TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2023

Katta hayotga qadam

Maktab davrlari hayotimizning eng quvonchli va betakror vaqtiga to‘g‘ri keladi. Maktabda olgan bilimlar ustozlarning mehribonligini hamon esimizdan chiqarmaymiz, doim yodimizda. Bejiz aytishmaydi yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan nashq kabidir, deb.

Ana shu bilimlarning sarhisobi bugun so’nggi qo‘ng‘iroqdan keyin boshlanadi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash zamon taqozosi. Aqliy zakovat va ruhiy – ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir. “Professional ta’lim” kafedrasi professor – o‘qituvchilari va shogirdlar tomonidan bugun Nurafshon shahar 1-sonli umumiy o‘rta maktabiga tashrif buyurilib, maktab bitiruvchilariga katta hayot yo‘lida ildam qadam qo‘yishlari uchun ularni tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab, sovg‘alar topshirildi.  Hamkorligimiz abadiy bo‘lsin.

Universitet matbuot xizmati