TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2023

Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PF-70-son Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturining 17.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston – inson huquqlari” mavzusida maxsus kurs tashkil etildi. Ushbu maxsus kursni tashkil etishdan yana bir asosiy maqsad talabalarda О‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblangan inson huquqlarini himoya qilish uchun qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga oid nаzаriу bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, talaba-yoshlarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishni tushunishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

Universitet matbuot xizmati