Ikkinchi oliy ta'lim (mutaxassislik)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari universitetning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasini hisobga olgan holda universitet kengashi tomonidan belgilanishini ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur Qarorga asosan “Toshkent va irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 606-sonli qarori bilan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari universitetning ilmiy-pedagogik salohiti va moddiy-texnik bazasini e’tiborga olib, ta’lim yo‘nalishlarining tillar kesimidagi 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlangan.

Talabgorlarni “Toshkent va irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilish sirtqi ta‘lim shaklida va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qabul qilish tartibi

Talabgorlar 10 iyuldan 10 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy ikkinchitalim.edu.uz sayti orqali onlayn royxatdan otadilar.

Talabgorlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishida tizimga shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi va quyidagi hujjatlarni yuklashi talab etiladi:

  • oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
  • diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
  • hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

      Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.

 

Ikkinchi oliy ta’lim NIZOMI

Ikkinchi_oliy_talimga_qabul_qilish_bo'yicha_baholash_mezoni

Ikkinchi oliy talim savollar to'plami

SUHBAT JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH

Suhbat komissiyasiga oliy ta’lim muassasasining tegishli soha bo‘yicha professor- o‘qituvchisi kiritiladi. Suhbat jarayoni to‘liq va sifatli videokuzatuv ostida o‘tkazilishi va videoyozuvlar kamida uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanadi. Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Belgilangan muddatlarda suhbatga kelmagan bitiruvchilarga shu o‘quv yili uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichidan o‘qishga qabul qilinmaydi. Nomzodlarni suhbat orqali imtixondan o’tkazishda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

Baholash mezonlari

Ballar

(мах. 100 ball saralash 55 ball)

1.

Kasbiy ishtiyoqi va o‘qishga kirish sabablari (tanlanayotgan ta'lim yo‘nalishining mohiyati va mazmuni, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, ushbu ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy faoliyati turlari va kasbiy faoliyat ob'ektlari to‘g‘risidagi tasavvurga egaligi va mazkur ta'lim yo‘nalishini tanlashga undagan sabablar)

(max.25 ball)

2.

Ta'lim yo‘nalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi bo‘yicha egallangan bilim darajasi (Ta'lim muassasalariga tasdiqlangan fanlar majmualariga muvofiq)

(max.50 ball)

3.

Umumiy intellektual darajasi

(o‘z fikrini aniq-ravshan, mantiqiy va ijodiy bayon qila olish hamda o‘z fikrini asoslantira olish qobiliyati)

(max.25 ball)

 

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi. Mazkur savollar bo‘yicha baholash mezonlari tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadi hamda ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. Savollar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Suhbat jarayonida Suhbat komissiyasining har bir a’zosiga namunaviy shakldagi bitiruvchining suhbat natijalarini qayd etish varag‘i (keyingi o‘rinlarda - suhbat natijalarini qayd etish varag‘i) beriladi. Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan suhbat natijalarini qayd etish varag‘iga har bir bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra ball belgilab boriladi va imzolanadi.

Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha suhbat jarayoni yakunlangach Suhbat komissiyasi a’zolari tomonidan to‘ldirilgan suhbat natijalarini qayd etish varaqlaridagi ballar hisoblab chiqiladi va shu asosida bitiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘i to‘ldirilib, Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtachasi 56 ball va undan yuqori bo‘lganda abiturient suhbatdan o‘tgan hisoblanadi. Muayyan ta’lim yo‘nalishi (guruh) bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra suhbatdan o‘tganlar ro‘yxati shu kunning o‘zida abiturientlarga o‘qib eshittiriladi. Oliy ta’lim muassasasida suhbatlar o‘tkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyasiya shikoyatlari suhbat natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida oliy ta’lim muassasasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma shaklda yoki Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn shaklda qabul qilinadi va appelyasiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatda videoyozuv asosida ko‘rib chiqiladi.

Suhbat komissiyasining suhbat natijalarini qayd etish hamda suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varaqlari uch yil oliy ta’lim muassasasida saqlanadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan abiturientlar quyidagi xujjatlarni o’z vaqtida Universitetga topshirish talab etiladi:

  1. Universitet rektori nomiga ariza;
  2. Oliy maʼlumot toʼgʼrisida davlat namunasidagi olingan diplom va uning ilovasi (asl nusxalari);
  3. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
  4. Pasport nusxasi, 2 tadan
  5. Harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi, 2 tadan.
  6. To’lov shartnoma to’langanligi to’g’risida kvitansiya va shartnoma nusxasi, 1 tadan