TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2022

Xalqaro suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davra suhbati

AQSh elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Drip irrigation, Deep root Irrigation, Dragon Line mobile irrigation, Irrometer Technologies, Lyndsay Inc, Valley korxonalari o‘zlarining yuqori texnologiya va texnikalaridan foydalanish haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, sug‘orish uslublari, suv tejash texnika va texnologiyalarning AQShning turli shtatlarida foydalanish tajribalari bilan o‘rtoqlashildi. Jumladan, yomg’irlatib, tomchilatib, chuqur ildizga suv berish, aylanma sug’orish texnologiyalari va hokazo.

“TIQXMMI” MTU tomonidan 60 ga yaqin professor-o‘qituvchi, doktorant va magistranlar ishtirok etishdi. Onlayn uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob olindi.

                       Universitet matbuot xizmati