TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2024

Yashil makon-yangi imkon

Umummilliy loyihasida faollik ishtirok etish vijdon amri. Tabiat tana bo‘lsa, jamiyat jondir. Bu ikkalasining bir butunligi tiriklik manbaidir. Shunday ekan, tabiatga, atrof muhitga e'tibor insonning o‘ziga salomatligiga e'tibor demakdir. Bitta ko‘chat o‘tkazish yuzlab insonlarga umr, toza havo baxsh etish demakdir.

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining professor-o‘qituvchilari rektor Bahodir Mirzayev boshchiligida O'rta Chirchiq tumanidagi universitetimizga tegishli dala maydonida jamuljam bo‘lib, yerlarni tekislash asnosida ko‘chat o‘tqazish ishiga jadallik bilan kirishib ketishdi. Olma, behi, yong‘oq, o‘rik ko‘chatlaridan iborat 500 dan ziyod nihollar "qad rostlab", tuproq va suv haroratidan "bahra olishdi" desak, aslo xato bo‘lmaydi.

Universitet matbuot xizmati