TIQXMMI yangiliklari

img
17.03.2023

Vatanin madh etgan shoir

2023 - yil 17 - mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil  26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish maqsadida Respublika ma’naviyat va ma’rifiat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda “TIQXMMI” MTU hamkorligida Adiblar hiyobonida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning xotirasiga bag‘ishlab adabiy va badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni professor, universitet matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov boshqarib bordi.

Tadbirni Universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ruzimurat Choriyev kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ishtirokchilarini qizg‘in muborakbod etdi, shuningdek, shoir ijod va hayotini o‘rganish universitetimiz yoshlari va pedagogik jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi o‘rinbosari, shoir Nodir Jonuzoq shoir Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlarni o‘qib berib, Abdulla Oripovning o‘zbek adabiyoti va she’riyatida nechog‘lik katta o‘rin tutganligi, shoirning ijodiy falsafasida vatan madhi uni sevish va ardoqlash, ona tabiat va insonlarga bo‘lgan ulkan muhabbatini in’ikosi xususida o‘z fikr -mulohazaliri bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artisti Zamira Suyunova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Pirmatovalar shoir Abdulla Oripovning qalamiga mansub she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etishib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdilar.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Xojiev O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qalamiga mansub hajviy she’rlardan o‘qib berib, yig‘ilganlarda katta ta’surot uyg‘otdi. Shuningdek, Universitetimiz talaba yoshlari tomonidan shoirning she’rlari yod olinib o‘qib berildi. Tadbirga tashrif buyurgan shoirning qizlari Shoira Oripova tadbirga tashrif buyurganlarga minnatdorchilik bildirib, shoir ijodiga va she’riyatiga qiziqish va ishonch uchun samimiy tashakkurlarini izhor etdilar. Ma’naviy va ma’rifiy tadbir qizg‘in va samimiy ruhda o‘tdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati