TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2022

Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

           Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. O’zbekiston o’z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi.

          Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidan-Taraqqiyot strategiyasi sari qo‘yilgan qadam erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko’rsatmoqda, shu maqsadda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasining tajribali professor-o’qituvchilari, O’rta chirchiq tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 57 sonli umum ta’lim maktablarida ta’lim sifati va o’qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo’llab - quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo’yicha yo’l xaritasi asosida maktablarning bugungi holati, o’qituvchilarning salohiyati va 2021/2022 o’quv yili natijalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish maqsadida tashrif buyurishdi.

“Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsentlari, H.Botirova B.Mamadaminova axboroti

Unversitet matbuot xizmati