TIQXMMI yangiliklari

img
21.11.2023

Yurt sevgan shoir siymosi hamisha barhayot

2023 yil 20 noyabrda  "Gidromelioratsiya" fakulteti  1-kurs talabalari  “Adiblar xiyoboni”ga tashrif  buyurishdi. Universitetimizga biriktirilgan O’zbekiston Xalq qahramoni, buyuk shoir Abdulla Oripov ijodi bo’yicha  tadbir tashkil qilindi. Bu tadbirni O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari S.Melikuziyev A.Oripovni xotirlab chiroyli she'rlarini o’qigan holda ochib berdi. Tadbirda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bosh mutaxassis, uyushma azosi shoir  Shodi Otamurodov talabalarga o‘zining chiroyli so‘zlari bilan Abdulla Oripov tabiatan satirik shoir emas, biroq har bir she'rida nimalarnidir inkor qiladi, nimalarnidir yoqlaydi, hayot ziddiyatlarini to’laroq ifodalash uchun rang barang imkoniyatlardan foydalanganligi haqida so‘zlab berdi va uning ijod namunalaridan misralarni keltirdi. Talabalar sevimli shoirimizning bir qator she’rlaridan namunalar keltirishdi, chiroyli qo‘shiqlar va maftunkor raqslar tadbirga yanada ko‘rk bag‘ishladi.

O‘tkazilgan tadbirda talabalarimiz yana shoir siymosi, uning yozib qoldirgan she’rlari hamisha barhayot ekanligiga amin bo‘lishdi va tadbir talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati