TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2023

Haqli eʼtirof

Dastavval, “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etila boshlagan ushbu intellektual musobaqa davomli tarzda boʻlayotgani ahamiyatlidir.

Asosiy maqsadi bilim olishga intilayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida realizatsiya qilsa boʻladigan, oʻzbekistonliklar farovonligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashishdan iborat boʻlgan tanlovda koʻpgina iqtidor egalari kashf etildi. Yoshlar oʻrtasida oʻziga xos anʼanaga aylanib ulgurgan keng qamrovli musobaqalar, yetishib chiqayotgan yangi kadrlar uchun tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qiladi. Ularning kelgusi faoliyatiga salmoqli hissa qoʻshadi.

Respublika tanlovining final bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Universitetimizdan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovida ishtirok etgan talabalarimizdan ”Gidromelioratsiya“ fakulteti Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi yoʻnalishi 2-kurs magistranti Turdiyev Akbarali Usmon oʻgʻli, fakultetning bakalavr bosqichi 3-kurs Suv xoʻjaligi va melioratsiya yoʻnalishi talabalari 301-guruhdan Tojimurodov Faxriddin Jahongir oʻgʻli, 302-guruhdan Bekmetov Inomjon Oʻktam oʻgʻli, 303-guruhdan Xiyalov Islambek Abdimalik oʻgʻli va “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 4-bosqich talabasi Yoʻldoshev Sunnatillolar ”Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi gʻoliblari deb topildi. Bu esa universiotetimiz jamoasining yutugʻidir.

           Universiteti matbuot xizmati