TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Vengriyaning Obuda universiteti professori tashrifi

Joriy yilning 17 aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Vengriyaning Obuda universiteti o’rtasida amalga oshirilayotgan Erasmus+ Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida Obuda universiteti professori Dr.Voytashek Malgorzata universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonni loyiha menejeri, universitetimizning Vengriya OTMlari bilan hamkorlik bo’yicha mas’ul koordinatori Ilxom Abduraxmanov kutib oldi. Dastlab Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani, PhD., dotsent Aziz Inamov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, aniq rejalar belgilab olindi.

Shundan so’ng, “Geodeziya va Geoinformatika” kafedrasi mudiri, PhD., dotsent Rustam Oymatov, “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri, PhD., dotsent O’zbekxon Muhtorov bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Dr.Voytashek Malgorzata universitetimizga tashrifi davomida Yer resurslari va kadastr fakulteti talabalariga dars o’tishi, 19-20 aprel kunlari tashkil etilayotgan “Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimi – SUSLAND-2024” xalqaro konferensiyasida ishtirok etishi, shuningdek, “Object based image analysis” mavzusida seminar-trening tashkil etilishi rejalashtirilgan.