TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2023

Yaxshi dam – ijodga hamdam

“TIQXMMI” MTU GTQ, GM, YeRK, Iqtisod, Energetika fakulteti Xor jamoasining bir guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi va xormeysteri M.K.Muhammedova hamda  GM fakulteti tyutori D.Axrarovalar tomonidan “Bir kishi ming kishi uchun, ming kishi bir kishi uchun” shiori ostida talaba yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va an'analarga sodiq bo'lish, hamjihatlilik, oqibatlilik , mehr muruvatlilik xususiyatlarini yanada kuchaytirish va talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbir tashkil etildi. Bu galgi tadbir shahidlar xotirasi maydonida ochiq havoda “Piknik” tarzida tashkil etildi.

Univesitetimiz rahbariyati va Xotin - qizlar masalalari bo'yicha maslahat Kengash raisi Z. Ismoilova rahbarligida “Talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kurslari tashkil etilib, bir guruh talaba qizlarimiz ushbu kurslarga jalb qilingan edilar. Shu guruhlarda tahsil olib o'z pazandalik mahoratini oshirgan qizlarimiz o'tkazilgan tadbir uchun ko'k somsa va bir qancha qandolat mahsulotlarini tayyorlab berishgani juda ham quvonarli holat. Bu uchun jonkuyar rahbariyatimizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. O'tkazilgan tadbir ishtirokchilarning tabiat qo'ynida madaniy hordiq chiqarishlari bilan birgalikda yangi ijodiy g'oyalar tug'ilishiga turtki bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz va jamoa a'zolaridan yangi-yangi g'oyalarni kutib qolamiz.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati