TIQXMMI yangiliklari

img
06.11.2023

Yotoqxona talabalariga yo’l-yo’riq

“Energetika” fakulteti 3-noyabr kuni 3-Talabalar turar joyida 1-bosqich talabalari, dekan o‘rinbosari I. Buxorov, tyutorlar B.Abdullayev, Universitet huquq-tartibot profilaktika katta inspektori, mayor Ubaydullayev Avzal Rixsiboyevich va pedagog tarbiyachi Muxrumbayeva Ziroat ishtirokida tadbir tashkil qilindi. Bu uchrashuvda dekan o‘rinbosari I.Buxorov va Universitet huquq -tartibot profilaktika katta inspektori, mayor Ubaydullayev Avzal Rixsiboyevich so‘zga chiqib hozirgi kunda O‘zbekistonda  va butun dunyoda bo‘layotgan siyosiy jarayonlar haqida talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng tarbiyachi pedagog Muxrumbayeva Ziroat va tyutor B. Abdullayev yotoqxona tartib qoidalari bo‘yicha yana bir bor tushuntirish ishlari olib borishdi. Yotoqxonada Juma kuni tozalik tadbirlari tashkil etildi. Xonalarni tutish odoblari va oshxonada tartib qoidalari yuzasidan  tavsiyalar berildi.

“Energetika” fakulteti tyutori B. Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati