TIQXMMI yangiliklari

img
15.05.2024

Xotira abadiy, qadr muqaddas     

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlari hisoblanadi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan nuroniy momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e'tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma'no-mazmun bilan boyidi. Shu maqsadda kuni kecha Professional ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi Feruza Maxmudxanovna Sadikova ITGO yo‘nalishi 3 bosqich 8 guruh talabalari bilan birgalikda “Shahidlar xotirasi” maydoniga tashrif buyurishti, ziyorat davomida F.M.Sadikova talabalarga quyidagilar xaqida gapirib o‘tdi: ”Xotira va qadrlash tushunchalari zamirida insonga, uning hayoti,  sha'ni va qadr-qimmatiga cheksiz ehtirom tuyg‘usi mujassam. Xotira va qadrlash kunlari  bugungi tinch-osoyishta hayot, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilgani xayolimizdan o‘tadi. Shu yo‘lda qurbon bo‘lgan millionlab yurtdoshlarimiz xotirasiga ta'zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teranroq anglaymiz. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan yurtdoshlarimiz safi tobora torayib boryapti. Shu bois ularning qadriga yetib, duolarini olib qolishga harakat qilishimiz kerak. Keksalarni e'zozlashni o‘zini musulmon sanagan kishi borki, shafar bilan ado etadi”. 

Albatta, hayotiy dunyoda yashab, o‘zidan ko‘plab yaxshiliklar qoldirgan, xalqning xizmatida kamarbasta bo‘lib, foniy dunyodan rihlat qilgan ajdodlarimizni eslashimiz ham barchamizga lozim vazifa hisoblanadi. Zero, o‘tganlarni eslash va ularga istig‘for aytish, qabrlarini ziyorat qilish va ularning haqlariga duolar  qilish hammamizning insoniy burchimizdir.