TIQXMMI yangiliklari

img
07.06.2023

Xalqaro grant doirasida CIFOR-ICRAF xamkorlarimizning mamlakatimizga tashrifi

Ma’lumki, universitetimiz Germaniyaning Halqaro iqlim tashabbusi xomiyligida “Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish” nomli   grant loyasi doirasida o’z faoliyatlarini olib bormoqda.

Eslatib o’tamizki, xalqaro hamkorlar: Berlin Texnika universiteti, Germaniya Arxitektura instituti; Tabiiy qurilish laboratoriyasi, Ebersvalde Barqaror rivojlanish universiteti (NNЕЕ), Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi ,O‘rta Osiyo, Qirg‘iziston va Xindiston filiallari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruxi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ). O‘zbekiston Respublikasidagi hamkor OTM ”Toshkent Irrigatsiya va Qishloq Xo‘jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari Instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti xisoblanadi.

Loyiha qiymati: 620.000 EUR tashkil qilib, loyiha muddati 2021-2024y. “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetidan koordinator: t.f.n, rektor, Prof. B.S.Mirzayev va rasmiy loyiha qatnashchisi dotsent G.Eshchanovadir. VEGERA xalqaro loyihasi doirasida yurtimizga Dr. Shiv Kumar Dhyani (CIFOR-ICRAF, Country Coordinator, India & Senior Agroforestry Specialist) va Aqeel Hasan Rizvi (Coordinator from CIFOR-ICRAF) may oyining 29 sanasida tashrif buyurushdi.

Xamkorlarimiz xizmat safari davomida E’tiqod mebel ishlab chiqarish korxonasiga tashrif va shaxar chekkasida qurilgan yog’ochli binolarni ko’zdan kechirish, energiya tejamkor usullardan foydalanish va qurilishda sifat samaradorligiga erishishni takomillashtirishdan iboratdir. Tashrif chog’ida Toshkent Arxitektura va Qurilish Universitetida loyixa mavzusiga doir tadqiqot ishlari va imoratlarni qurishda qo’llanilayotgan an’anaviy va zamonaviy usullar uyg’unligiga e’tibor berildi. Shuningdek, universitetimizda olib borilayotgan bir qator ishlarnni taqdimotlari tinglandi va istiqboldagi vazifalar atroflicha muxokama qilindi. 

Universitetga  tashrifdan ko‘zlangan maqsad amalga oshirilayotgan halqaro grant doirasidagi ishlar, O‘zbekistonda loyiha mavzusida o‘stirilishi rejalashtirilgan tez o‘sar daraxt navlari, maxalliy sharoitda global iqlim o‘zgarishini nazarda tutgan holda yog‘och uylarni barpo etish, yohochni sinov-ekspertizalardan o‘tkazish, tadqiqot doirasida so‘rovnomalar o‘tkazish va aniq tahlillar olib borishdir.

Germaniya xukumati tomonidan moliyalashtirilgan mazkur grant doirasida qatnashuvchi tashkilotlar bilan xamkorlikda xalqaro loyiha doirasida video yig‘ilishlar va muzokaralar olib borilmoqda va qo‘shimcha shartnomalar imzolanmoqda.

Ishonamizki, mazkur xalqaro loyiha doirasida univeritetimizda grant mavzusi bo‘yicha Germaniyalik olimlar bilan tajriba almashinib, shu sohada universitetimiz  ravnaqi yo‘lida professor va o‘qituvchilar, qolaversa o‘sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy ta’lim berishdek vazifalarni yanada mukammallashtirishga va O‘zbekiston Respublikasida yanada rivojlantirilishi kutilgan agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirishda rejalashtirilgan bir qator yutuqlarga erishiladi.