TIQXMMI yangiliklari

img
08.05.2022

Yangilanayotgan Oʼzbekiston: milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsentlar H.Botirova va B.Mamadaminovalar Nurafshon shahrida joylashgan 57-maktabga tashrif buyurib 10 А va 10 V sinflariga va maktab oʼqituvchilariga master-klass darsini “Yangilanayotgan Oʼzbekiston: milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” mavzusida oʼtib berdilar. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak maʼnaviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga koʼtarish maqsadida olib borilayotgan islohotlar xaqida dars oʼtdilar. Davlatimiz rahbari yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish maqsadida jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda hech kim chetda turmasligi, “Oʼz bolangizni, oʼz uyingizni, oʼz Vataningizni koʼz qorachigʼidek asrang!” degan shior ostida odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi va jamiyatimizda aholini, ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini doimiy yuksaltirish – birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga alohida eʼtibor berayotganligi xaqida tuxtalib oʼtdilar.


Shu bois, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy gʼoya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – oʼta sharafli vazifa ekanligi haqida gapirdilar.
Bundan tashqari B.Mamadaminova, H.Botirovalar oʼquvchilar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etib oʼquvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar

 

"Gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchisi  H.Botirova axboroti