TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2023

Xalqaro tanlovning e’tiborli ishtirokchisi

Universitetimizning yana bir iqtidorli talabasi “Energetika” fakulteti TTTEM 413-guruh talabasi Mansurov Shokirjon shu yilning 17-sentyabr oyida «Scientific Academy» tashkiloti tomonidan MDH mamalakatlari o‘rtasida o‘tkazilgan nufuzli ilmiy xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Ishtiroki yuzasidan tashkilotchilar tomonidan «Eng faol ishtirokchi» sifatida e’tirof etildi. Hamda maxsus guvohnoma va ko‘krak nishon bilan taqdirlandi. Mansurov Shokirjonning bu yutuqlarida uning ilmiy rahbarlari Nigmatov Aziz va Mustafoqulov Alimardonlarning ham mehnati qadirli albatta. Talabamizning kelgusi ishlarida yuksak marralarni tilab qolamiz.