TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

Xalqaro energetika yarmarkasidagi ishtirok

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil l0 dekabrda qabul qilingan “lqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42 sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda energetika sohasida universitetda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Jahon Barqaror Energiya kunlari(WSED – 2022)da ma’ruza bilan ishtirok etib qaytishdi.

Jahon Barqaror Energiya kunlari davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari Xalqaro energetika yarmarkasida o‘zlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan biri biomassa energiyasidan foydalanish bo‘yicha olib borgan ilmiy-tadqiqot ishi natijasi asosida tayyorlangan stendlari bilan ishtirok etishdi va yarmarka davomida bir qancha energetika sohasidagi korxonalar bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Professor-o‘qituvchilarimizning mazkur xalqaro energetika yarmarkasidagi ishtiroki universitetimizni xalqaro hamkorlik hududlarini yanada kengaytirishda muhim qadamlardan biri bo‘ladi deb ishonamiz.

 

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati