31/03/2023

Yosh olim va doktorantlar uylari

Universitetning “Yosh olimlar va doktorantlar uylari” 1972 va 1977-yillarda qurilib foydalanishga topshirilgan, ularning umumiy maydoni 5847 (6-yosh olimlar va doktorantlar uyi 2900 m2 va 7-yosh olimlar va doktorantlar uyi 2947 m2) m2. Yosh olimlar va doktorantlar uyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Chingiz Aytmatov ko`chasi 1a-uy. Yosh olimlar va doktorantlar uylari 4 qavatli 2 ta binodan iborat bo`lib unda jami 352 ta xonalar mavjud. Yosh olimlar va doktorantlar uylarida Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo`lmagan universitetda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va doktorantlar universitet rektori nomiga yozgan arizalariga asosan, Yosh olimlar, doktorantlar va xodimlarni vaqtinchalik turar-joy bilan ta’minlash bo`yicha ishchi-guruh komissiyasi xulosasiga ko`ra  “Yosh olimlar va doktorantlar uylari”ga joylashtiriladi. Hozirgi kunda  400 nafardan ortiq doktorantlar va yosh olimlar universitet “Yosh olimlar va doktorantlar uylari”da yashab kelmoqda.

Yosh olimlar va doktorantlar uylari ma’muriyati

       Bino mudiri: Ravshanova Dilbar Ismailovna 1970-yil 11-iyulda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tavallud topgan. 2004-yildan boshlab universitetda faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yil sentyabr oyidan buyon “TIQXMMI” MTU “Yosh olimlar va doktorantlar uylari” bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.