TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2023

Yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik.

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti  1- bosqich talabalari bilan yakuniy nazoratlar oldidan oraliq nazoratlarni qanday topshirayotganligi hamda Talabalar turar joyida yashash holati va tozallikka rioya etishlari borasida tanishish  maqsadida 3-Talabalar turar joyiga borildi. Yotoqxona qavatlar kesimida dars qilishga mo‘ljallangan kompyuter xonalarida talabalar uchun sharoitlar mavjud. Fakultet dekan o‘rinbosari J.Turdiev talabalarga Universitet ichki tartib-intizomga hamda “Odob-ahloq” kodeksida belgilangan tartiblarga talabalar tomonidan doimiy ravishda rioya qilishlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi.

                                                              "Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari D. Egamova va G. Shodieva axboroti

                                                                         Universitet matbuot xizmati