TIQXMMI yangiliklari

img
06.01.2022

Yangi yil boshida jismoniy chiniqish

Yil boshidan boshlangan harakat xayrli boʻlishi jamoaning muvaffaqiyati.  Milliy tadqiqot universitetimizda “Yangi yilni sport bilan boshlash“ shiori ostida, professor oʻqituvchilar va xodimlar oʻrtasida sport musobaqalariga start berildi. Yangi yilda yangicha shavq, yangicha shijoat bilan ushbu sport musobaqalariga kirishildi. Ikkita sport maydonchasidagi musobaqa ayricha tus oldi. Bittasida xotin - qizlar oʻrtasida voleybol va yigitlar orasida mini futbol sport musobaqalariga start berildi.



Ular oʻrtasidagi qizgʻin bahslar boshlandi.  Taʼlim muassasamizning deyarlik barcha fakultet aʼzolari faol ishtirok etatgani jismoniy madaniyatga eʼtibrri yuqori ekanidan dalolatdir. Barcha fakultet professor oʻqituvchilarining  oʻz jamoalari bilan ishtirok etishida gʻalabaga boʻlgan ishonch shundoqqina sezilib turibdi. Musobaqa tashkilotchilari asosan yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda universitet kasaba uyushmasi qoʻmitasi boʻlib ular musobaqalarni mazmunli oʻtishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishmoqda. Ayollar ortasidagi voleybol musobaqasi quyidagicha natija bilan yakuniga yetdi.  1- orinni YeRB fakulteti, 2-orinni QXM fakulteti, 3-orinni GIM fakulteti ayollar jamoasi qarshilashdi. Lekin sportning boshqa turlari boyicha Musobaqalar qizgʻin davom etadi.

 

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati