TIQXMMI yangiliklari

img
18.09.2023

Talabalar bilan uchrashuv

Joriy yilning 16-sentabr kuni Yer resurslari va kadastr fakultetining 1-2-bosqich talabalari bilan keng qamrovli uchrashuv boְ‘lib o‘tdi. 
Uchrashuvda iqtidorli talabalarni aniqlash Prezident va nomli davlat stipendiyalari hamda turli startap va innovatsion tanlovlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek,  talabalarda qanday bilim va ko‘nikmalar mavjud bo‘lishi zarurligi hamda talabalarga universitet tomonidan yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirishtirildi. 

  

Uchrashuvni Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i Zahiriddin Xolmatov, ikkikarra Prezident stipendiyasi sohibi, PhD Ozodov E’zoz hamda universitetida yangi tashkil etilgan “Students' Unions” jamosi a’zolari olib bordilar. Bugungi kunda universitetda iqtidorli talabalar soni kengayib bormoqda. Universitetda talabalar uchun turli tanlovlar, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa ko‘plab imkoiyatlar tashkil etib kelinmoqda. Ushbu o‘tkazilgan tadabir ham talaba-yoshlarning ilmiy-tadqiqotlarga keng jalb qilish ularda bilim olishga intellektual salohiyatni mustahkamlash uchun muhim omillardan biri bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Tadbir Yer resurslari va kadastr fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari H. Eshova hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etildi.

Universitet matbuot xizmati