TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Ustozning malakasi

“Energetika” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ya. Cho‘lliyev ustoz-shogird tizimi bo‘yicha “Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi” (Elektr va elektron texnikalar) ta’lim yo‘nalishi 309-guruh talabalari bilan 2023-2024 o‘quv yilining 8 - semestr fanlari o‘z vaqtida o‘zlashtirilish holati haqida guruh talabalari bilan suhbatlashdi.

Shu bilan bir qatorda talabalarning nazariy olgan bilimlarini, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlash, muammolarga yechim topib, 4+2 “Ishlab chiqarish amaliyotlarida” qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha fikrlar almashinildi. Talabalrni qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob berildi.

Universitet matbuot xizmati