O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi haqida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev  2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” YoIH ning IV- Qurultoyida ishtirok etdi. Bu Qurultoyda davlat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibori va yoshlarning davlat kelajagiga ma’sulyat bilan yondashayotganligi yana bir bor o’z aksini topdi.  Prezidentimiz yoshlarning erishayotgan yutuqlari bilan o’zbek xalqi faxrlanishini ta’kidlab, yoshlarni qiynayotgan muammolarga to’xtalib o’tdi.

Qurultoyda yoshlarning madaniyatini boyitish, intellektual salohiyatini oshirish,  dunyoqarashini yanada kengaytirish, o’sib kelayotgan yoshlarni o’z mutaxassisligi bo’yicha tayyorlash, ularni rahbar sifatida shakllantirib borish va eng asosiysi yoshlarda vatanga bo’lgan muhabbatini yanada kuchaytirish  masalalari dolzarb mavzu sifatida qo’yildi. 

Qurultoyda “Kamolot” YoIH ni tubdan isloh etish, uning faoliyatini yanada kengaytirish, yoshlarni keng miqyosda jalb etish, yoshlarning  ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko’maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo’lib yetishishiga munosib hissa qo’shish  maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Kamolot”  YoIH negizida  “Yoshlar Ittifoqi” yoshlar  tashkiloti ta’sis etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. “Xo’sh, Yoshlar  Ittifoqi vatanimiz ravnaqi yo’lida yoshlar uchun qanday imkoniyatlarni  bera  oladi  va  qanday vazifalarni bajaradi?” degan savol har bir yurtdoshimiz ko’nglidan o’tgan bo’lsa ajab emas.

 Hozirda Yoshlar Ittifoqiga yoshlar o’z qobiliyatidan  kelib chiqqan holda va o’z xohishlari bilan yoshlar tashkilotiga ilk qadamlarini qo’ymoqda. Bunda yoshlar qamrovi cheklanmagan holda, O’zbekistonning  barcha  yoshlarini jalb qilish, yoshlarga o’z yo’lini tanlashda ko’maklashish,  ularga moddiy  va ma’naviy yordamlashishni o’zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo’ydi. Yurtimizdagi har bir yosh ularga berilayotgan imkoniyatlardan chetda qolmasligi shart.