TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2023

Ma'rifatli qizlar - millat ko'zgusi

Millatni yuksaltirmoqchi bo‘lsak, bo‘lajak onalarni, qizlarimizni bilimli, tafakkuri keng qilib tarbiyalashimiz shart. Joriy yilning 24 may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tashkilotchiligida fakultetimiz talaba qizlari ishtirokida "Ma'rifatli qizlar- millat ko'zgusi" mavzusida  ma'naviy, ma'rifiy, tarbiyaviy tadbir o'tkazildi.

Tadbirni fakultetimiz dekani Rashid Hakimov ochib berdilar. Shundan so'ng tadbirimizning hurmatli mehmoni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo'lim boshlig'i, taniqli shoira Farog'at Xudayqulova hayot tajribalari haqida gapirib, ilm inson hayotni yorituvchi nur ekanini, buning isboti o'z boshlaridan o'tkazganlarini, hayotiy voqealar asosida, sodda, ravon so'zlar bilan  gapirib berdilar. Bu go'zal  nasihatlar qizlarimiz hayotida dasturulamal bo'lib, hayot yo'llarini yorituvchi mayoq bo'lishi talaba qizlarimizni e'tibor va butun vujudlari bilan tinglaganlaridan ko'rinb turibdi.

Tadbirda universitetimiz xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi professor Zuxra Qarabayevna shoiramizga mazmunli, qiziqarli, foydali nasihatlari uchun universitetimiz rahbariyati nomidan chuqur minnatdorchilik bildirdilar. Tadbir shoiramizni yuqori saviyadagi mazmunli nutqi, o'qib bergan sh'erlari, savol - javoblar bilan avj olib,  juda  qizg'in va  foydali  o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

       Universitet matbuot xizmati