TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2024

Ustozlarga doim ehtirom

“Professional ta’lim” kafedrasining professor o‘qituvchilari Gulbaxor Jo‘raeva va kafedramiz dotsenti Feruza Sadikovalarning tavallud kunini e’tibor va ehtirom ila tabriklash maqsadida “Gidromelioratsiya” fakulteti dekan Javlonbek Ishchanov dekanat nomidan ustozlarimizni sovg‘alar bilan xushnud etdi.

Shu bilan bir qatorda universitetimiz rektori Boxodir Suyunovich Mirzaev nomlaridan ham tabriknoma taqdim etildi. Bu asosan rahbariyatning e’tibori va e’zozi hisoblanib, barchamiz uchun shijoat, xushkayfiyat bilan ishlashimizga kuch beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Demak, bizni qo‘llab - quvvatlashdimi, biz albatta, jamiyatimiz va rahbariyatimiz nazaridamiz.

Ustozlar sizlarni yana bir bor “Tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin” deymiz! Sizga muvaffaqqiyat cho‘qqilarini zabt etish baxti nasib etsin! Barcha orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsin, aqlli, esli-hushli farzandlarni tarbiyalash yo‘lida kuch-g‘ayrat tilaymiz! Sizga har qanday hayot so‘qmoqlarini qoqilmasdan muvaffaqqiyat bilan bosib o‘tishingizda va bu yo‘l bilan maqsad sari olg‘a intilishingizda tilakdoshman! O‘zingiz erishgan narsalaringizni qadriga eting va yanada ko‘proq yutuqlarga erishib, baxtiyorlik nashidasini suring!

                                                                       Universitet matbuot xizmati