TIQXMMI yangiliklari

img
14.01.2024

Vatan himoyasi – muqaddas burch

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova tomonidan talabalar turar joyida "Vatan himoyasi - muqaddas burch" mavzusida ma'naviy -ma'rifiy, tarbiyaviy - badiiy tadbir o'tkazildi

Tadbirni hurmatli dekanimiz Uchqun Zoirovich ochib berdilar va tadbir mehmonlarini, talabalarni bayram bilan qizg'in tabriklab, samimiy tilaklar bildirdilar. Shundan so'ng Ra'no Kodirova so'zni tadbir mehmonlariga berdi. 

 Mehmonlar talabalarimizga o'z hayot tajribalaridan kelib chiqib, qiziqarli hayotiy voqealarni gapirib, nasihatlar berdilar.

Talabalarimizni bayram bilan tabriklab, o'qish ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Talabalarimizni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Rano Kodirova  mehmonlarimizga esdalik sovg'alari topshirib, bayram bilan tabriklab, qiziqarli suhbatlari uchun minnatdorchilik bildirdilar

Tadbir talaba qizlarimiz tomonidan tayyorlangan she'rlar, raqslar bilan davom etib, juda qizg'in, sermazmu quvnoq o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Rano Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati