TIQXMMI yangiliklari

img
31.01.2024

Xalqaro ta’lim standartiga yaqinlashmoqdamiz

      Germaniyaning ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligidan 12 nafar ekspertlar Gidromelioratsiya, Yer resurslari boshqarish, Ekologiya va huquq fakultetlarining bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etishdi.
  Akkreditatsiya o‘tkazish jarayonida ASIIN ekspertlari universitet ta’lim dasturlarini yuqori sifat standartlariga mos kelishi, xalqaro talablarga javob berishi chuqur o‘rganildi. ASIIN ekspertlari universitetning ta’lim dasturlari, o'quv-me’yoriy hujjatlari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari , kurs ishi va loyihalari, ta’lim dasturining bugungi zamon talabiga mosligi, talabalar, o'qituvchilar, rahbariyat, bitiruvchilar va ish beruvchilar bilan o‘zaro suhbat orqali ta’lim dasturining sifati baholandi.

Delegatsiya 2 guruhga bo‘lingan holda Klaster A va Klaster B yo‘nalishlarni o‘rganib chiqishdi. Bunda universitet rahbariyati, yo‘nalish rahbarlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bilan suhbat o‘tkazishdi. Shuningdek, universitet o‘quv-ilmiy laboratoriyalari bilan tanishib chiqdi.

Universitet matbuot xizmati