E'lonlar

13.05.2023

Kim Vyacheslav Valentinovichning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan taqdimnomasi himoyasi to'g'risida

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengashning 2023-yil 19-may soat 1700 dagi navbatdagi yigʼilishi

KUN TARTIBI:

Kim Vyacheslav Valentinovichning 01.04.02- “Nazariy fizika” ixtisosligi boyicha Ultraqisqa impulslar yordamida lazer plazmalarda ionlanish va yuqori tartibli garmonika hosil bo‘lishini o‘rganish mavzusidagi eʼlon qilingan ilmiy ishlar asosida dissertatsiyasiz falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan taqdimnomasi himoyasi.

Ilmiy rahbar:

Ganeev Rashid Ashirovich

Fizika-matematika fanlari doktori, professor

Latviya universiteti, Riga, Latviya

Ilmiy Kengash faoliyat korsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengash.