TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2023

Zamonaviy o‘lchov-kuzatuv moslamalarining amaliyotda qo‘llanilishi

“TIQXMMI” MTU ning Ilmiy-o‘quv markazidagi “Zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar” poligoni hududiga “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professori A.M. Fatxulloev hamda 2-bosqich tayanch doktoranti J.S. Hamroqulovlar tomonidan o‘rnatilgan  ma’lumotlarni masofadan uzatuvchi yer osti suvlari sathini, haroratini va mineralizatsiyasini aniqlashga mo‘ljallangan DIVER moslamalarida hamda mini meteorologik stansiyanida tajribalar o‘tkazildi.

Hozirgi  kunda  Respublikamizda suv resurslaridan samarali foydalanish, ayniqsa daryo havzalari gidrosistemalarni yanada takomillashtirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Iqlimiy o‘zgarishlar sharoitida daryolar gidrologik rejimining o‘zgarishi bilan bilan bir qatorda ularning yer osti suvlariga ta’siri ham ortib bormoqda. Ayniqsa sug‘oriladigan maydonlardagi yer osti suvlarining sathi, rejiming o‘zgarishi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu o‘rnatilgan qurilmalar aniqliligi juda yuqori bo‘lib yer osti suvlarining bir necha parametrlarini aniqlashga yordam beradi. Endilikda Universitet tadqiqotchilari o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni masofadan turib  olishlari mumkin bo‘ladi.

Universitet matbuot xizmati