TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2023

Millat dardi bilan yashagan shoir

2023-yil 18-noyabr "Yer resurlari va kadastr" fakulteti  tyutori Turg'unova Maftuna Zokirovna rahbarligida fakultetimizning 1-kurs  talabalari  “Adiblar xiyoboni”ga tashrif  buyurishdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi qaroriga muvofiq, ma’naviy hayotimizda o’chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning nomlarini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida O’zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodi bo’yicha talabalarga ma’lumotlar berildi.

Yozuvchilar  uyushmasi a’zosi shoir Davron Rajab  ishtirok etdi va o’zining she’rlaridan o’qib berdi va talabalar ham sevimli shoirimiz  Abdulla Oripovni she’rlaridan  namunalar keltirdilar va xotiralari bilan o’rtoqlashdilar. Shoir Davron Rajab sevimli adibimiz Abdulla Oripovni talabalik davrlarini esladilar. Talabalar shoir Davron Rajabdan manmun bo’ldilar. Tadbir talabalar tomonidan ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

“Yer resurslari va kadastr” fakulteti  tyutori M.Turg'unova axboroti

Universitet matbuot xizmati