TIQXMMI yangiliklari

img
08.07.2022

Yozgi amaliyotga tashrif

Ma’lumki, shu kunlarda universitetimiz 2-bosqich talabalari o‘z sohasiga oid turli korxona va ilmiy-tadqiqot institutlarida yozgi amaliyotni o‘tashmoqda. Jumladan, “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi “Muqobil energiya manbalari” 2-bosqich bakalavriat yo‘nalishi talabalari ham “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti”da yozgi amaliyot davrini o‘tkazishmoqda.

Talabalarning yozgi amaliyot davrida olayotgan bilim va ko‘nikmalari bilan yaqindan tanishish maqsadida fakultet dekani A.Isakov hamda kafedra mudiri D.Qodirovlar “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti”ga tashrif buyurishdi. Institut ilmiy xodimlari tashrif buyuruvchilarga amaliyot jarayoni bilan to‘liq tanishtirishdi. Shuningdek, amaliyotga kelgan talabalar uchun institutda yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Talabalarning yozgi amaliyoti davom etmoqda.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati