TIQXMMI yangiliklari

img
10.12.2023

Zulm va zo'ravonlik bizga begona

Oilalarimiz chirog'i va charog'boni bo'lgan ayol zotiga ehtirom ko'rsatish ,ularni e'zozlash milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir

Joriy yilning 7-dekabr kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Rano Kodirova tomonidan "Oiladagi zo'ravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik masalalari" mavzusida ma'naviy -ma'rifiy, tarbiyaviy tadbir o'tkazildi. Tadbirda "Iqtisodiyot" fakulteti dekani Uchqun Alimov ishtirok etib, 8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 31 yilligi bilan barchani qizgin tabriklab, samimiy tilaklar bildirib tadbirni ochib berdilar.

Shundan so'ng tadbir mehmonlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O'zXDP fraksiyasi a'zosi Dilbar Mamadjonova va Ozbekiston  XDP Markaziy Kengashi "Ayollar qanoti " rahbari Gulshan Sayltovna Asatovalar o'zlarining yuqori saviyadagi mazmunli nutqi savol javoblar bilan avj olib, tadbir juda qizqarli, foydali  o'tdi.

Talabalar tadbirdan hayotlariga as qotadigan maslahatlarni oldilar va qablarida ayollar,yosh bolalarga nisbatan zo'ravonlikka nafrat tuyg'ularini tuydilar.

Biz zo'ravonlikka qarshimiz ! Va barchani chorlovimizga chorlaymiz deb baralla aytdilar

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova ma'lumoti