi. Yangi  falsafa doktorlari va fan nomzodlari asosan kafedra assistenti lavozimiga ishga qabul qilinadilar, belgilangan muddat tugagandan so‘ng va qo‘shimcha attestasiyadan o‘tkach dotsent lavozimiga ko‘tariladi. Tegishli talablarni bajargan va natijalarni ko‘rsatganlar  yana besh - yetti yil davomida professor lavozimga o‘tkazilishi mumkin. Boshqa universitetdan kelgan yoki doktorlik dissertasiyasiga ega bo‘lgan, tegishli sohada ilmiy ish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodalar dotsent lavozimiga ishga qabul qilinishi mumkin.
Nomzodlardan quyidagilarga ega bo‘lish kutiladi:
- yaxshi pedagogik va ilmiy tajribaga  hamda tegishli mutaxassislik bo‘yicha Ph.D. yoki fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lish. Xalqaro reytinglarda birinchi 1000 talikka kiruvchi universitetlardan ilmiy daraja olganlarga ustivorlik beriladi;
- ingliz tilini talab darajasida bilish (rus /o‘zbek tilini bilish ma'qullanadi, lekin talab qilinmaydi);
- yuqori darajada tadqiqot o‘tkazish, o‘qitish va taqdimot qilish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- OTMlarida kamida ikki yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
- qator mutaxassislar va talabalar guruhi bilan birga ishlay olish;
- ochiq fikrli va intizomli.
"Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" milliy ilmiy-tadqiqot universiteti o‘zining yuqori darajadagi muhandislik (irrigasiya, suv resurslari, atrof-muhit, yelektrlashtirish va avtomatlashtirish, qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash, yer resurslarini boshqarish va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti / menejment va marketing) sohasidagi yetakchi dasturlari bilan tanilgan birinchi darajali, mintaqaviy tan olingan oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasidir. "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti xalqarolashtirish uchun o‘ziga xos qulay muhitga ega. "TIQXMMI" milliy tadqiqot universitetida hozirgi kunda  Koreya (Janubiy Koreya), Vengriya, Rossiya, Pokiston, Qozog‘iston va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan o‘nlab yuqori malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

YouTube-ga havola https://www.youtube.com/watch?v=BEvhkCDi0r8

Barcha bo‘lim va bo‘limlar biriktirilgan hujjatda keltirilgan.


Iltimos, "TIQXMMI" MTU ga virtual sayohat qiling http://virtualtour.tiiame.uz

 

 

 

Chirchiq-Ohangaron ITXB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyadagi bo‘sh ish o‘rinlari (bo‘sh lavozimlar)ga ishga taklif etadi

Kasbi, mutaxassisligi

Talab  qilinadigan ma’lumot

Bo‘sh ish o‘rinlari soni

Ish xaqi bir oyga (so‘m)

Qo'shimcha ustama haqlar

 
 

1

Kadrlar bo'yicha mutaxassis

Oliy

1

1937520.00

290628,00

 

2

Bosh muhandis

Oliy

1

1937520.00

290628,00

 

3

Bosh hisobchi

Oliy

1

2223456.00

333518,40

 

4

Bosh meliorator

Oliy

1

1937520.00

290628,00

 

5

Bo'lim boshlig'i

Oliy

2

2223456.00

333518,40

 

6

Muhandis meliorator

Oliy

4

1661520.00

249228,00

 

7

Dasturchi muhandis

Oliy

1

1661520.00

249228,00

 

8

Meliorativ tizimlar bo'yicha texnik

Oliy

1

1400976.00

210146,40

 

10

Texnik meliorator

Oliy

5

1221024.00

183153,60

 

Jami bo‘sh o‘rinlar

17

 

 

 

 

Ish beruvchining manzili: Parkent tuman, Qaraqalpoq qfi, To‘maris ko‘chasi 9 uy

Bo'lim boshlig'i: F.Tursunov  tel. 99 860-68-31

Kadrlar bo'yicha mutaxassis v.v.b.: M.Shaxobitdinova tel.93 581-82-49

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2022/2023 o‘quv yili uchun:

"Lingvistika (ingliz tili)";

"Mexanika" fani;

"Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti" yo‘nalishlari uchun mutaxassis professor-o‘qituvchilar va bitiruvchi magistrlarni tanlov asosida ishga qabul qiladi.

Manzil:Navoiy shahar Mahmud Tarobiy ko‘chasi 72 uy

Ijrochi:I.Karimov

tel: (79) 233-57-33

Xususiy banklar reytingi bo‘yicha Respublikamizda 1-o‘rinda turadigan Davr bank universitetning barcha mutaxassisliklardagi 3-4 kurs talabalarni fuqarolik huquqiy shartnomalar asosida ishga taklif etadi, ish vaqti soat 1400 dan 1830 gacha, 0.5 stavka asosida, boshlg‘ich oylik maoshi 2 million so‘m.

Murojaat uchun: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Shimoliy Olmazor ko'chasi, 17 b uy, Davr bank ish yurituvi bo'limi boshlig'i Zakirova Moxira Zairovna, Tel. 1284 yoki  +998990700270

Ozbekistondagi eng yirik korxonalradan biri "Texnopark" MChJ bo‘lajak mutaxassislar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda!

"Texnopark" MChJ yangi ish o‘rinlariga ishga taklif etadi:

- Bosh muhandis

- Bosh mexanik

- Bosh texnolog

- Muhandis

- Muhandis-loyihachi

- Muhandis-konstruktor

- Sifat boyicha muhandis

- Mehnat muhofaza qilish va texnika xavfsizligi muhandisi

- Muhandis-texnolog

- Elektron muhandis

- Sifat nazoratchisi

- Hudud boshqaruv ustasi

 

Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Elbek ko‘chasi, 61. Do‘stlik metrosi T sh., Yashnobod tumani,

+998955150072 (Telegram)

+998712108080 (ichki raqam 1105, 1129)

hr@texnopark.uz

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Energetika vazirligi va tizim tashkilotlarida stajirovkasini tashkil etish maqsadida yosh mutaxassislarni tanlash dasturi tasdiqlangan (https://minenergy.uz/uz/lists/view/409).

Dasturga muvofiq oliy ta’lim muassasalaridan kamida 10 nafar eng iqtidorli talabalar saralab olinadi hamda Energetika vazirligi tizimidagi “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zatom” agentligi, “Milliy dispetcherlik markazi” DUK hamda Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida stajirоvka o‘tash uchun yuboriladi. Shuningdek, talabalarga stajirovka davomida belgilangan tartibda oylik maoshlari ham to‘lab boriladi.

Mazkur Dastur ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Geologiya fanlari universiteti hamda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Moskva muhandislik-fizika instituti (MIFI) va Moskva energetika instituti (MEI)ning Toshkent shahridagi filiallari bitiruvchi kurs talabalari uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi:

1. Energetika (issiqlik energetikasi);
2. Elektr energetikasi;
3. Gidroenergetika;
4. Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha);
5. Gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish;
6. Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha);
7. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi;
8. Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi.

Tanlovda:
➖oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil oluvchi bitiruvchi kurs talabalari;

➖ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikati (kamida B1 daraja) mavjud bo‘lgan hamda o‘rtacha reyting bahosi 71 foizdan yuqori bo‘lgan bitiruvchi talabalari qatnashishlari mumkin.

Tanlov 2023-yil 5-fevraliga qadar (shu kun ham) davom etadi.

Talabalar hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishlari mumkin (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSemU95PXIeYFlxlRn9EUx9vNS0b_ZUIpZ3ukjFqNLtsNTHSzg/viewform).

Energetika vazirligi
Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi

@minenergy_uz

1.Texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i (SHSTB)

"TOSHKENT SHAHAR SUV TA`MINOTI" MCHJ (STIR: 201052713)

Toshkent shahri, Mirobod tumani.

2.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha inspektor

"OGNEUPOR" MCHJ (STIR: 202610025) Toshkent shahri, Yunusobod tumani.

3.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"TOSHKENT ISSIQLIK MARKAZI" DUKSI (STIR: 200524323)

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 7-IM "Aviasozlar".

4.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"MILK HOUSE" MCHJ (STIR: 303783550) Toshkent shahri, Uchtepa tumani

5.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"TOSHKENT SHAHAR SUV TA’MINOTI" MCHJ (STIR: 201052713)

Toshkent shahri, Mirobod tumani. Uchtepa va Chilonzor tumanlararo oqava suv tarmoqlari bo‘limi.

6.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha inspektor

"GULISTON MELIORATOR SERVIS" MCHJ (STIR: 303222575) Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Mexnat muhofaza qilish inspektori.

7.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

"AGROSERVIS SAYXUNOBOD MTP VA ISM" MCHJ (STIR: 305146914)

Sirdaryo viloyati , Sayxunobod tumani. Boshqaruv apparati.

8.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha inspektor

"BOBOATO REM STROY" MCHJ (STIR: 308466180) Sirdaryo viloyati, Guliston. Ishlab chiqarish bo‘limi.

9.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI KONSTRUKTORLIK BYUROSI VA TAJRIBAVIY ISHLAB CHIQARISH ILMIY-TEXNIK MARKAZI (STIR: 305719721) Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani.

10.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"TOSHKENT VILOYATI OITS-GA QARSHI KURASH MARKAZI" DAVLAT MUASSASASI (STIR: 206939514) Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani

11. Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ekologiya bo‘yicha muhandis

"UZBAT AO" AJ (STIR: 200987017) Toshkent shahri, Yunusobod tumani.

12.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"TOSHKENT METALLURGIYA ZAVODI" MCHJ (STIR: 304574612) Toshkent shahri, Chilonzor tumani. Mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi va ekologiya xizmati.

13.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"QUICK NET TELEKOM" MCHJ (STIR: 303436973) Toshkent shahri, YUnusobod tumani.

14.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

QURILISH KO‘CHMA KOLONNA 017 (STIR: 300055492)

Toshkent shahri, Mirobod tumani. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi.

15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"TREST-7" MCHJ (STIR: 302782276)

Toshkent shahri, Mirobod tumani. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi.

16.Mehnat va fuqaro muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligi muhandisi

"O‘QITUVCHI MATBAA UYI" MCHJ (STIR: 205190974) Toshkent shahri, Yunusobod tumani.

17.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

IIV QOSHIDAGI ''QURILISH TA’MIRLASH GURUHI'' UK (STIR: 203554807)

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani

18.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati boshlig‘i

"TECHNOPLASTIC" MCHJ (STIR: 309268410) Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani. AUP.

19.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"TOSHKENT SHAHRIDAGI PUCHON UNIVERSITETI" NODAVLAT TA'LIM MUASSASASI (STIR: 305648748) Toshkent shahri, Chilonzor tumani.

20.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

Maosh ko‘rsatilmagan

"TEXNOPARK" MCHJ (STIR: 306493973) Toshkent shahri, Yashnobod tumani. Bazalt tosh yalıtım mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ma’muriy va boshqaruv xodimlari.

21.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"REMEDY" MCHJ QO‘SHMA KORXONA (STIR: 204711530) Toshkent shahri, Olmazor tumani. Ishlab chigarish bo`limi.

22.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"UZ AERO TECH GROUP" MCHJ (STIR: 305466911) Toshkent shahri, Mirobod tumani. Ma’muriy xodim.

23.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis 1-toifali

"O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI KARTOGRAFIYA MARKAZI" DAVLAT MUASSASASI (STIR: 201052239) Toshkent shahri, Mirobod tumani. Boshqarma.

24.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"GRANITE INDUSTRIES TECHNOLOGY" MCHJ (STIR: 305557584)

Toshkent shahri, Yangihayot tumani. Xodimlar boshkaruvi bulimi

25.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

"AKFA BUILDING MATERIALS " MCHJ (STIR: 300829826) Toshkent shahri , Olmazor tumani. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘limlariga tanlov asosida ishlarga taklif etiladi.

Bo'sh ish o'rinlari bo'yicha batafsil ma'lumotlarni: vacancy.argos.uz va ish.mehnat.uz saytlaridan ham olioshingiz mumkin