TIQXMMI yangiliklari

img
08.10.2022

Yosh ixtirochilarimiz

Hafta boshida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “O’zkosmos” agentligi hamkorligida o’tkazilgan “Nasa Space Apps Challenge” tanlovida universitetimizning “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasining “Digital world” jamoasi munosib ishtirok etdi. Minnatdorchilik sifatida bu jamoa a’zolariga kafedraning sovg’alari topshirildi. Kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari yoshlarga o’zlarining iliq fikrlarini bildirib o’tishdi.

Universitet matbuot xizmati