TIQXMMI yangiliklari

img
20.11.2023

Yakuniy nazoratlar boshlandi

Bugun 20 noyabr 2023 yil “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulьteti 1 - bosqich talabalari uchun yakuniy nazoratlarning birinchi kuni boshlandi.

2023-2024 o‘quv yilining 1-semestrida o‘tilgan fanlar bo‘yicha yakuniy nazorat o‘tkazish uchun komissiyalar tarkibi aьzolari belgilangan auditoriyalarda, belgilangan vaqtlarda o‘z ish faoliyatini olib borishyapti. Talabalar o‘zlariga tegishli biletlar bo‘yicha tayyorlanib, navbat bilan topshirishyapti. Hammaga omad yor bo‘lsin, a’lo va yaxshi baholarga topshirib olishlariga tilakdoshmiz.

                                                 "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori D. Egamova  axboroti

                                                                         Universitet matbuot xizmati