TIQXMMI yangiliklari

img
07.06.2023

Zakovat o‘yinlari yakuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.01.2022 yildagi PQ-96-son qaroriga muvofiq, 2022-2023 o‘quv yili davomida universitetning barcha birinchi bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Ushbu tashkil etilgan o‘yinlarda jami 29 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘yinlar juda qizg‘in va murosasiz, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: Ekologiya va huquq fakultetining “Future lawyers” jamoasi 4-o‘rin; Iqtisodiyot fakultetining “The boyz” jamoasi 3-o‘rin; Iqtisodiyot fakultetining “Better together” jamoasi 2-o‘rin; Gidromelioratsiya fakultetining “Yosh gidrolog” jamoasi 1-o‘rinni egallashdi.

7-iyun kuni ushbu jamolarni taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Universitet rektori Baxodir Mirzayev ishtirok etdi va g‘olib bo‘lgan Iqtidorli talabalarni samimiy tabriklab kelgusi faoliyatlarida ulkan omad va zafarlar tiladi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki ushbu tashkil etilgan o‘yinlarning sovrin jamg‘armasi 30 mln so‘mni tashkil etadi.

1-o‘rin har bir jamoa a’zosiga 2 mln so‘m;

2-o‘rin har bir jamoa a’zosiga 1.5 mln so‘m;

3-o‘rin har bir jamoa a’zosiga 1 mln so‘m;

4-o‘rin har bir jamoa a’zosiga 500 ming so‘m miqdordagi pul mablag‘lari hamda diplomlar tantanali tarzda topshirildi.

Shu o‘rinda ushbu g‘olib bo‘lgan talabalarni samimiy tabriklaymiz, o‘qish va ish faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

 

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti